Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi
Download 52.45 Kb.
|
1. Axborotni muhofaza qilish
Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasiReja: Xavf (risk) tushunchasi Axborot, axborotni muhofaza etish tushunchalari Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi 1.Xavf (risk) tushunchasi Kompyuter va axborot texnologiyalarning rivojlanishi katta portlash bo’ldi. Shu vaqtgacha biror bir yangi texnologiya bunday tezlik bilan insoniyat hayotiga kirib bormagan. Kompyuter texnologiyalari gen injeneriya, koinot, sun’iy intellekt kabi sohalarda yuqori imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Lekin kompyuter texnologiyalarining boshqa zararli tomonlari ham mavjud: ular ommaviy qirg’in qurollarini, biologik va kimyoviy qurollarni ishlab chiqishda foydalanilmoqda. Bundan tashqari kompyuter texnologiyalari moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishda ham qo’llanilmoqda. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari odatda buzg’unchi, yomon maqsadli shaxslar qurboni bo’lmoqda. Bunday qastdan qilingan tahdidlardan tashqari, bilmasdan qilingan(yo’l qo’yilgan) hatti-harakatlar(xatoliklar) ham kerakli ma’lumotning yo’qolishi, buzilishiga olib kelishi mumkin1. Shu uchun ham kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan parallel ravishda axborot xavfsizligi ham rivojlanib bormoqda1. Xavf (risk) ikki qismdan iborat1: ehtimollik potensial zarar Bugungi kunda axborot tizimlari xavfsizligi bilan bog’liq tahdirlar kelajakda sodir bo’lishi mumin bo’lgan xavflardan keladigan zararni kamaytirishga yo’naltirilgan. Kelajakda xavfdan keladigan zararning noaniqligi tufayli, to’liq xavfsizlikni (ya’ni zararni nolga yaqinlashtirish) ta’minlash juda qimmat. Shuning uchun risk menejerlari xavfsizlik vositalariga ketadigan mablag’ni minimallashtirgan holda, resurslarni taqsimlashni optimallashtirishga urinadi. Bunday jarayon odatda risklarni boshqarish deyiladi. Xavfsizlik deb xavfdan xoli, turli hujumlar va baxtsiz hodisalar tufayli buzilishdan himoyalangan holatga aytiladi. Risk(xavf) deb shikast yetkazilishi, yo’qolishi ehtimolligiga aytiladi2. Risklarni boshqarish 3 etapdan iborat: Amalga oshishi mumkin bo’lgan risklarni aniqlash Riskni minimallashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni tanlash va qo’llash Yuqoridagi 2 etapni tekshirish maqsadida, tajribada xavfni amalga oshirish va risk zararini baholash 2.Axborot,axborotni muhofaza etish tushunchalari O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida3axborot va uning turlari to’g’risida quyidagi ta’riflar keltirilgan: axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar; axborotni muhofaza etish - axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora- tadbirlari; ommaviy axborot - cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar; hujjatlashtirilgan axborot - identifikasiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot; maxfiy axborot - foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta’rif O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296- sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: Download 52.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling