Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari


Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida


Download 64.46 Kb.
bet7/7
Sana20.11.2023
Hajmi64.46 Kb.
#1789007
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI

Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida
O`zbekiston Respublikasi milliy iqtisodining ijtimoiy-yo`nalti-rilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga axborot kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasidagi barcha yutuqlarni tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodi tarmoqlarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob`ektiv jarayoni hamda zarur bo`lgan axborotlarni yig`ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta`lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bilan bog`liq.
Axborot texnologiyalarining hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. «Elektron ta`lim», «Elektron hukumat», «Elektron boshqaruv», «Masofaviy ta`lim», «Ochiq ta`lim», «Axborotlashgan iqtisod» kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi.
Respublikamiz milliy iqtisodi tarmoqlariga axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to`g`risida» Qonuni, «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choratadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida olib borilmoqda. YUqorida keltirilgan Prezidentimiz Farmonlarida «...real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta`lim sohalarida komp`yuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy komp`yuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo`lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish» belgilab ko`yilgan [5].
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga asoslangan axborotlashgan jamiyatda xalqaro miqyosdagi ishlab chiqarish jarayonlari, ijtimoiy-iq-tisodiy xo`jalik masalalari, ko`pgina mikro- hamda makroxo`jalik aloqalar, zamonaviy tsivilizatsiya rivojlanishi va boshqalar o`z aksini topadi. YA`ni, axborotlashgan jamiyatni barpo etmasdan turib ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi islohatlarni, fan va madaniyat rivojini, milliy iqtisodni yuksaltirishni, shuningdek, oqilona halqaro iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish borasidagi masalalarni amalga oshirib bo`lmaydi.

O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish» to`g`risida Qonun qa-bul qilindi. Ushbu Qonunda quyidagilar asosiy vazifalardan qilib quyidagi-lar belgilab qo`yilgan: axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratish; har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konsti-tutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta`minlash; davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizim-lari asosida O`zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog`i-dan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o`zaro aloqada ishlashini ta`minlash; axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarili-shini tashkil etish; axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozo-rini shakllantirishga ko`maklashish; dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag`-batlantirish; tadbirkorlikni qullab-quvvatlash va rag`batlantirish, investitsiya-larni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqi-qotlarni rag`batlantirish.
Bozor iqtisodiyotining takomillashib borishi turli tadbirkorlik sha-kllarining vujudga kelishiga sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborotkommunikatsiyalar biznesini shakllantirish va taraq-qiy ettirishga ham katta ta`sir ko`rsatadi. Axborot faoliyati - bu milliy iqtisod sohasi bo`lib, axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va qayta ishlab iste`molchilarning bu boradagi talabini qondirish bilan shug`ullanayogan tadbirkorlikning bir shaklidir. Axborotkommunikatsiyalar texnologiyalari bozorining mamlakat milliy iqtisodida nufuzli o`rinni egallab borayotganligini inobatgan olib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Komp`yuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Xulosa
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, komp`yuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to`likroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan baxramand bo`lishni kengaytirish uchun qulay shartsharoitlarni yaratish maqsadida quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo`yildi: zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma`lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmat;larining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o`tish;

  • real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta`lim sohalarida komp`yuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy komp`yuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo`lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o`quv yurtlarining ta`lim jarayoniga zamonaviy komp`yuter va axborot texnologiyalarini egallashga xamda ularni faol qo`llanishga asoslangan ilg`or ta`lim tizimlarini kiritish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma`lumotlarning axborot bazaparini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoklarini shakl-lantirish, komp`yuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish; IR sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish:


Adabiyotlar ro’yhati



  1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.

Download 64.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling