Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari


Download 64.46 Kb.
bet6/7
Sana20.11.2023
Hajmi64.46 Kb.
#1789007
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING ISTIQBOLLARI

Respublikamizda bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi turli tadbirkorlik shakllarining vujudga kelishiga keng sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari biznesini shakllantirish va taraqqiy ettirishga ham katta ta`sir ko`rsat-moqda. Avvalom bor, bu turdagi tadbirkorlikka axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari biznesi tovarlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tarqatish bilan keng shug`ullanayotgan boshqarish sub`ektlarini kiritish o`rinlidir. Bu borada «O`zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to`g`risida» Qonuni axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari asosida tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun katta turtki bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasida dasturiy mahsulotlari bozorini shakllan-tirish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bizning tadbirkorlar ham dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va eksport qilishi mumkin, buning uchun umumiy sharoitlar, intellektual potentsial ham etarlidir. Bu sohaga tadbikorlarning sarmoyalarini jalb qilish uchun soliq imtiyozlarini yaratib berish hisoblanib, u asosida hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda texnologik parklarni yaratish kerak bo`ladi. Axborot mahsulotlari milliy iqtisodning turli sohalaridagi ishlab chiqarish jarayonlariga jiddiy ta`sir etuvchi asosiy omillardan biriga aylanib borayotgani fakt. Jahon tajribasining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, bunday korxona ushbu shakllaridan biri - bu kichik firmalardir. AQSHda komp`yuter dasturlarini ishlab chiqaruvchi 98 %dan ortiq firmalar faoliyati «kichik biznes» turiga kiradi. Aynan kichik biznes AQSHning yuqori texnologiyalar sohasini boshqarmoqda.
Bu soha firmalari taklif etayotgan tovarlar turi judayam keng. SHu bois ham ularni shakllantirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar jalb qilish va davlat tomonidan tartibga solib turilishi kerak, chunki ular faoliyatining ko`pgina yo`nalishlari davlat manfaatlari bilan bog`lanib ketgan. Undan tashqari dasturiy mahsulotlarni eksport qilish davlat byudjetiga yanada ko`proq valyuta kelib tushishini ta`minlaydi.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bilan shug`ullanayotgan firma-larni tarkib toptirish uchun quyidagi yo`nalishlarni rivojlantirish zarur:

  1. ularni jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda tashkil etish kerak;

  2. axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari tovarlari hayotiy davr tsikliga qarab differentsiallashgan bo`lishi kerak, bu esa talab darajasiga ta`sir etishga hamda raqobatga chidash qiyin bo`lgan bozor sektorida o`z faoliyatini oldindan to`xtatish imkonini beradi;

v) ushbu sohaning xorijiy firmalari bilan aloqalar o`rnatish lozim.
Axborot tizimlari va texnologilariga asoslangan respublikamizdagi yangi iqtisod yangi ish joylarini yaratmoqda va ularning miqdori kundan-kunga ortib bormoqda.
AQSH yangi iqtisod oldingi qatorida bormoqda, ularda eski turdagi ish o`rinlari bo`shab yangi ish o`rinlari barpo etilmoqda va bu jarayon nihoyatda tezlik bilan amalga oshmoqda. AQSHda xizmatchilar o`z ish o`rinlarini har to`rt yilda o`zgartirishib, uzluksiz ta`lim ular hayotining bir qismi bo`lib qoldi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, axborot texnologiyalari, Internetning ta`lim sohasiga kirib kelishi ta`lim xizmatlarini globallashish jarayonlariga katta yo`l ochib berdi. Rivojlangan davlatlar ta`lim sohasida bo`layotgan bunday ijobiy jihatlarni e`tiborga olgan holda, ta`lim sifatini yuksaltirish uchun axborotkommunikatsiyalar texnologiyalaridan ommaviy ravishda foydalanish davr talabiga aylanmoqda.
Hozirgi kunda nafaqat ta`lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha tarmoqlariga Internet, elektron tijorat, elektron biznes, virtual tijorat, virtual ta`lim, masofaviy o`qitish, virtual stend texnologiyalari keng ko`lamda kirib keldi.
Zamonaviy jamiyat o`zining barcha jabhalarida hajmi qanday bo`lishidan qat`iy nazar turli axborotlarga kirishni yaratib beruvchi axborot-kommu-nikatsiyalar texnologiyalaridan keng foydalanish bilan tavsiflanmoqda. Internet va mul`timedia texnologiyalarining hayotimizga kirib kelishi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini muloqat qilish, tarbiyalash vositasi sifatida foydalanishga imkon bermoqda. Barkamol avlodni, har bir shaxsni, etuk mutaxassisni tarbiyalash va shakllantirishda axborot texnologiyalarining ijobiy ta`siri ko`zga tashlanib qoldi.
Mashg`ulotlarda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng foydalanish o`quv materiallarini talabalar tomonidan qabul qilish va o`zlashtirish samarasini yuksaltiradi. SHuning uchun ham shaxsiy komp`yuterlar qudratli ta`lim vositasiga aylanmoqda. Bu shaxsiy komp`yuter o`qituvchining barcha funktsiyalarini o`z zimmasiga oladi degani emas albatta, balki insonning shaxsiy komp`yuter bilan o`zaro hamkorlik qilishi ta`lim jarayonini yanada samarali tashkil qilishda keng imkoniyatlar yaratadi demakdir.
Xitoy tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, ularda tabiiy fanlar bo`yicha oliy ma`lumotli bo`lgan mutaxassislar axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bo`yicha ham to`lov-kontrakt asosida ta`lim olishga imkoniyatlar berilgan. Bunday kurslar 3 yil davom etib, 2000 AQSH dollarni tashkil qiladi. Unda talabalar zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini, Internet va Intranet texnologiyalarini chuqur o`rganishadi. O`quv-uslubiy qo`llanmalar, darsliklarning barchasi xitoy tiliga o`girilgan.
Hindistonda dasturchilarni oliy o`quv yurtlari tomonidan tayyorlash yildanyilga ortib bormoqda, 2002-2003 yillarda yiliga 85 mingga ortdi. Axborotkommunikatsiyalar texnologiyalari bo`yicha mutaxassisliklarni yiliga 68 ming kishi tugatishmoqda. Albatta, amerikanlik kompaniyalar buyurtmasi bo`yicha ishlab chiqilayotgan dasturiy maxsulotlarni yaratishda, hindis-tonlik dasturchilarning ingliz tilini mukammal bilishlari ast qotmoqda. Bundan tashqari, Hindistonda dasturchilar maktabini shakllantirishda chet eldagi hind diasporasi ham katta yordam ko`rsatishdi, jumladan AQSH yonlanib ishlagan hindlar vaqt o`tishi bilan o`zlarining kompaniyalarini barpo etib ularga Hindistondan dasturchilarni jalb qilishdi. Bu ham bo`lsa, Hindiston milliy iqtisodiga qo`shimcha valyutani kelib tushishi va ushbu sohani keng rivojlantirishga zamin yaratib berdi.

Download 64.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling