Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish
Download 33.98 Kb.
|
Nodira virusologiya
Tovuq embrionining tuzilishi. Tovuq embrioni ohaklangan qobiq
po‘st bilan qoplangan bo’lib, uning ichki tomoniga bu qobiq alohida havo bo‘shlig’i hosil qiladi. Po'stloq qobig’i ostida xorioallantois qobig’i bo’lib tuxumning to‘mtoq uchida po‘stloq qobig’iga o‘tadi. Bu qobiq qon tomirlarga boy bo’lib, embrionning nafas olish organi vazifasini bajaradi. Uning ichki tomonida allantois bo‘shlig’i joylashib, u ajratish organi vazifasini bajaradi va murtakni qurib qolish va turli ta’sirotlardan himoya qiladi. Allantois bo‘shlig‘i amnion suyuqligi bilan to’lgan amnion bo‘shlig‘ida joylashgan murtak atrofini o‘rab turadi. Murtak sariqlik ipi orqali asosiy oziq manbai bo‘lgan sariqlik xaltachasi bilan bog’langan. Rivojlanishning kechki bosqichlarida embrion oziq moddalarni tuxumning o‘tkir uchida joylashgan oqsil xaltachasidan oladi. Ishga tayyorgarlik. Rivojlanayotgan tovuk embrionida virusni o‘stirish uchun ma’lum tartibdagi harorat (odamda 36 - 38°C), namlik (50 - 70%), shuningdek, yetarlicha ventilyasiya zarur. Virus turi va uni yuqtirish usulidan qat’iy nazar, tovuq embrioniga virusni yuqtirish inkubasiyadagi tuxumning 6 kundan 13 kungacha bo’lgan muddatlarida amalga oshiriladi. Ilmiy izlanish maqsadi va virus xususiyatlarini bilgan holda virusning optimal yuqtirish dozasini va embrionni virus bilan zararlashning to‘g‘ri usulini tanlay bilish lozim. Barcha operasiyalar aseptik sharoitda, imkoni boricha bokslarda o‘tkaziladi. Ish uchun quyidagilar tayyorlanadi: tuxum uchun taglik, spirtli va yodli sharchalar, steril parafmli probirka, yopqich oynalar, steril paxtali qopcha, doka, qog‘oz bilan o'ralgan steril idish, steril shprislar, ignalar, pinsetlar, preparat ignalari. Asboblar butun ish davomida spirtli stakanga solingan holatda bo’lib, har bir o‘tkazilgan manipulyatsiyadan so‘ng gorelka alangasida qizdirib sterillanadi. Ish boshlashdan oldin qo‘llar yaxshilab yuviladi va dokadan tayyorlangan niqob taqib ishlash tavsiya etiladi. Ish boshlash uchun yashash qobiliyati saqlangan embrion tanlab olinadi, buning uchun maxsus yoritilgan quti - ovoskopda inkubasiyadagi tuxumdan nur o‘tkazib ko‘riladi. Yoritilgan tuxum po‘sti orqali embrionni, xorioallantois qobiq tomirlarini, havo qopchasi chegarasini ko‘rish mumkin. Hayot qobiliyati saqlangan embrion harakatchan bo‘lib, qon tomirlari qon bilan to‘la bo’ladi. Tuxum po‘stlog‘ida havo qopchasi chegarasi va embrion holati qalamda chizib belgilanadi. Tanlab olingan tuxumning to‘mtoq uchi (yoki tuxumning yon tomoni) yaxshilab dezinfeksiya qilinadi: po‘stloq spirt bilan artiladi; yod suriladi; yana spirt bilan artiladi va qoida bo‘yicha alangada tutib qizdiriladi. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o‘stirish va ajratib olish. Viruslarni o‘stirish va ajratib olish maqsadida laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usuli hujayra kulturalari va tovuq embrioniga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Shunga qaramay bir qancha virusli infeksiyalarda hayvonlarga yuqtirib qo‘zgatuvchini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi (masalan, Koksaki virusi, qutirish virusi, kanali ensefalit viruslarini aniqlashda). Shuni ta’kidlash kerakki, viruslarni hayvonlarga yuqtirish yo‘li bilan ajratib olish usuli uzoq yillar mobaynida birinchi va yagona usul bo‘lib kelgan va bu usul yordamida bir qator viruslar aniqlangan. Eksperimental modellar. O‘rganilayotgan virusga sezgir hayvonlar eksperimental modellar deyiladi. Model sifatida ma’lum viruslarga sezuvchan va yuqori moyillikka ega hayvonlar tanlab olinadi. Tajriba uchun olingan hayvonlar bir turga, ma’lum bir yoshga ega bo’lishi va bir xil sharoitda saqlanishi lozim. Tajriba o‘tkazilayotgan hayvonning yoshi infeksiyaning yuzaga kelishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Koksaki virusi bilan zararlantirishda yetti kunlik sichqonlardan foydalaniladi, chunki ular bu infeksiyaga 3-4 haftalik sichqonlarga nisbatan moyilroqdir. Viruslarni samarali ajratib olish uchun, laboratoriya hayvonlarida ko‘p uchraydigan virusli, bakterial, protozoy etiologiyali latent (yashirin) infeksiyalarlardan holi bo’lgan hayvonlardan foydalanish kerak. Bunday kasalliklarga virusli zotiljam kasalligi, oq sichqonlarning virusli ensefalomieliti, sutemizuvchilarning va qushlarning protozoy ensefaliti va boshqalar kiradi. Virusologik ishlar uchun ko‘pincha toza naslli eksperimental hayvonlar ishlatiladi. Ularda irsiyat bir xil bo’lib, latent infeksiyalar kam uchraydi va ular viruslarga nisbatan yuqori moyillikka egadir. Viruslarga, ayniqsa, gnotobiont hayvonlar sezgir bo’ladi. Hayvonlar bilan olib boriladigan ishlarni bokslarda yoki vivariyning maxsus operasion xonasida o'tkazish tavsiya qilinadi. Barcha chiqindilar va o’lgan hayvonlar murdalari avtoklavlanadi va yoqiladi. Download 33.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling