Umumiy ma’lumotlar


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana10.05.2020
Hajmi0.66 Mb.
#104632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Odam anatomiyasiA. G.AXMEDOV 4


            

346 


Nerv tizimi haqidagi ilm  (neurologia) 

 

 

 

   Umumiy ma’lumotlar 

I.P.  Pavlov  ta’limoti  bo‘yicha  organizm  ayrim  a’zolar  yoki  tizimlar 

yig‘indisi bo‘lmay, tashqi muhit bilan uzluksiz aloqada bo‘lgan tirik umumlashgan 

tizimdir.  Har  tirik  mavjudot    tashqi  muhitdan  ma’lum  ta’sirot  oladi  va  unga  mos 

javob  qaytaradi.  Bundan  tashqari  organizmda  bo‘layotgan  modda  almashinish 

jarayonlari  ham  o‘z  navbatida  unga  ma’lum  bir  ta’sir  qiladi  va  organizm  bunga 

javob qaytaradi.  Ta’sir tushayotgan  soha bilan  a’zo  o‘rtasidagi  aloqa organizmda 

nerv  tizimi    vositasida  bog‘lanadi.  Nerv  tizimi  tana  qismlari  va  a’zolarning  

faoliyatini bir-biri bilan bog‘lab bir butun tizimni hosil qiladi. Ikkinchi tomondan 

nerv tizimi organizm faoliyatini tashqi muhit bilan munosabatini boshqaradi. 

Nerv tizimining vazifaviy-tarkibiy  birligi - nerv hujayrasi bo‘lib, u o‘zidan 

chiqayotgan o‘simtalari bilan birga neyron deb ataladi. 

Neyronlar o‘lchami, shakli, o‘simtalarining soni va uzunligiga qarab turli xil 

bo‘ladi.  O‘simtalari  tuzilishi  va  vazifasiga  qarab  aksonlar  yoki  neyrit  va 

dendritlarga  bo‘linadi.  Neyronlarning  dendritlari  ko‘p  sonli,  shoxlangan  bo‘ladi. 

Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini yoki boshqa neyronlardan kelayotgan impulsni 

nerv  hujayrasi  tanasiga  o’tkazib  beradi.  Akson  yoki  neyritlar  bitta  bo‘lib,  nerv 

impulsini hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki ish bajaruvchi a’zoga o‘tkazib 

beradi.  Tuzilishi,  vazifasi  va  aloqasiga  qarab  neyronlar  sezuvchi  yoki  retseptor, 

oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlarga bo‘linadi.  

I.Sezuvchi  neyronlarni  dendritlarining  uchlarida  qabul  qiluvchi  apparat  - 

retseptor  joylashgan.  Retseptor  ta’sirotni  qabul  qilib,  uni  nerv  impulsiga 

aylantiradi. Retseptorlar ma’lum bir ta’sirotni qabul qilishga moslashgan (mexanik, 

harorat,  kimyoviy)  bo‘lib,  tuzilishi  har  xil  bo‘ladi.  Retseptorlarning  joylashishiga 

qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 

1.Ekstrotseptorlar      tashqi  muhit  ta’sirini  qabul  qiladi.  Ular  teri,  shilliq 

pardalar va sezgi a’zolarida joylashgan. 

2.Introtseptorlar  organizmning  ichki  muhitida  bo‘ladigan  kimyoviy 

o‘zgarishlar,  shuningdek  to‘qima  va  a’zolardagi  bosim  o‘zgarishlari  ta’sirotlarini 

qabul qiladi.  

3.Propriotseptorlar  mushak,  pay,  boylam,  fassiya,  bo‘g‘im  xaltasidagi 

ta’sirotlarni qabul qiladi. 

II.Oraliq  yoki  assotsiativ  neyron  qo‘zg‘olishni  sezuvchi  neyrondan  harakat 

neyroniga o‘tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv tizimida joylashadi. 

III.Effektor  yoki  harakatlantiruvchi  neyronlarning  tanalari  markaziy  nerv 

tizimida  yoki  vegetativ  tugunlarda  joylashgan.  Ularning  aksonlari  ish  bajaruvchi 

a’zolarga (ko’ndalang targ’il va silliq mushaklar va bezlarga) boradi. 

Odamning  nerv  tizimi  neyronlar  yig‘indisidan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular 

o‘zaro sinapslar vositasida qo‘shiladi. Bitta neyronning oxirgi  tolalari  juda ko‘p 

(10.000)  neyron  bilan  qo‘shilishi  mumkin.  Shu    sababli  bir  joyda  hosil  bo‘lgan 

nerv qo‘zg‘alishi juda ko‘p neyronlarga o‘tishi mumkin. 

I.M.Sechenov ta’biricha  nerv tizimining  faoliyati  reflektor  xarakteriga  ega. 

Refleks  asosida  reflektor  yoyi  yotadi.  Reflektor  yoyi  nerv  hujayralari  zanjiridan 

iborat  bo‘lib,  tarkibiga  sezuvchi  (afferent)    va  harakatlantiruvchi  (efferent) 



            

347 


neyronlar  kiradi.  Bular  orqali  nerv  impulsi  retseptordan  ish  bajaruvchi  a’zolarga 

boradi.  Nerv  impulsi  reflektor  yoyida  120m/sek  tezlikda  yuradi.    Ko‘p  xollarda 

reflektor  yoyi  tarkibiga  uchinchi  (oraliq)  neyron  kirib,  sezuvchi  neyron  bilan 

harakatlantiruvchi  neyronni  bir-biriga  bog‘lab  turadi.  Oddiy  reflektor  yoyi  odatda 

ikki:  afferent  va  efferent    neyrondan  iborat.  Afferent  neyronning  tanasi  markaziy 

nerv  tizimidan  tashqarida  joylashib,  orqa  miya  tuguni  yoki  bosh  miya  nervlari 

sezuvchi  tugunlarining  sohta  unipolyar  hujayralaridan  iborat.  Bu  hujayralarning 

pereferik o‘simtalari orqa miya nervlari yoki sezuvchi tolalari bo‘lgan bosh miya 

nervlari  tarkibida  yo‘nalib  ularning  uchlari    retseptorni  hosil  qiladi.  Ularning 

markaziy  o‘simtalari  orqa  miya  nervlarining  orqa  sezuvchi  ildizi  va  bosh  miya 

nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi. Sezuvchi xujayraning bu o‘simtasi 

orqa  miyaning  kulrang  moddasida  yoki  bosh  miyaning  harakatlantiruvchi  o‘zagi 

efferent  neyroni  hujayralari  bilan  sinaps  hosil  qilib  birikadi  va  nerv  qo‘zg‘alishi 

harakatlantiruvchi  neyronga  o‘tadi.  Harakatlantiruvchi  neyron  o‘simtalari  orqa 

miya  nervlarining  oldingi  ildizi  tarkibida  ish  bajaruvchi  a’zoga  boradi.  Odatda 

reflektor  yoyi  tarkibida  afferent  neyron  bilan  efferent  neyron  o‘rtasida  oraliq 

neyron joylashadi. 

 Odamning  bir  butun  nerv  tizimi  shartli  ravishda  odam  organizmining  ikki 

asosiy: o‘simlik va hayvoniy a’zolar qismlariga mos ravishda  somatik va vegetativ 

yoki avtanom nerv tizimlariga bo‘linadi.  

Somatik nerv tizimi ko‘ndalang targ’il mushaklar va terini innervatsiya qilib

organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi.  

Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarning silliq mushaklarini, bezlarni, yurak-

qon tomirlar  faoliyatini,  a’zo  va to‘qimalarda  modda    almashinuvini innervatsiya 

qiladi.  Vegetativ  nerv  tizimi  o‘z  navbatida  ikki:  simpatik  va  parasimpatik 

qismlarga  bo‘linadi.  Nerv  tizimining  somatik  va  vegetativ  qismlarga  bo‘linishi 

shartli  ravishda,  chunki  organizmning  butun  hayoti  nerv  tizimining  barcha 

qismlarini  bosh  miya  po‘stlog‘i  boshchiligida  bir-biriga  bog‘lanib  qilgan 

faoliyatidan  iborat.  Shuning  uchun  birorta  a’zo  faoliyatining  o‘zgarishi  boshqa 

a’zolar faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan: jismoniy ish qilgan vaqtda 

mushaklarda  modda  almashinuvi  kuchayadi  va  kislorodga  talab  oshadi.  Bunga 

javoban reflektor ravishda o‘pka va yurakning faoliyati kuchayib, mushaklarga qon 

va kislorodning kelishi ko‘payadi. 

Topografik  nuqtai  nazardan  nerv  tizimi  markaziy  va  periferik  qismlarga 

bo‘linadi.  Markaziy  qismiga  bosh  va  orqa  miya  kirib,  ular  kulrang  va  oq 

moddalardan iborat. Kulrang modda  nerv hujayralarining to‘plami, oq modda esa 

nerv    o‘simtalaridan  tashkil  topgan.  Periferik  qismi  tarkibiga  nerv  ildizlari, 

tugunlari, chigallar va nervlar kiradi. 

 

Nerv tizimining filogenezi 

    Bir  hujayrali  sodda  organizmlarda  (amyoba)  nerv  tizimi  bo‘lmaydi.  Ularda 

tashqi  muhit  bilan  aloqa  organizmning  ichi  va  tashqarisida  joylashgan  suyuqlik 

vositasida bo‘ladi (gumoral boshqarish). Keyinchalik nerv tizimi hosil bo‘lganidan 

so‘ng, gumoral boshqarish uning ta’siriga o‘tib, neyro-gumoral boshqarish paydo 

bo‘ladi. 



            

348 


 

Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o‘tadi: 

  

I-bosqich  to‘rsimon  nerv  tizimi.    Bu  bosqichda  nerv  tizimi  (gidra)  nerv 



hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘simtalari bir-biri bilan qo‘shilib to‘r 

hosil  qiladi.  Bunday  hayvonlarda  ikki  xil  hujayra:    Ektodermada  joylashgan 

retseptor  hujayralar  va  ichkarida  joylashgan  effektor  hujayralar  tafovut  qilinadi. 

Tanani  qaysi  joyiga  ta’sir  qilinsa  ham,  ichki  hujayralar  qo‘zg‘aladi  va  tirik 

organizm harakat qiladi. 

      II-bosqich  tugunli  nerv  tizimi.    Umurtqasiz  hayvonlarda  nerv  hujayralar 

to‘planib nerv tugunlarini hosil qiladi va «tugunli nerv tizimi» paydo bo‘ladi. Nerv 

o‘simtalarining to‘planishidan nerv dastalari hosil bo‘ladi. Bunda  nerv o‘simtalari 

ma’lum  bir  yo‘nalishga  ega  bo‘ladi.  Nerv  dastalari  tugunlarni  ikki  yo‘nalishda: 

ko‘ndalangiga-  segmentlar  ichida,  bo‘ylamasiga  -  har  xil  segmentlar  o‘rtasidagi 

tugunlarni bir-biriga qo‘shib turadi. Shuning uchun ularning ma’lum nuqtalaridagi 

ta’sirot  ma’lum  segment  sohasiga  tarqaladi.  Nerv  tugunlari  hayvonlarni  bosh 

qismida ko‘proq to‘plangan bo‘lib sezgi a’zolari bilan bog‘lanadi. 

    


III-bosqich  naysimon  nerv  tizimi.  Umurtqali  hayvonlarda  nerv  hujayralari 

bir-biri  bilan  bog‘lanib  uzluksiz  nerv  tizimchasini  hosil  qiladi.  Uning  ichida 

bo‘shlig‘i  bo‘ladi.  Bu  bosqichda  nerv  tizimi  bir  xil  segmentlardan  iborat  bo‘lib, 

neyronlarning o‘simtalari ma’lum bir segmentga tegishli sohaga tarqaydi. 

 

Nerv tizimining taraqqiyoti 

   


 Odamning  markaziy  nerv  tizimi  pushtning  tashqi  varag’i  ektodermadan 

taraqqiy  etadi.  Pusht  tanasining  dorsal  qismlarida  ektoderma  hujayralari  nerv 

(medullyar) plastinkani hosil qiladi. Dastlab u bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, 

keyinchalik  bu  hujayralardan  spongioblastlar  (tayanch  to‘qima-neyrogliyani  hosil 

qiluvchi)  va  nerv  hujayralarini  hosil  qiluvchi  neyroblastlar  takomillashadi. 

Medullyar  plastinka  hujayralarining  ko‘payishi  uning  turli  qismlarida  har  xil 

bo‘lgani  uchun  u  bukilib  medullyar  egat  hosil  bo‘ladi.  Uning  chekkalari  o‘sishi 

natijasida    sekin-asta  ko‘tariladi  va  o‘zaro  birikib  nerv  nayini  hosil  qiladi.  Nerv 

nayi  birikish  davrida  uch  qavatdan  iborat  bo‘lib,  keyinchalik  ichki  qavatidan 

qorinchalar  va  markaziy  kanalni  ichini  qoplagan  ependima  qoplamasi,  o‘rta 

qavatdan  miyaning  kul  rang  moddasi  hosil  bo‘ladi.  Tashqi  qavatda  hujayralar 

bo‘lmay  miyaning  oq  moddasiga  aylanadi.  Nerv  nayi  markaziy  nerv  tizimining 

kurtagi  bo‘lib,  uning  orqa  qismidan  orqa  miya  taraqqiy  etadi.  Nerv  nayining 

oldingi qismi  homila  hayotining 3 haftasi  oxirida kengayib, uchta birlamchi  miya 

pufakchalarini  hosil  qiladi.  Oldingi  miya  pufagi  old  tomonda  oxirgi  qatlam 

(lamina  terminalis)  vositasida  yopiladi.  Bu  uchta  birlamchi  pufakchalardan 

oldingi va orqadagisi homila taraqqiyotining 2 oyida ikkiga   bo‘linadi va bir-biriga 

qo‘shilgan beshta miya pufagi hosil bo‘ladi. Bunda orqa miya pufagi ko‘ndalang 

egat yordamida uzunchoq miya (myelencephalon) va ortqi miya (metencephalon) 

ga bo‘linadi. O‘rta miya pufagi o‘zgarmaydi va o‘z nomini saqlab qoladi. Oldingi 

miya  pufagi  ham  oraliq  miya  (diencephalon)  va  oxirgi  miya  (telencephalon)  ga 

bo‘linadi. Hosil bo‘lgan beshta miya pufaklari biri ketidan biri joylashadi. Dastlab 

uning  devori  yupqa  bo‘lib,  bir  qavat  epiteliydan  iborat  bo‘ladi.    Tez  orada  miya 

pufakchalari  o‘sishida  ma’lum  bir  o‘zgarish  kuzatiladi.  Oldingi  miya  pufagi  tez 


            

349 


o‘sib,  bo‘ylama  egat  yordamida  o‘ng  va  chap    yarimsharlarga  bo‘linadi. 

Yarimsharlar orqa tomonga qarab o‘sib, miyaning boshqa qismlari ustini qoplaydi. 

Bu orada bosh miya qismlari o‘rtasida sagittal sathda uchta bukilma hosil bo‘ladi. 

Birinchi  tepa  bukilmasi  oxirgi  va  oraliq  miya  o‘rtasida,  ikkinchi  ensa  bukilmasi 

ortqi  miya  pufagi  bilan  orqa  miya  o‘rtasida,  uchinchisi  esa  ko‘prikning  o‘rqa 

qismida  bo‘lib,  oldinga  qaragan.  Keyingi  davrlarda  miya  pufakchalari  bir  xil  

o‘zgarib,  miyani  alohida  qismlarini  hosil  qiladi.  Beshinchi  miya  pufagidan 

uzinchoq  miya  hosil  bo‘ladi.  Ortqi  miya  pufagidan  rombsimon  miya  siqig‘i 



(isthmus  rhombencephali) ajrab chiqib, undan miyachaning  yuqori oyoqchalari 

va  yuqori  miya  yelkani  hosil  bo‘ladi.  Ortqi  miyani  ventral  qismidan  ko‘prik  va 

dorsal  qismidan  miyacha  hosil  bo‘ladi.  Rombsimon  miyaning  umumiy  bo‘shlig‘i 

IV  qorinchaga  aylanadi.  O‘rta  miya  sohasidagi  nerv  nayi  tekis  o‘sadi.  Uning 

ventral  qismidan  miya  oyoqchalari,  dorsal  qismidan    esa  o‘rta  miya  tomi 

plastinkasi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pufagi lateral devori sezilarli darajada o‘sib 

ko‘ruv  do‘mbog‘ini  hosil  qiladi.    Oraliq  miya  pufagini  yon  devorlaridan  yon 

tomonga  ko‘z  pufakchalari  o‘sib  chiqadi,  orqa  devoridan    esa  shishsimon  tana 

(epifiz)  taraqqiy  etadi.  Pastki  devoridan  kulrang  tepalik,  voronka,  hamda 

gipofizning orqa bo‘lagi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pufagi bo‘shlig‘i III qorinchani 

hosil qiladi.  

 

Oxirgi  miya  pufagi ikkiga bo‘linganidan uning  bo‘shlig‘i ham  ikki qismga 



bo‘linadi.  Yarimsharlar  tez  o‘sib  sekin-asta  miyani  o‘zidan  pastda  joylashgan 

qismlarini ust va yon tomondan qoplaydi. Yarimsharlar  devorining notekis va tez 

o‘sishi natijasida egatlar paydo bo‘ladi. 

 

  Markaziy nerv  tizimi 



Orqa miya  

Orqa miya (medulla spinalis) tashqi tomondan oldindan orqaga qarab biroz 

yassilangan  silindr  shaklidagi  tizimcha  ko‘rinishiga  ega.  Uning  ko‘ndalang 

o‘lchami  kengroq.  Orqa  miya  umurtqa  kanali  ichida  joylashib  (120-rasm),  katta  

teshikni pastki chekkasida bosh miyaga o‘tib ketadi. Bu sohada orqa miyadan o‘ng 

va chap birinchi orqa miya nervlarining ildizi chiqadi.  Orqa miyaning pastki qismi 

torayib, miya konusini (conus medullaris)  hosil qilib I-II bel umurtqalari sohasida 

tugaydi.  Undan      pastga  tomon  ingichka  oxirgi  ipga  (filum  terminale)  davom 

etadi.  Oxirgi  ipning  15  sm  cha  keladigan  II  dumg‘aza  umurtqasi  sohasigacha 

joylashgan  yuqori qismi tarkibida  nerv to‘qimasi bo‘lib, uni ichki qism deyiladi. 

Uning atrofida bel va dumg‘aza nervlarining ildizlari joylashgan bo‘lib, orqa miya 

qattiq  pardasidan  hosil  bo‘lgan  yopiq  qopcha  bilan  o‘ralgan.  II  dumg‘aza 

umurtqasidan    pastda    oxirgi      ipni    8    sm    keladigan    tashqi qismi  joylashadi. U 

orqa miyani o‘ragan uch qavat pardaning davomi bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan 

iborat bo‘lib, II dum umurtqasi suyak pardasiga birikib ketadi. 

120-rasm. Orqa miyaning oldingi yuzasi.  

1-medulla oblongata; 2-intumescentia cervicalis; 3-fissura mediana ventralis; 4-sul. 

ventrolateralis ; 5-intumescentia lumbosacralis;  

  6-conus medullaris. 

 


            

350 


Orqa miyaning uzunligi katta yoshdagi odamlarda o‘rta hisobda 43 sm (erkaklarda 

45,  ayollarda  41-42  sm),  og‘irligi  34-38  g  yoki  bosh  miya  og‘irligining  2%  teng. 

Uning  kengligi  bor  bo‘yiga  bir  xil  bo‘lmay,  bo‘yin  va  bel-dumg‘aza  qismlarida 

kengaygan.  Bo‘yin  kengaymasi  (intumecentia  cervicalis)  C

V

-C

VIII 



va  Th

segmentlari  sohasida  joylashgan.  Bel-dumg‘aza  kengaymalari  (intumecentia 



lumbosacralis)  L

I  -V 


va  S

I-IV


  segmentlari  sohasida  loylashgan.  Bu  sohalar  qo‘l  va 

oyoqni  innervatsiya qilishda ishtirok etgani uchun nerv hujayralari va tolalari soni 

ko‘p bo‘ladi. 

 

121-rasm. Orqa miyaning ko‘ndalang kesmasi. 



1-cornu  posterius;  2-sul.  medianus  posterior;  3-sul.  intermedius  posterior;  4-sul. 

dorsolateralis;  5-sulcus  lateralis  anterior;  6-fissura  mediana  ventralis;  7-

commissura anterior alba; 8- cornu ventrale; 

9-cornu laterale.  

 

Orqa  miyaning  oldingi  yuzasidagi  oldingi  o‘rta  yorig‘  (fissura  mediana  



anterior)    va  orqa  yuzasidagi  orqa  o‘rta  egat  (sulcus  medianus    posterior)    uni 

ikki simmetrik bo‘lakka  ajratadi.  Orqa  miyaning har bir bo‘lagi oldingi  yon  egat 



(sulcus    anterolateralis)    va  orqa  yon  egat  (sulcus    posterolateralis)  vositasida 

uchta:  oldingi,  o‘rta  va  orqa  tizimchalarga  ajraladi.  Yon  egatlardan  orqa  miya 

nervlarining oldingi va orqa ildizlari  chiqadi.  Oldingi  ildiz  (radix  ventralis) orqa 

miyaning  kulrang  moddasini  oldingi  shoxida  joylashgan  harakatlantiruvchi 

hujayralarining  o‘simtalaridan  iborat.  Orqa  ildizni  (radix  dorsalis)  orqa  miya 

tugunida  (ganglion  spinale)  joylashgan  sohta  unipolyar  hujayralarning  markaziy 

o‘simtalari  hosil  qiladi.  Orqa  miyaning  bor  bo‘yiga  31  juft  ildiz  chiqadi.  Ular 

umurtqalararo  teshikning  ichki  tomonida  o‘zaro  qo‘shilib,  31  juft  orqa  miya 

nervini  (n.  spinalis)    hosil  qiladi.  Orqa  miyaning  ikki  juft  (ikkita  oldingi,  ikkita 

orqadagi)  ildizlari  o‘rtasidagi  qismi  segment  deb  ataladi.  Orqa  miyada  31  ta:  8 

bo‘yin,  12  ta  ko‘krak,  5  ta  bel,  5  ta  dumg‘aza  va  1  ta  dum  segmentlari  tafovut 

qilinadi. 

 

Orqa miyani ko‘ndalangiga kesib ko‘rganimizda (121-rasm) u ikki xil: uning 



markazida  uchayotgan  kapalak  yoki  «H»    harfiga  o‘xshab  joylashgan  kulrang 

modda va uni o‘ragan oq moddadan iborat. 

 

Kulrang  moddani  (substantia  grisea)  o‘rtasida  orqa  miyaning  markaziy 



kanali  (canalis  centralis)    joylashgan.  U  nerv  nayining  qoldiq  bo‘shlig‘i  bo‘lib, 

ichida  orqa  miya  suyuqligi  oqadi.  Uning  yuqori  uchi  IV  qorinchaga  qo‘shilsa, 

pastki  uchi  biroz  kengayib,  oxirgi  qorinchani  (ventriculus  terminalis)    hosil 

qiladi. Markaziy kanal ependima bilan qoplangan, uning atrofida markaziy liqildoq 

modda (substantia gelatinosa centralis) joylashgan. 

 

Kulrang  modda  markaziy  kanalning  o‘ng  va  chap  tomonlarida  simmetrik 



joylashgan kulrang ustunlar (columnae griseae) hosil qiladi. Bu ustunlar markaziy 

kanalni  oldingi  va  orqa  tomonida  oldingi  va  orqa  kulrang  bitishmalar  vositasida 

birikkan.  Har  bir  kulrang  ustunda  uning  oldingi  qismi-oldingi  ustun  (columna  

anterior) va orqa qismi - orqa ustun (columna posterior) bor. C

VIII


, Th

  I-XII


, L 

I-II


 

va S


II-IV

 

 



 segmentlar sohasida yon ustunlar (columna lateralis) hosil bo‘ladi. 

            

351 


 

Orqa miyaning ko‘ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda 

shoxlar  shaklida  bo‘ladi.  Unda  keng  oldingi  shox  (cornu    anterius),  nisbatan 

ingichka  orqa  shox  (cornu    posterius)  va  yon  shox  (cornu  lateralis)    tafovut 

qilinadi.  Oldingi  shoxda  yirik  harakatlantiruvchi  hujayralar  joylashgan.  Oldingi 

shoxda  joylashgan  hujayralar  quyidagi  o‘zaklarni:  oldingi  yon  o‘zak  (nucleus 



anterolateralis),  oldingi o‘zak (nucleus anterior), oldingi medial o‘zak (nucleus 

anteriomedialis), orqadagi yon o‘zak (nucleus posterolateralis), orqadagi medial 

o‘zak  (nucleus  posteromedialis),  markaziy  o‘zak  (nucleus  centrlis)    hamda 

qoshimcha  va  diafragma  nervi  o‘zaklarni  hosil  qiladi.  Orqa  shoxda  mayda 

hujayralar    to‘plangan  bo‘lib,  ularda  orqa  ildiz  tarkibida  yo‘naluvchi  orqa  miya 

tuguni  sohta  unipolyar  hujayralarining  markaziy  o‘simtalari  tugaydi.  Orqa  shox 

hujayralari  oraliq  neyronni  hosil  qiladi.  Orqa  shox  hujayralarining  asosiy  qismini 

uning xususiy o‘zagi (nucleus proprius) hujayralari hosil qiladi. Bundan tashqari 

orqa  shoxda  chekadagi  o‘zak  (nucleus  marginalis),  dirildoq  o‘zak  (nucleus 



gelatinosa) va boshqa o‘zaklar bor. Yon shoxda oraliqdagi lateral o‘zak (nucleus 

intermediolateralis),  oraliqdagi  medial  o‘zak  (nucleus  intermediomedialis)    va 

orqa  ko‘krak  o‘zagi  (nucleus  thoracicus  posterior)    va  boshqa  o‘zaklar 

joylashgan. 

 

Orqa miyaning oq moddasi (substantia alba) egatlar bilan uchta tizimchaga 



ajralgan. Oldingi tizimcha  (funiculus  anterior) oldingi o‘rta yorig‘ bilan oldingi 

yon  egat  o‘rtasida  joylashgan.  Oq  moddada  oldingi  o‘rta  yorig‘ni  orqa  tomonida 

oldingi  oq  bitishma  (commissura  alba)  joylashgan.  U  o‘ng  va  chap  oldingi 

tizimchalarni biriktirib turadi.  

     Orqa  tizimcha  (funiculus    posterior)  orqa  o‘rta  egat  bilan  orqa  yon  egatlar 

o‘rtasida joylashgan. Orqa tizimcha bo‘yin va yuqori ko‘krak segmentlari sohasida 

oraliq  egat  (sulcus  intermedialis  posterior)  bilan  ikki:  nozik  dasta  (faciculus 

gracilis) va ponasimon dastaga (faciculus cuneatus) bo‘linadi. 

 

Yon  tizimcha  (funiculus  lateralis)  esa  oldingi  va  orqa  yon  egatlar 



o‘rtasidagi  oq  moddadan  iborat.  Orqa  miyaning  oq  moddasi  nerv  hujayralari 

o‘simtalaridan iborat bo‘lib, ular orqa miya o‘tkazuv yo‘llarini hosil qiladi. Oldingi 

tizimchada  asosan pastga  yo‘naluvchi: oldingi  po‘stloq-orqa  miya  yo‘li,  retikulo-

orqa  miya  yo‘li,  oldingi  orqa  miya-talamus  yo‘li,  qopqoq-orqa  miya  yo‘li    va 

dahliz-orqa miya yo‘li o‘tadi. Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi va yuqoriga 

ko‘tariluvchi: orqa miya bilan miyacha  o‘rtasidagi oldingi va orqa yo‘llar, lateral 

po‘stloq-orqa miya yo‘li, qizil o‘zak-orqa miya yo‘li  o‘tadi. Orqa tizimchada orqa 

miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi propriotseptiv  sezgi yo‘li yo‘nalgan bo‘lib, 

bo‘yin segmentlari sohasida nozik va ponasimon dastalarga bo‘linadi.  

 

Orqa miyaning taraqqiyoti 

      Orqa  miya  nerv nayining orqa qismidan taraqqiy  etadi. Dastlabki davrda nerv 

nayini devori bir xil qalinlikka ega bo‘ladi. Keyinchalik uni yon qismlari tez o‘sib 

kengaya  boshlaydi.  Oldingi  va  orqa  devorlari  o‘sishdan  qolib,  asta-sekin  tez 

o‘sayotgan yon devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning 

oldingi va orqa o‘rta egatlari paydo bo‘ladi. 


            

352 


      Nerv  nayi  bo‘shlig‘ining  ich  tomoni  yon  devorida  uncha  chuqur  bo‘lmagan 

bo‘ylama chegaralovchi egatlar paydo bo‘lib, nerv nayining yon qismlarini oldingi 

asosiy  va  orqa  qanotsimon  plastinkalarga  ajratadi.  Asosiy  plastinkadan  kulrang 

moddaning  oldingi  ustuni  va  uni  o‘ragan  oq  modda  yoki  harakatlantiruvchi 

neyronlarining  o‘simtalari  rivojlanadi.        Qanotsimon  plastinkadan  esa  kulrang 

moddaning  orqa  ustuni  oraliq  neyronlar  tanasi  va  ularni  o‘ragan  oq  modda  yoki 

orqa tizimcha, sezuvchi neyronlarning o‘simtalari rivojlanadi. 

     Nerv  nayi  bilan  ektoderma  o‘rtasida  joylashgan  medulyar  taroqchadan  nerv 

nayining  birikish  davrida  ganglioz  plastinka  hosil  bo‘ladi.  Bu  plastinka  ikki 

simmetrik  ganglioz  bolishga  bo‘linib,  nerv  nayini  yon  tomoniga  suriladi. 

Keyinchalik undan orqa miya tuguni va bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari 

hosil  bo‘ladi.  Ganglioz  bolish  hujayralari  shuningdek  vegetativ  nerv  tizimi 

periferik qismini hosil qiluvchi kurtak hamdir. 

     Orqa  miya  tugunida  joylashgan  neyroblastlar  bipolyar  hujayralar  shaklida 

bo‘ladi.  Ularning  markaziy  tolalari  orqa  miyaga  kiradi  va  sezuvchi  orqa  ildizni 

hosil  qiladi.  Pereferik  o‘simtalari  tashqariga  yo‘naladi  va  har  xil  turdagi 

retseptorlarni hosil  qiladi. 

    Homila  hayotining  boshlang‘ich  davrlarida  nerv  nayi  tananing  bor  bo‘yiga 

cho‘zilgan,  keyinchalik  uning  kaudal  qismi  reduktsiyaga  uchraganidan  so‘ng 

bo‘lajak  orqa  miyani  pastki  qismi  asta-sekin  torayadi  va  oxirgi  ipni  hosil  qiladi. 

Homila  taraqqiyotining  boshlang‘ich  davrida  orqa  miya  umurtqa  kanalining  bor 

bo‘yiga  joylashgan  bo‘ladi.      Uchinchi  oydan  boshlab  orqa  miyaning  o‘sishi 

umurtqa  kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada orqa miya I dumg‘aza 

yoki  V  bel  umurtqasi  sohasida  bo‘lsa,  7  oylikda    III-IV  bel  umurtqasiga  yetadi.  

Yangi  tug‘ilgan  bolada    II-  yoki  III-  bel  umurtqasi  pastki  qirrasida  bo‘lsa,  bir 

yoshda    I-II  bel  umurtqalari  sohasiga  yetadi  va  keyinchalik  bu  chegara 

o‘zgarmaydi.  Umurtqa  pog‘onasi  va  orqa  miyaning  uzunligi  bir-biriga  mos 

kelmasligi  natijasida  nervlar  yo‘nalishi  o‘zgaradi  va  bel,  dumg‘aza    nervlaridan 

otning dumi hosil bo‘ladi.  Bo‘yin va bel kengaymalari bola hayotining  birinchi  

yilida ancha tez takomillashadi. 

Yangi tug‘ilgan bolada orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bo‘lib, 10 yoshda 

ikki  barobar  uzayadi.  U  eniga  sekin  o‘sib,  12  yoshda  2  marta  kattalashadi  va 

keyingi  davrlarda  o‘zgarmaydi.  Yangi  tug‘ilgan  bola  orqa  miyasi  og‘irligi  5,5  g 

bo‘lib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo‘ladi. Orqa miyaning 

markaziy  kanali  kattalarga  nisbatan  kengroq.  Bola  hayotining  birinchi  ikki  yilida 

kulrang va oq moddalar massasi ko‘payishi bilan birga markaziy kanal torayadi. 

 

 

 



 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling