Axborotlashtirish jarayonlari
Download 59.58 Kb.
|
Jahonda IT rivojlanish tendensiyalari
Axborotlashgan jamiyat – bu ishlayotganlarning ko`pchiligi axborotlarni va uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish bilan band bo`lgan jamiyatdir.
XX asrning oxirlariga kelib, rivojlangan davlatlarda fan va texnikaning rivojlanib borishi bilan axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bo`yicha nazariyotchilarning aytgan fikrlari amalda namoyon bo`lmoqda. Barcha dunyo borlig`ining bir yagona komp`yuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan elektron xonadon va kottejlardagi insonlar hamjamiyatiga aylanib borishi bashorat qilinmoqda. Hohlagan yashash joyi turli xildagi elektron asboblar va komp`yuterlashtirilgan vositalar bilan jihozlangandir. Olimlar axborotlashgan jamiyatning o`ziga xos quyidagi xususiyatlarini keltirishadi: axborot inqirozligi muammosi hal bo`ladi, ya`ni axborot tanqisligi bilan axborotning ko`pligi o`rtasidagi qarama-qarshilikka bartaraf beriladi; boshqa resurlarga nisbatan axborotning prioritetligi ta`minlanadi; rivojlanishning asosiy shakli bo`lib axborotlashgan iqtisod hisoblanadi; jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari asosida bilimlarni avtomatlashtirilgan usulda yig`ish, qayta ishlash va foydalanish qo`yiladi; inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, axborot kommunikatsiyalar texnologiyalari global tus oladi; barcha inson taraqqiyotining axborot yagonaligi shakllanadi; taraqqiyotning barcha axborot resurslariga informatika vositalari asosida har bir insonning erkin kirishi amalga oshadi. SHu bilan birgalikda quyidagi havfli tendentsiyalar ham mavjud: ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta`sirining kundan-kunga ortib borishi; axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari tashkilot va insonlarning shaxsiy hayotini buzub yuborishi mumkin; aniq va sifatli axborotlarni tanlab olish muammolari mavjud; ko`pchilik insonlarga axborotlashgan jamiyatga ko`nikish qiyin kechadi. Axborotlashgan jamiyatga o`tishga eng yaqin turgan mamlakatlardan bo`lib axborot industriyasi taraqqiy etgan AQSH, YAponiya, Angliya, Germaniya va G`arbiy Evropa davlatlarini keltirish mumkin. Download 59.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling