Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish


Download 33.98 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1581824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodira virusologiya

Ko'paytiruvchi oziq muhitlar 10-20% li zardob qo‘shish hisobiga
oziq moddalar bilan yanada boyitilgan. Ular o‘suvchi kulturalarda,
viruslar bilan zararlashdan oldin, hujayralaming ko‘payishi uchun
qo’llaniladi.
0‘sishini ta’minlovchi oziq muhitlar hujayra kulturalarini viruslar
bilan zararlagach qo’llanilib, kam miqdordag oziqli komponentlarni
tutadi. Bu oziq muhitlar ba’zan umuman zardob saqlamaydi, yoki ular
juda kam miqdorda (2%) qo‘shiladi. O'stirilayotgan virusga qarshi
antitelolani parchalash maqsadida zardobni 56°C da qizdirib, so‘ng
foydalanish lozim.
Viruslarni rivojlanayotgan tovuq embrionida o‘stirish
Viruslarni tovuq embrionida o‘stirish virusologiyada virusni
infeksion materialdan birlamchi ajratib olishda va keyinchalik passaj
yo‘li bilan ulami o‘stirishda keng qo’llaniladi. Virusni tovuq embrionida
o‘stirish usulidan virusli infeksiyalarga tashhis qo‘yishda va ilmiy
tadqiqotlarda foydalaniladi. Bu usul yordamida, vaksina va diagnostik
preperatlar tayyorlash uchun, juda ko‘p miqdorda virus saqlovchi
material olinadi.
Odam va hayvonlarni zararlovchi ko‘pgina viruslarning tovuq
embrionida yuqori yoki past darajada ko‘payish mumkinligi aniqlangan.
Qattiq po‘stloq embrionni himoya qilib, unga tashqi muhitdan
mikroorganizmlar tushishiga to‘siqlik qiladi, bu esa viruslarni steril
sharoitda ko‘payishiga sharoit yaratadi. Embrion latent viruslardan holi
bo’lib, bu bilan laboratoriya hayvonlaridan ustun turadi.
Bu usulning kamchiliklari quyidagilar:
1. Virus bilan zararlangandan so‘ng embriondagi patologik
o‘zgarishlarni dinamikada kuzatish imkoniyati yo‘q;
2. Virus bilan zararlangan embrion ochilganda o‘zgarishlami ko‘z
bilan ko'rib bo’lmaydi, shuning uchun embriondagi embrion
suyuqligidagi virusni aniqlash maqsadida boshqa virusologik usullarni
qo’llashga to‘g‘ri keladi. (Masalan, gemagglyutinatsiya reaksiyasi)
3. Hayvonlarda yaxshi aniqlash imkoniyati bo’lgan antitelalar
4. Tovuq embrionida viruslarni o‘stirish usulini hamma viruslar
uchun qo’llab bo’lmaydi, ya’ni bu usul universal emas.
Bunday kamchiliklaming borligiga qaramasdan tovuq embrionida
virusni o‘stirish usuli oson, qulay va arzon bo’lib, virusologiya
amaliyotida keng qo’llaniladi. Ayniqsa, ortomiksoviruslar,
gerpesviruslar va poks- viruslar bilan ishlaganda bu usulning ahamiyati
katta.

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling