Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish
Download 33.98 Kb.
|
Nodira virusologiya
Viruslarni tozalash usullari. Ba’zi virusologik tekshiruvlami o‘tkazish uchun, masalan, elektronmikroskopik, shuningdek, viruslarning fizik-kimyoviy
xususiyatlarini o‘rganish uchun begona aralashmalarsiz, o‘ta tozalangan preparatlar kerak bo’ladi. Ikki marta sentrifugalash yo’li bilan konsentrlangan virus tutuvchi materia) lar shunday tozalanishi zarurdir. Qo‘shimcha tozalash ishlari fizik-kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Differensial sentrifugalash. Cho‘kish tezligiga ko‘ra turli kattalikdagi bo’laklarni ajratish usuli. Bu usulda virus tutuvchi material ko‘p marotaba kichik (2000-3000 ayl/daq) va katta (40000-50000 ayl/daq) tezliklarda sentrifugalanadi. Virus bir cho‘kma usti suyuqligida (kichik tezlikda), bir cho‘kmada (katta tezliklarda) bo‘ladi, resuspenziyalanib, yana sentrifugalanadi. Bu yo‘l bilan virusning yuqori darajada tozalanishiga erishiladi. Zichlik gradientida sentrifugalash. Viruslarni tozalash va ulaming zichligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Bu usulda sentrifuga probirkasiga moddaning har xil zichlikdagi eritmalari qavat-qavat qilib quyiladi (masalan, saxaroza), bunda eng yuqori zichlik (virus zichligidan yuqori) probirka tubida hosil qilinadi, yuza qismiga qarab esa, zichlik asta-sekin kamayib boradi. Tozalanuvchi virus tutuvchi aralashma yuqori qismga quyiladi. Sentrifugalash vaqtida har xil zichlikdagi bo’laklar eritmaning turli qatlamlarida alohida zona sifatida taqsimlanadi. Ma’lum zichlikka ega bo’lgan viruslar, to‘qima bo’laklari zichligidan farq qilib, qaysidir bir zonada joylashadi va ularni toza holda ajratib olish ham mumkin. Tozalash usullarining boshqalari ham qo’llaniladi, masalan, viruslarni alkogol ta’sirida cho‘ktirish va boshq. Agar virusni yana tozalash kerak bo’lsa, yoki ularning komponentlami o‘rganish zarur bo’lsa, ularni fraksiyalarga ajratish usullari qo’llaniladi. Ya’ni o‘rganilayotgan virus preparati bir necha fraksiya (bo’lak) larga bo’linadi va har biri alohida tekshiriladi. Fraksiyalashda elektroforez, xromatografiya, ion almashinuvchi smolalar ishlatiladi. Hujayra kulturasi - sun’iy sharoitda o‘sish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo’lgan, odam yoki hayvonning to‘qima hujayralaridir. Virusologiyada hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir. Ular virusli infeksiyalar diagnostikasida va virusologiyada ilmiy tekshirishlarni o‘tkazishda o‘ta zarur bo‘lgan vaksinalarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Viruslami o‘stirishda va ajratib olishda hujayra kulturalarini qo’llash universal usul hisoblanadi, chunki ko‘plab viruslar uchun sezgir, ya’ni ular ko‘paya oladigan kulturalami tanlab olish mumkin. Hujayraga viruslar sitopatik ta’sirining mavjudligi ishlashda qulaylik keltirib chiqaradi. SPTga ko‘ra zararlangan hujayra kulturasida virusning borligini oson aniqlash mumkin. Viruslarni hujayra kulturasida o'stirish boshqa usullarga nisbatan qulay standart usul hisoblanadi, chunki hujayra kulturasi bir turdagi hujayralardan tuzilgan, nomaxsus ingibitorlar va antitelolar saqlamaydi. Kamchiliklariga kelsak, hujayra kulturalarini tayyorlash qiyinroq, birlamchi kultura tayyorlanadigan to‘qimalar ko‘pincha latent viruslar, mikoplazma, bakteriya, zamburug‘lar bilan zararlangan bo’ladi. Download 33.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling