O’zbekistonda virtual olamni yoshlar axloqiga salbiy ta’siridan himoyalanish va oldini olishning ustuvor yo’nalishlari - Axborot xavfsizligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorligini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim omil hisoblanadi.
- Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
TO‘RTINCHI AVLOD (4G) ALOQA TARMOG‘I - Mamlakatimizda MDHda ilk bor to‘rtinchi avlod (4G) aloqa tarmog‘i ishga tushirildi, interfaol shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha «yagona oyna» markazlari ochildi. Forumda qator xorijlik ekspertlar AKT sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |