Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish


Download 33.98 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1581824
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodira virusologiya


Reja:
1.Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari.
2.Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish
usullari.
3.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish
va ajratib olish.


Virusologiyada qo’llaniladigan tekshiruv usullari
Bu usullarning murakkabligi, eng avvalo, viruslarning qat’iy
hujayra ichi parazitligi va ular o’lchamlarining kichikligi bilan
bog‘liqdir.
Virusli infeksiyali bemorlardan olingan materiallami laboratoriyada diagnostika qilish maqsadida turli xil tekshirish usullari
qo’llaniladi:
• Elektron va yorug’lik mikroskopiya usuli;
• Hujayra kulturalarida viruslarni o‘stirish va ajratib olish
(ulaming sitopatik ta’sirini, gemadsorbsiya qilish xususiyatini va
viruslarning hujayraga ta’sirining boshqa ko'rinishlarini aniqlash) usuli;
• Rivojlanayotgan tovuq embrionida va sezgir tajriba hayvonlar
organizmida o‘stirish va ajratib olish;
• Gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ko‘ra viruslarni ajratish;
• Turli xil serologik tekshirish usullari: an’anaviy serologik
reaksiyalar (komplementni bog’lash reaksiyasi, geldagi presipitasiya
reaksiyasi va boshqalar) va ekspress-usullar; eng ko‘p ahamiyatga ega
reaksiya - bu viruslarni neytralizasiya reaksiyasi hisoblanadi. Bu
reaksiya viruslarni identifikasiya qilish, virus antigeni yoki antitelolarini
aniqlash maqsadida turli xil obyektlarda (hujayra kulturalarida, tovuq
embrionida, kamdan-kam hollarda hayvonlarda) o‘tkaziladi;
• Molekulyar-genetik tekshirish usullari - molekulyar
gibridizasiya va polimeraza zanjirli reaksiya.
Shunday qilib, virusologiyada ham maxsus virusologik tekshiruv
usullari, ham umum qabul qilingan mikrobiologik usullar qo’llaniladi.
Quyida viruslar bilan ishlashning asosiy usullari keltirilgan.

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling