Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari
Download 64.46 Kb.
|
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
- Birinchi inqilob
- Uchinchi inqilob
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI Kirish Asosiy qism Axborotlashtirish jarayonlari Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roliAxborotlashtirishning jahon tajribalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Axborotlashtirish jarayonlari jamiyatni industirialdan axborotlashganga o`tishini ta`minlab beradi. Axborot bozori iste`molchilarga barcha kerak bo`lgan axborot mahsulot va xizmatlarini taqdim etib, ularni ishlab chiqishni esa informatika industriyasi ta`minlaydi. Lekin, hozirgi kungacha axborotlashgan jamiyat tushunchasining to`liq ta`rifi mavjud emas. Jamiyat taraqqiyotining tarixida bir necha axborot inqilobi bo`lib o`tdi. Birinchi inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog`liq bo`lib, miqdor va sifat jihatdan ilgarilab ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish imkoniyati paydo bo`ldi. Ikkinchi inqilob (XVI asrning o`rtalari) kitobni chop etish bilan bog`liq bo`lib, u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va faoliyatni tashkil etishni o`zgartirib yubordi. Uchinchi inqilob (XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan bog`liq bo`lib, telegraf, telefon va radioning vujudga kelishiga olib kelib, turli hajmdagi axborotlarni tezkor yig`ish va uzatish imkonini yaratdi. To’rtinchi inqilob (XX asrning 70 yillari) mikroprotsessor texnologiyalari va shaxsiy komp`yuterlarning yaratilishi bilan bog`liqdir. Mikroprotsessor va integral chizmalar asosida komp`yuterlar, komp`yuter tarmoqlari va ma`lumotlarni uzatish tizimlari yaratilgan. Oxirgi axborot inqilobi texnik vositalarni ishlab chiqish, yangi bilimlarni yaratishning texnologiya va usullari bilan bog`liq bo`lgan axborot industriyasini oldingi qatorga surmoqda. Yaponiyalik olimlarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayonlari insonlarga axborotlarning ishonchli manbalariga kirish imkoniyatini yaratib, ularni mehnattalab ishdan ozod qiladi va ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlashning yuqori darajada tashkil qiladi. Jamiyatning taraqqiy etib borishining asosiy kuchi bo`lib, material ko`rinishdagi mahsulotni emas balki axborot mahsulotlarini yaratish hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi va qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Tovarlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishga yo`naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan axborotlashgan jamiyatda esa intellekt, bilimlarni ishlab chiqish va iste`mol qilishga yo`naltirilgan bo`lib, aqliy mehnat ulushining oshib borishiga olib keladi. Bunday jamiyatda bilimga bo`lgan talab kundan-kunga ortib boradi. Download 64.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling