Axborotlashgan jamiyat tushunchasi


Download 494.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana22.09.2023
Hajmi494.21 Kb.
#1685051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Axborotlashgan jamiyat

(11.12.2003 yil) 19-moddasida ko’rsatilganidek, axborot resurslari va axborot 
tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-
moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan 
g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki 
axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda 



jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak. 
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar 
to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot 
tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko’rsatilgan. 
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
· Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; 
· Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o’rtasida axborot tizimlari 
orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar; 
· Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat 
qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari; 
· Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va 
tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar; 
· Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari; 
· Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar; 
· Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma 
komponentlarini 
boshqarish 
tizimlari)ga oid quyi tizimlar
· Davlat organi to’g’risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot 
yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqani 
ta’minlaydigan quyi tizimlar; 
· Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar; 
· Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari 
tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar. 
Resurs – ma'lum shakllantirish yordamida kutilgan natijalarga erishish 
imkonini beruvchi shart – sharoitda u yoki bu faoliyatni amalga oshirish 
mumkinligining miqdoriy ko’rsatkichi. Mamlakat milliy iqtisodiyotining har 
qanday tarmog’i tahlil etilayotganida uning moddiy, tabiiy, mehnat, moliyaviy, 
energetik resurslarini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya 
sanaladi. 
 




Download 494.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling