Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi


Download 73 Kb.
Sana15.10.2020
Hajmi73 Kb.
#133884
Bog'liq
Axborotlarning-kompyuterda-tasvirlanishi




7-sinf uchun “Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi” mavzusidagi

dars ishlanmasi
Darsning ta’limiy maqsadi:

O‘quvchilarga axborotlarni kompyuterda tasvirlanishi hamda kompyuterning arifmetik asosi haqida ma’lumot berish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O‘quvchilarni mantiqiy va abstrakt fikrlashga yo‘naltirish. Hamkorlikdagi faoliyatda ma’suliyatni bo‘lisha olish.



Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O‘quvchilarning kompyuter haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. G‘oya va fikrlarni og‘zaki va va yozma tarzda aniq va samarali ifoda etish, yangi g‘oyalarni rivojlantirish, qo‘lash va boshqalarga yetkaza olish malakalarini rivojlantirish.


Asosiy tushunchalar:

Axborotlarni ikkilikda kodlash, axborot miqdori va uzatish tezligi, ularning birliklari.


Dars turi: yangi bilim beruvchi
Uslub: sinf bilan ishlash, guruh bilan ishlash
Usul: rivojlantiruvchita’lim texnoliyasi. “Zig-Zag” metodi.Kommunikativ aloqa, suhbat.
Vosita: tarqatma materiallar, vatman, marker, kartochkalar, sxemalar
Nazorat: og‘zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish

Baholash:rag‘batlantirish, yangi amalga kiritilgan reyting tizimi asosida baholash.
O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar:

Elektron vositalarda axborotni yig‘ish, qayta ishlash kompetensiyasi: Axborot o‘lchov birligidan foydalanib uzatiladigan axborotlar hajmini o‘lchash. Axborotning kompyuterda tasvirlanishini ko‘rsata olish.
Darsning borishi:

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika darsligi va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.


Mavzuni yoritish:

Yangi mavzuni tushuntirishda “Zig-zag” metodidan foydalanamiz. Sinf mayda guruhlarga bo‘linadi. Spiker-boshliq saylanadi.Guruhdagi o‘quvchilar raqamlanadi. So‘ng boshqa guruhlardagi bir hil raqamli o‘quvchilar bilan birlashadi. Natijada boshqa bir hil raqamli o‘quvchilardan iborat bo‘lgan guruhlar hosil bo‘ladi. Guruhlarga topshiriq beriladi.



1-guruhga:

Kompyuter raqamlarning o‘zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo’q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan.Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andazalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma-ketligida ifodalanadi.



2-guruhga:

Kodlash ikki xil turga bo‘linadi: tekis va notekis. Notekis kodga Morze usuli mos keladi.Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlash usulidan foydalaniladi. Ular qatoriga axborotlarni kiritish va chiqarish uchun EHMda foydalaniladigan axborot almashish kodi AAK-8 va ikkilik axborot almashish kodi IAAK va boshqalarni kiritish mumkin.

Kompyuterda barcha harf, raqam va belgilar faqat ikkita raqam asosida ifodalanadi. Kompyuterlarda bitta belgi sakkizta 0 va 1 dan iborat raqamlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Shu 8 ta belgining har biri bit deb nomlanadi. 8 ta bit esa bir baytni tashkil etadi.

8 ta nol va birlarning turli kombinatsiyaasidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin.



3-guruhga:

Misol.ASCII kodidan foydalanib «ISTIQBOL» so‘zini ikkilik raqamida kodlang.

Yechish: ASCII kodlash jadvali 7-sinf informatika darsligida keltirilgan. Bu jadvaldan foydalanib quyidagilarni topamiz:




I – 01001001

S – 01010011

T – 01010100

Q – 01010001

B – 01000010

O – 01001111

L – 01001100



Demak, ISTIQBOL so‘zining ASCII bo‘yicha ikkilik kodi:


010010010101001101010100 0100100101010001010000100100111101001100.
Axborotni o‘lchash masalasi axborotni ikkilik sanoq sistemasida ifodalashga o‘tilgandan keyingina hal bo‘ldi. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit qabul qilindi. Bit axborotning ikkilik kodidagi 0 yoki 1 raqamini saqlash uchun kerak bo‘lgan hotiraning eng kichik qismidir. U ingiliz tilidagi binary digit so‘zlaridan olingan va “ikkilik raqami” degan ma’noni anglatadi. Masalan, 100101101 da 9 bit axborot bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etgan.

Bitdan kattaroq o‘lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt = 8 bit. Baytdan katta o‘lchov birliklari ham qabul qilingan bo‘lib, ular kilobayt (Kbt), megabayt (Mbt), gigabayt (Gbt), terabayt (Tbt), petabayt (Pbt).



4-guruhga:

Misol: «Informatika fani» jumlasi necha bayt va necha bitdan iborat?

Yechish: «Informatika» so‘zida 11ta, «fani» so‘zida 4ta belgi (harf) va bu ikki so‘z orasida bitta bo‘sh joy (probel) bor, jami 11+4+1=16ta belgi mavjud. Har bir belgi 1 bayt hajmga egaligidan, mazkur jumla 16 bayt yoki, 1 bayt 8 bitga tengligidan, 16  8=128 bit hajmga egaligi kelib chiqadi.

Javob: 16 bayt yoki 128 bit.

Ikkita belgi orqali turlicha kodlash mumkin. Quyidagi shartli kodlashni kiritamiz:



A

B

D

E

F

G

H

I

J

00000

00001

00010

00011

00100

00101

00110

00111

01000

K

L

M

N

O

P

Q

R

S

01001

01010

01011

01100

01101

01110

01111

10000

10001

T

U

V

X

Y

Ch

Z

O‘

G‘

10010

10011

10100

10101

10110

10111

11000

11001

11010

Bushartlikodlashnihosilqilishuchun 5 bitliikkilikkodidanfoydalanishyetarlibo‘ldi, chunki 27<32=25. BushartlikodlashdaISTIQBOLso‘ziquyidagichabo‘ladi:

0011110001100100011101111000010110101010.

BushartlikodlashholidaISTIQBOLso‘zihajmi 40 bit = 5 baytbo‘lganaxborotgatengekan.

O‘quvchilar topshiriqni o‘zlashtirish uchun tarqaladilar. Matnlarni o‘zlashtirilgach, o‘z guruhlariga qaytadilar hamda o‘rgangan materialini sheriklariga aytib beradi.

Guruhlar savol-javob orqali baholanadi.


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlarbilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.

Darslikdagi 1(b), 2(b, e, g), 4, 7 – mashqlarni bajarish.

Uyga vazifa:

Darslikdagi 1, 2, 3, 5, 6 – mashqlar, 3 ta test yoki krassvord yoki skanvord tuzish.



1–7-mavzularni takrorlash.

Ba’zi mashqlarning yechimlari:

1-mashq: ASCII jadvalidan foydalanamiz.

a) 01000001 010100112= 41 5316=AS

b) 01010011 01000001 01001100 01001111 010011012=53 41 4C4F 4D16=SALOM

6-mashq. “kompyuter” so‘zi 8 ta belgi=8 bayt. Demak 640 Kbt : 8 bayt = 655360 bayt : 8 bayt= 81920 ta so‘z bilan almashtirish mumkin.

7-mashq. 256 xil rang ikkilikda 8 bit orqali kodlanadi. Ekranda 1280 1024= 1310720 ta nuqta bor. Ya’ni, 220<1310720< 221. Bundan, ekrandagi nuqtalarni kodlash uchun 21 bit kerakligini aniqlaymiz. Ekrandagi birgina nuqtani rangi bilan kodlash uchun kamida 21+8=29 bit yoki 3 bayt kerak. Demak, ekrandagi barcha nuqtalar 1310720 3=3932160 bayt= 3840 Kbt hajmdagi axborotni tashkil etadi.

Qo‘shimcha savol va topshiriqlar:

  1. EГруппа 1ng sodda sanoq sistemasi nechta raqamdan iborat bo‘lishi mumkin?

  2. Nima uchun belgilar sakkiz bit orqali kodlanadi? Javobingizni izohlang.

  3. 64 ta belgini kodlash uchun necha bit zarur?

  4. 128 ta rangni kodlash uchun zarur bo‘lgan bitlar sonini toping.

  5. ASCII jadvalidan foydalanishni izohlang.

  6. ASCII kodlash usuli qanday kodlash usuliga kiradi?

  7. ASCII jadvalidan foydalanib “NAMUNASIZ HECH NARSANI O‘RGANA OLMAYSAN” jumlani kodlang.

  8. RGB qisqartmasi qanday ma’no anglatadi?

  9. Axborot uzatishning qanday o‘lchov birliklarini bilasiz?


Mashqlar

  1. Quyida keltirilgan axborotlarni hajmini bayt va bitlarda ifodalang:




a) Kompyuter

b) Printer

d) Protsessor

e) Trigger

f) Diskyuritgich

g) Registr

2. Quyida keltirilgan axborotlar necha baytdan iborat:



  1. Klaviatura axborotni EHM xotirasiga kiritish qurilmasi.

  2. Printer - chop etish qurilmasi.

  3. Diskyuritgich axborotni tashqi xotiraga yozish va tashqi xotiradan o‘qish uchun ishlatiladi.

  4. Protsessor inson miyasining ma’lum bir qismini o‘zida aks ettiradi.

  5. EHM-axborot bilan ishlovchi universal mashina.

3. Behzod daftarga do‘stlarining ismlarini yozdi. Ularning ko‘pchiligining ismi 6 ta harfdan va faqat uchtasiniki 5 ta harfdan iborat ekan. Behzod hisoblab chiqib, do‘stlarining ismlari 63 bayt ekanligini aniqladi. Behzodning nechta do‘sti bor?

4. Magnitli disk siq‘imi 360 kilobayt bo‘lsa, unga «Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur» iborasini necha marta yozish mumkin?

5. Gulnoza daftar sahifasiga har biri 45 ta belgidan iborat bo‘lgan 20 ta satr yozdi. Gulnozaning daftari to‘lganda undagi axborot 21 kilobaytdan iboratligi ma’lum bo‘lsa, daftar necha varaqdan iborat va oxirgi sahifa to‘lganmi?
Testlardan namunalar

1. Axborot hajmining eng kichik o‘lchov birligi



a) Raqam

b) Son

d) Bit

e) Belgi

2. Axborot hajmini o‘lchashda undagi belgilar nima bilan almashtiriladi?



a) 0 va 1 raqamlari ketma-ketligi bilan

b) Nuqta va vergullardan iborat maxsus belgilar bilan

d) Morze kodi bilan

e) Har bir xarfning alfavitdagi tartib raqami bilan

3. “Yashnasin, O‘zbekiston” iborasida necha bayt axborot bor?



a) 19 bayt

b) 20 bayt

d) 21 bayt

e) 22 bayt

4. 8 bit orqali kodlash mumkin bo‘lgan eng katta natural son:



a) 127

b) 255

d) 256

e) 999999999

5. Agar xizmatchilar hujjatlari 45 Mbayt bo‘lsa va har bir xizmatchiga 1 varaq (bir satrda 64 belgili 48 satr) ajratilgan bo‘lsa, u holda xizmatchilar soni:



a) 1280

b)38240

d) 1250

e) 15360

6. 7-sinfo‘quvchilariningo‘rtachao‘qishtezligiminutiga 160 taso‘z (birdonaso‘zo‘rtacha 6 tabelgi) bo‘lsa, 4 soattinimsizo‘qigandao’quvchiqanchaKbaytma’lumotniko‘zdankechiradi?



a) 9

b) 25

d) 225

e) 256

7. Agar test varianti o‘rtacha 20 kilobayt (testning har bir betida 64 ta belgili 40 ta satr) hajmga ega bo‘lsa, testdagi betlar soni:



a) 10

b) 16

d) 8

e)4

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling