Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari


Download 64.46 Kb.
bet4/7
Sana20.11.2023
Hajmi64.46 Kb.
#1789007
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI

Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning bo`lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Jamiyatni axborotlashtirish – bu axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish asosida tashkilot, davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning huquqini amalga oshirish va iste`molchilarning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun optimal sharoitlarni yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir.
Axborotlashtirish tarixi AQSH XX-asrning 60-yillarida, YAponiyada 70yillarida va 70-yillarning oxirida G`arbiy Evropada boshlangan.
Zamonaviy ishlab chiqarish va boshqa faoliyat ko`rsatish sohalari borgan sari axborot xizmat ko`rsatish va katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlashga muxtoj bo`lmoqda. Turli xildagi axborotlarni qayta ishlashning universal texnik vositasi bo`lib shaxsiy komp`yuter hisoblanadi. Komp`yuterlarning paydo bo`lishi va taraqqiy etib borishi – bu jamiyatni axborotlashtirish jarayonining ajralmas qismidir.
Jamiyatni axborotlashtirish zamonaviy ijtimoiy taraqqiyotning qonuniyatlaridan hisoblanadi. Ushbu tushuncha yaqin vaqtlargacha keng qo`llanilib kelingan «jamiyatni komp`yuterlashtirish» tushunchasini siqib chiqarmoqda. Ular o`zaro birbiriga o`xshash bo`lsa ham, bir-biridan jiddiy farq qiladi.
Jamiyatni komp’yuterlashtirish deganda, asosiy e`tibor axborotlarni qayta ishlash natijalarini tezkor olish va ularni saqlashni ta`minlab beruvchi komp`yuterlarning texnik bazasini joriy qilish va kengaytirishga qaratiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda esa, asosiy e`tibor inson faoliyatining barcha sohalarida bilimlarni o`z vaqtida, to`liq va tezkor holda to`liq foydalanishni ta`minlab berishga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlarga yo`naltiriladi.
SHunday qilib, «jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasi «jamiyatni komp`yuterlashtirish» tushunchasiga nisbatan keng ma`nonini anglatadi. «Jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasida e`tiborni nafaqat texnik vositalarga, balki ijtimoiytexnik taraqqiyotning maqsad va mazmuniga ham yo`naltirish lozim. Komp`yuterlar jamiyatni axborotlashtirish jarayonining tayanch texnik qismi hisoblanadi.

Download 64.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling