Umumiy ma’lumotlar


digitalis  plantares  proprius)


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana10.05.2020
Hajmi0.66 Mb.
#104632
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Odam anatomiyasiA. G.AXMEDOV 4


digitalis  plantares  proprius) va uchta umumiy  barmoq nervlarini  (n. digitales 

plantares communis) beradi. Umumiy barmoq  nervlari barmoq  falangalari asosi 

141-rаsm. Boldir nervlari 

1-n.ischiadicus; 2-n.tibialis;

 

3-n.peroneus communis; 4.n.cutaneus surae 



medialis; 5-n. cutaneus surae lateralis; 6-n.suralis. 

 

140-rаsm.   Dumba sohasi nervlari    

1-n.gluteus superior; 2-n.ischiadicus; 3-n.clunium inferior;

 

4-n.cutaneus 



femoris posterior; 5-n.gluteus inferior. 

            

399 


sohasida    ikkitadan  xususiy  kaft  nervlariga  (n.  digitales  plantares  proprii) 

bo‘linib I-IV barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzalari terisini innervatsiya qiladi.

 

 

 



 

 

Medial  oyoq  kafti    nervi  bundan  tashqari    oyoq  kafti  mushaklaridan  bosh 



barmoqni  uzoqlashtiruvchi    va  bukuvchi  kalta  mushak,  barmoqlarni  bukuvchi 

kalta, birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiya qiladi.     

Lateral  oyoq  kafti  nervi  (n.  plantaris  lateralis)    lateral  oyoq  kafti  egatida  

o‘z nomidagi arteriya bilan  yotadi va IV kaft suyagi oralig‘ining proksimal uchida 

u chuqur va yuza shoxga  bo‘linadi. Yuza shox   (r. superficialis) V barmoq kaft 

tomoni tashqi  yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi  n. digitales plantares proprii  

va  umumiy  barmoq  nervi  n.digitalis  plantaris  communis  ga  bo‘linadi.    U  esa  

oyoq  kaftini  IV-V  barmoqlari  terisini  bir-biriga  qaragan  yuzasini  innervatsiya 

qiluvchi (n. digitales plantares proprii) ga bo‘linadi. Chuqur shox (r. profundus) 

suyaklararo  mushaklarni,  3  va  4  chuvalchangsimon  mushakni,  bosh  barmoqni 

yaqinlashtiruvchi    mushakni,  bosh  barmoqni  bukuvchi  kalta  mushakning  lateral 

boshini,  oyoq  kaftining  kvadrat    mushagi  va  kichik  barmoqni  uzoqlashtiruvchi 

mushakni innervatsiya qiladi. 

 

Umumiy  kichik  boldir  nervi  (n.  peroneus  communis)  o‘tirg‘ich  nervidan 



ajragandan  keyin,    lateral    tomonga  yo‘nalib,    kichik  boldir  suyagi    boshchasini 

aylanib o‘tadi. U uzun kichik boldir mushagi  ichida yuza va chuqur  kichik boldir 

nerviga  bo‘linadi.  Bo‘linishdan  oldin  taqim  osti  chuqurchasida  umumiy  kichik 

boldir nervidan boldirning  lateral tomoni terisini innervatsiya  qiluvchi boldirning 

lateral teri nervi  (n. cutaneus  surae lateralis) chiqadi. Bundan tashqari umumiy 

kichik   boldir nervi  sonda   sonning ikki boshli    mushagini kalta  boshini  va   tizza 

bo‘g‘imi  xaltasini innervatsiya qiladi.  

Yuza  kichik  boldir  nervi  (n.  peroneus  superficialis)  pastga  yo‘nalib 

mushak-kichik  boldir  kanalida    yotadi.  Kanaldan  o‘tayotganida  u  uzun  va  kalta  

kichik boldir mushaklariga  shox beradi. Boldirning pastki qismida nerv kanaldan 

chiqib fassiyani teshib o‘tadi va ikki shoxga bo‘linadi. Birinchi shoxi n. cutaneus 

dorsalis    medialis  oyoq  panjasi    va  bosh  barmoqning  ichki  chekkasi  terisini, 

hamda II-III barmoqlarning  bir-biriga qaragan yuzalari  terisini innervatsiya qiladi. 

Ikkinchi  shoxi  -  n.  cutaneus  dorsalis  intermedius  oyoq  kaftining  ustki  lateral 

yuzasi  bo‘ylab  tushadi  va  n.digitalis  dorsalis  pedis  larga  bo‘linib,  III,  IV  va  V 

barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzasi terisini  innervatsiya qiladi. 

 

Chuqur kichik boldir nervi (n. peroneus profundus) suyaklararo pardaning 



oldingi yuzasi bo‘ylab oldingi katta boldir arteriyasi  bilan birga oyoq kafti ustiga 

chiqadi.    Birinchi  kaft  oralig‘ining  distal  uchida  ikki  (nn.digitalis  dorsalis)  ga 

bo‘linib I va II barmoqlarning bir-biriga qaragan yuzasi terisini innervatsiya qiladi.  

Chuqur  kichik boldir nervining mushak shoxlari  oldingi katta boldir, barmoqlarni 

yozuvchi    uzun,  bosh  barmoqni    yozuvchi  uzun,  barmoqlarni  yozuvchi    kalta  va 

bosh barmoqni yozuvchi  kalta mushaklarni, hamda boldir-tovon bo‘g‘imi xaltasini 

innervatsiya qiladi. 

 

Oyoq  terisini  innervatsiya  qilishda  bel  va  dumg‘aza  chigalining  shoxlari 



ishtirok etadi. Dumba sohasi terisini bel va dumg‘aza orqa miya nervlarining orqa 

            

400 


shoxlarining    lateral  teri  tarmoqlari  bo‘lgan  ustki  va  o‘rta  dumba  nervlari  (nn. 

clunium superiores et medii) innervatsiya qiladi.   

Son sohasi terisini tanosil-son, yopqich, son, sonning orqa teri nervi shoxlari 

innervatsiya qiladi. 

Boldir  terisini  son,  katta  boldir,  umumiy  kichik  boldir  nervi  shoxlari 

innervatsiya qiladi. 

Oyoq panjasining ust tomonini  yuza va chuqur kichik boldir nervi shoxlari, 

oyoq kafti terisini esa medial va lateral kaft nervlari shoxlari innervatsiya qiladi.    

 

Pereferik nervlarning tarqalish qonuniyatlari  



1.Nervlar  markaziy  nerv  tizimi  joylashgan  o‘rta  chiziqdan  yon  tomonga 

qarab tarqaladi. 

2.Tananing  tuzilishi  ikki  tomonlama  simmetriyaga  asoslangani  uchun 

nervlar juft bo‘lib simmetrik yo‘naladi. 

3.Tananing  metamer  tuzilishiga  mos  ravishda  nervlar  segmentar  tuzilishni 

saqlaydi. 

4.Nervlar  miyadan  chiqqan  joydan  a’zogacha  qisqa  yo‘l  bilan  boradi.  Agar 

a’zo  o‘zining  hosil  bo‘lgan  joydan  surilsa,  nerv  ham  uning  ketidan  yo‘naladi  (n. 

phrenicus). 

5.Mushaklar  nervl  orqa  miyaning  shu  miotomlariga    mos  segmentlardan 

chiqadi. 

6.Agar  mushak  bir  nechta  miotomdan  hosil  bo‘lsa,  bir  nechta  nerv  bilan 

innervatsiya  qilinadi  (qorinning  keng  mushaklarini  qovurg‘alararo  nervlar  va  bel 

chigali shoxlari innervatsiya qiladi). 

7.Yuza  (teri)  nervlar  teri  osti  venalari  bilan,    chuqur  nervlar  esa  arteriya, 

vena va limfa tomirlari bilan tomirli-nervli dastalar hosil qiladi. 

8.Tomirli-nervli dastalar tarkibidagi nervlar bukiluvchi yuzalarda yotadi.  

 

 



 

 

 



Bosh miya nervlari 

   


 Bosh  miya  nervlari  (nn  craniales)  bosh  miya  asosidan  chiquvchi  12  juft 

nervdan iborat. Ular quyidagilar: 

I juft - hidlov nervi - nervus olfactorius  

II juft - ko‘ruv nervi  – nervus opticus 

III juft - ko‘zni harakatlantiruvchi nerv - nervus oculomatorius 

IV juft - g‘altak nervi - nervus trochlearis 

V juft  -uch shoxlik nerv - nervus trigeminus 

VI juft - uzoqlashtiruvchi nerv - nervus abducens 

VII juft - yuz nervi - nervus facialis 

VIII juft - dahliz-chig‘anoq nervi - nervus vestibulo-cochlearis 

IX juft - til-yutqin nervi - nervus glossopharyngeus 

X juft - adashgan nerv - nervus vagus 

XI juft - qo‘shimcha nerv - nervus accessories 

XII juft - til osti nervi - nervus hypoglossus 



            

401 


  

Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan farq qiladi. Bu 

farq  bosh  miya  hamda  kallaning  taraqqiyotini  tana  va  orqa  miya  taraqqiyotidan 

boshqacha  bo‘lishiga bog‘liq. 

12 juft bosh miya nervlarini bir nechta guruhga bo‘linadi: 

I guruhga uchta sezuvchi nervlar: I juft  - hidlov nervi, II juft -ko‘ruv nervi,  

VIII juft - dahliz-chig‘anoq nervi kiradi. 

  

II 



guruhga 

beshta 


harakatlantiruvchi 

nervlar: 

III 

juft-ko‘zni 



harakatlantiruvchi  nerv,  IV  juft-g‘altak  nervi,    VI  juft-uzoqlashtiruvchi  nerv,  XI 

juft-qo‘shimcha nerv, XII juft-til osti nervi kiradi.  

III guruhga to‘rtta aralash nervlar:  V juft - uch shoxlik nerv,  VII juft - yuz 

nervi,  IX  juft  -  til  yutqin  va  X  juft  -  adashgan    nerv  kiradi.  Oxirgi  guruh  nervlar 

tarkibida  sezuvchi,  harakatlantiruvchi  va  vegetativ  tolalar  bo‘ladi,  ammo 

nervlarning  bunday  bo‘linishi  shartli  ravishda,  chunki  har  qanday 

harakatlantiruvchi nerv tarkibida  chuqur sezgi va vegetativ tolalar bo‘ladi. 

Bosh  miya  nervlari  orqa  miya  nervlariga  o‘xshab  orqa  va  oldingi  ildizlar 

yig‘indisidan  iborat  bo‘lmay,  faqat  oldingi  yoki  orqa  ildizlardan  hosil  bo‘lgani 

uchun harakatlantiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo‘ladi. Bundan tashqari bosh miya 

nervlarining hech qaysisi boshqa biroviga o‘xshamaydi. 

       12 juft bosh miya nervlari taraqqiyotiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi: 

      I.  oldingi  miyadan  taraqqiy  etuvchi  I  va  II  juft  nervlar.  Ular  bosh  miya 

o‘simtalari bo‘lib, hidlov nervi hidlov miyasidan, ko‘ruv nervi esa oraliq miyadan 

taraqqiy etadi. 

      II.bosh miotomlari bilan aloqada taraqqiy etuvchi (III, IV, VI juft) nervlar. Bu 

nervlar boshning oldingi uchta somitidan taraqqiy etgan ko‘z olmasi mushaklarini 

innervatsiya qiladi. 

      III.visseral ravoq nervlari (V, VII, IX, X juft). Bu nervlarning tugunlari bo‘lib 

ularda sohta unipolyar hujayralar joylashgan. Ularning taraqqiyoti ortqi miya bilan 

bog‘liq.  Ularning  tarkibida  sezuvchi  tolalardan  tashqari  harakatlantiruvchi  tolalar 

ham bo‘lib, visseral apparat mushaklarini innervatsiya qiladi. Shuning uchun ularni 

visseral ravoqlar nervlari deyiladi. 

V  juft  I  visseral  ravoq  nervi.  VII  juft  II  visseral  ravoq  nervi.  IX  juft  III  vasseral 

ravoq  nervi.  X  juft  IV  va  keyingi  ravoqlar  nervi.  XI  juft  qo‘shimcha  nerv  o‘z 

taraqqiyotida  X juft nervdan ajrab chiqqani uchun shu guruhga kiritiladi.  VIII juft 

nerv taraqqiyoti davrida  VII nervdan ajrab chiqqan sezuvchi nerv hisoblanadi.       

 

IV.  3-4 ta orqa miya nervlarining qo’shilishidan  hosil bo‘ladigan  XII juft  



til osti nervi. 

 

 



 

 

Hidlov nervi  

 

I  juft,  hidlov  nervi  (nn.  olfactorius)  burun  bo‘shlig‘i  hidlov  sohasining  



shilliq pardasida joylashgan hidlov hujayralarining markaziy o‘simtalaridan iborat. 

Ular 15-20 ta ingichka hidlov nervlarini hosil qilib, g‘alvirsimon suyakning ilma-

teshik plastinkasidan o‘tib hidlov piyozchasida (bulbus olfactorii) tugaydi. 

 

 



 

 

 



Ko‘ruv nervi 

 

 



            

402 


 

II juft, ko‘ruv nervi (n. opticus) to‘r pardaning ko‘r dog‘ sohasida ganglioz 

hujayralarning aksonlari to‘plamidan hosil bo‘ladi. Nerv tomirli va oqliq  pardani 

teshib o‘tib (koz qismi), ko‘z  kosasidan   (koz kosasi qismi) ko‘ruv nervi  kanali 

orqali (kanal ichi qismi) kalla bo‘shlig‘iga (kalla ichi qismi) chiqadi. Miya tubida 

ikki tomondan kelayotgan nervlar bir-biriga  yaqinlashib, o‘zaro to‘liq bo‘lmagan  

kesishma (chiasma opticum) hosil qilib ko‘ruv traktiga o‘tib ketadi. 

 

 



 

 

Ko‘zni harakatlantiruvchi 



nerv   

 

 

 

III  juft,  ko‘zni  harakatlantiruvchi  nerv  (n.  oculomotorius)  (142-rasm) 



tarkibida  harakatlantiruvchi  va  vegetativ  tolalari  bor.  Ular  o‘rta  miyaning  to‘rt 

tepaligini  yuqori  tepachalari  sohasida,  Silviy  suv  yo‘li  tubida  joylashgan 

harakatlantiruvchi  (nucleus  nervi  oculomatorii)  va  qo‘shimcha  vegetativ 

(Yakubovich)  (nucleus  oculomatorius  accesorius)  o‘zaklaridan  boshlanadi.  Juft 

yirik  hujayrali  somatik  o‘zak  ko‘z  olmasi    mushaklarini  innervatsiya  qiladi.  Juft 

mayda  hujayrali  vegetativ  o‘zak  ko‘z  qorachig‘ini  toraytiruvchi  mushakni 

innervatsiya  qiladi.  Toq  mayda  hujayrali  (Perlia)  vegetativ    o‘zak  kiprikli 

mushakni 

innervatsiya 

qiladi. 


Ko‘zni 

harakatlantiruvchi 

nerv 

miya 


oyoqqchalarining  medial yuzasidan chiqadi. U oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasining 

yuqorigi tirqishi orqali ko‘z kosasiga  kiradi va ikki shoxga bo‘linadi. Ustki shox 



(r.  superior)  sof  harakatlantiruvchi  bo‘lib,    ustki  qovoqni  ko‘taruvchi  mushak 

(m.levator palpebrae superior) va ko‘zning yuqorigi to‘g‘ri mushagini (m.rectus 

superior) innervatsiya qiladi. 

Pastki shox (r. inferior)  aralash. Uning harakat tolalari ko‘zining  pastki va 

medial to‘g‘ri mushaklarni (mm.rectus inferior et medialis), 

hamda pastki qiyshiq mushakni (m.obliquus inferior) innervatsiya qiladi. Vegetativ 

tolalari pastki shox tarkibidan chiqib,  kiprikli tugunga boradi. 

 

 



 

 

 



 

G‘altak nervi 

 

IV  juft,  g‘altak  nervi  (n.  trochlearis)  (143-rasm)  harakatlantiruvchi  nerv. 



Uning  bitta harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus n.trochlearis) o‘rta miya tomi ostida  

pastki  tepachalar    sohasida  joylashgan.  Nerv  miya  asosidan  yuqorigi  miya 

yelkanining  lateral  tomonidan  chiqadi  va  miya  oyoqchasini  tashqi  tomonidan 

aylanib o‘tib oldinga yo‘naladi. Nerv kalla  bo‘shlig‘idan ko‘z kosasining yuqorigi 

tirqishi  orqali  ko‘z    kosasiga  kiradi  va  ko‘zning  ustki  qiyshiq  mushagini 

(m.obliquus superior) innervatsiya  qiladi. 

 

142-rasm. Ko‘zni harakatlantiruvchi nerv. 

1-nucleus n. oculomotorii; 2-nucleus accessories; 3-n.oculomotorius; 4-sinus 

cavernosus; 5-fissura orbitalis superior; 6-r.superior; 7-r.inferior; 8-

parasimpatik qismi  9-ganglion ciliare.

 

143-rasm. G’ltak nervi. 

1-nucleus n. trochlearis; 2-n.trochlearis; 3-sinus cavernosus; 4-fissura 

orbitalis superior



            

403 


 

 

 



 

 

Uch shoxli nerv 

 

V    juft,  uch  shoxli  nerv  (n.  trigeminus)  aralash  nerv.  Uning  



harakatlantiruvchi tolalari ko‘prikda joylashgan  (nucleus motorius n. trigemeni) 

o‘zakdan boshlanadi.  Sezuvchi    tolalari  uch  shoxli  nervning    tugunida  (ganglion 



trigeminale)    joylashgan    sohta  unipolyar  hujayralarning  markaziy  o‘simtalari 

bo‘lib, ular ko‘prik (nucleus pontinis nervi trigemeni), orqa miya yo‘li (nucleus 



spinalia  nervi  trigemeni)  va  o‘rta  miya  yo‘li  (nucleus  mesencephalicus  nervi 

trigemeni)  o‘zaklarida  tugaydi.  Bu  hujayralarning    periferik  o’simtalari  yuz, 

peshona,  chakka  sohasi  terisi,  burun  bo‘shlig‘i,  tilning  oldingi  2/3  qismi,  tishlar, 

ko‘zning    kon‘yunktivasi  shilliq  pardasida  tugaydi.  Uch  shoxlik  nerv  miya 

asosidan  ikki  ildiz  (sezuvchi  va  harakatlantiruvchi)  hosil  qilib  ko‘prik  bilan 

miyachaning  o‘rta  oyoqchasi  orasidan  chiqadi.  Uning  sezuvchi  ildizi  (radix 

sensoria)  harakatlantiruvchi  ildiziga  (radix  motoria)  nisbatan  qalin.  Uch  shoxli  

nerv  oldinga  va  biroz  tashqariga    yo‘nalib,  chakka  suyagi  piramidasini  oldingi 

yuzasidagi  uch  shoxlik  nerv  botiqligida  joylashgan    uch  shoxli  nerv  bo‘shlig‘i 

(cavum  trigeminale)  ichiga  kiradi.  Uning  ichida  uch  shoxli  nerv  tugunini 

(ganglion  trigeminale)  (Gasser  tuguni)  hosil  qiladi.  Bu  tugun  yarimoysimon 

shaklda  bo‘lgani  uchun  yarimoysimon  tugun  (ganglion  semilunare)  deb  ham 

ataladi.  Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan  

o‘tib, nervning III shoxi  tarkibiga  kiradi.  Tugundan  uch  shoxli  nervning   uchta   

shoxi: 1)ko‘z nervi;  2) ustki jag‘ nervi;  3) pastki jag‘ nervi chiqadi. 

 

Ko‘z  nervi  (n.  ophtalmicus)  tugundan  boshlanib,  ko‘z  kosasining  yuqori 



tirqishi  orqali  ko‘z  kosasiga  kiradi.  Ko‘z  kosasiga  kirgunicha  undan  miya  qattiq 

pardasiga  (r.  meningeus)  chiqib  miyacha    chodiriga  tarqaladi.  Ko‘z  nervi  ko‘z 

kosasida peshona, ko‘z  yoshi  va  burun- kiprikli  nervlarga bo‘linadi:   

1. Ko‘z  yoshi  nervi (n. lacrimalis) ko‘z kosasining lateral devori bo‘ylab 

yo‘naladi. Uning shoxlari   ko‘z yoshi bezini, ko‘zning lateral burchagi, yuqorigi 

qovoq  terisini  va  kon‘yunktivasini  innervatsiya  qiladi.    Nerv  ko‘z  yoshi  beziga 

kirishdan  oldin  yonoq  nervidan  qo‘shuvchi  tola  (r.communicans  cum.  n. 

zygomatico) oladi.  

2. Peshona nervi (n. frontalis) ko‘z  kosasining ustki devori ostida yotib ikki 

shoxga bo‘linadi:  a) Ko‘z kosasining ustki nervi (n. supraorbitalis)  o‘z nomidagi 

o‘yma  orqali  chiqib    medial  (r.medialis)  va  lateral  (r.lateralis)  shoxlarga 

bo‘linadi.  Bu  nerv  peshona    terisini        innervatsiya        qiladi.    b)    G‘altak    usti     

nervi  (n.  supratrochlearis)  ko‘z  olmasining  ustki  qiyshiq  mushagi  ustidan  o‘tib, 

burun ildizi, peshonani pastki qismi, ustki qovoq, ko‘zning medial burchagi terisini 

va kon‘yunktivani innervatsiya qiladi.   

3.  Burun-kiprikli  nerv  (n.nasociliaris)  ko‘zning  medial    to‘g‘ri  va  ustki 

qiyshiq mushaklari o‘rtasidan yo‘nalib quyidagi shoxlarga   bo‘linadi:  a)  oldingi 

g‘alvirsimon  nervlar    (nn.  ethmoidales  anterior)  burun  bo‘shlig‘i  va  peshona 

suyagi bo‘shligi shilliq pardasiga. b) burun shoxlar  (rr. nasalis) burun bo‘shlig‘i 

oldingi  qismi shilliq pardasiga.  

d) 2-4 ta uzun kipriksimon nervlar (nn. ciliares longi) oldinga tomon yo‘nalib ko‘z 

olmasining  oqliq  va  tomirli  pardasiga  boradi.  e)  g‘altak  osti  nervi    (n. 


            

404 


infratrochlearis) ustki qiyshiq mushak ostidan o‘tib ko‘zni ichki  burchagi pastki 

qovoq va burun ildizi terisini innervatsiya  qiladi. f) orqa g‘alvirsimon nervlar (nn. 



ethmoidales  posterior)  g‘alvirsimon  katakchalar  va  ponasimon  suyak    bo‘shlig‘i 

shilliq  qavatini  innervatiya  qiladi.  Uning  shoxi  r.meningeus  anterior  bosh  miya 

qattiq  pardasini  innervatiya  qiladi.  g)  qo‘shuvchi  shox  (r.  communicans  cum 

ganglion ciliare) sezuvchi tolalardan iborat bo‘lib, kiprikli tugunga boradi.  

Kiprikli  tugun  (ganglion  ciliare)  parasimpatik  nerv  tizimi  tarkibiga  kiradi. 

Undan  chiqqan  15-20  ta  kalta  kiprikli  nervlar  (nn.cilliares  breves)  ko‘z  olmasini 

sezuvchi va vegetativ innervatsiya qiladi.  

 

Yuqori  jag‘  nervi  (n.  maxillaris)  uch    shoxli  tugundan  boshlanib,  oldinga 



qarab  yo‘naladi  va  yumaloq  teshik  orqali  qanot-tanglay  chuqurchasiga  chiqadi. 

Teshikka kirishdan oldin undan o‘rta  kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning 

qattiq pardasini innervatsiya qiluvchi r. meningeus medius chiqadi. Qanot-tanglay 

chuqurchasida ustki jag‘ nervidan quyidagi  shoxlar chiqadi:   

1.Ko‘z  kosasining  pastki  nervi  (n.  infraorbitalis)  yuqori  jag‘  nervini 

bevosita davomi. Ko‘z kosasining pastki tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi. Ko‘z 

kosasida  ko‘z  kosasi  osti    egatda  yotadi  va  ko‘z  kosasi  osti  kanali  orqali  ustki 

jag‘ning oldingi yuzasiga chiqadi. Bu yerda nerv quyidagi shoxlarni beradi. Bular 

pastki  qovoq  terisiga  yo‘naluvchi  pastki  qovoq  shoxlari  (rr.palpebrales 

inferiores), tashqi burun terisiga tarqaluvchi  burun shoxlari  (rr.nasales externi), 

yuqori  lab  shoxlari  (rr.labiales  superiores).  Bundan  tashqari  ko‘z  kosasi  egatida  

va kanalida undan yuqorigi oldingi, o‘rta va orqa alveolyar shoxlar (rr.alveolares 

superiores  anteriores,  medius  et  posteriores)  chiqib,  yuqori  jag‘  ichida  yuqori 

jag‘  chigalini  hosil qiladi.  Uning  yuqori  tishlar shoxlari  (rr.dentales superiores) 

yuqori jag‘ tishlarini innervatsia qilsa, yuqori milk shoxlari (rr. gingivales) milkni 

innervatsia  qiladi.  Ko‘z  kosasining  pastki  nervining    burun  ichi  shoxlari 



(rr.nasales  interni)  burub  bo‘shlig‘i  oldingi  qismi  shilliq  pardasini  innervatsia 

qiladi. 


 2.Yonoq  nervi  (n.  zygomaticus)  yuqori  jag‘  nervidan  qanot  tanglay 

chuqurchasida  boshlanib,  ko‘z    kosasining  pastki  tirqishi  orqali  ko‘z  kosasiga  

kiradi.  Bu  yerda  ko‘z  yoshi    nerviga  qo‘shiluvchi    parasimpatik  tolani  beradi. 

Keyin nerv yonoq suyagining yonoq-ko‘z kosasi teshigiga kirib, suyak ichida ikki 

shoxga  bo‘linadi.  Yonoq-chakka  shoxi  (r.  zygomaticotemporalis)  o‘z  nomidagi 

teshik orqali chiqib chakka sohasi va ko‘zning tashqi burchagi  terisini innervatsiya 

qiladi. Yonoq-yuz shoxi (r. zygomaticofacialis) o‘z nomidagi teshik orqali chiqib, 

yonoq sohasi terisini innervatsiya qiladi.   

3.Tugun  shoxlari  (rr.  ganglionares)  tarkibida  sezuvchi  va  parasimpatik 

tolalar bo‘lib, qanot-tanglay tuguni va undan chiquvchi shoxlarga qo‘shiladi. 

Qanot-tanglay  tuguni  (ganglion  pterygopalatinum)  parasimpatik    nerv 

tizimi  tarkibiga  kirib,  undan  quyidagi  shoxlar  chiqadi:  a)  medial  va  lateral  ustki 

orqa  burun  shoxlari  (rr.  nasales  posteriores  superiores  mediales  et  laterales)  

ponasimon-tanglay  teshigi  orqali  kirib,  burun  bo‘shlig‘i    shilliq    pardasini  va 

bezlarini  innervatsiya  qiladi.  Uning  medial  shoxining  yirik    tarmog‘i  bo‘lgan 

burun-tanglay  nervi  (n. nasopalatinus)  keskich  kanal  orqali qattiq tanglay  shilliq 

pardasiga  tarqaladi.    b)  katta  va  kichik  tanglay  nervlari  (n.palatinus  major  et 


            

405 


minores)  shu  nomdagi  kanal  orqali  o‘tib,  yumshoq  va  qattiq  tanglay  shilliq 

pardasiga boradi. d)pastki orqa burun shoxlari (rr. nasalis posteriores inferiores) 

burun bo‘shlig‘i pastki qismlari shilliq pardasini innervatsiya qiladi.        

 

Pastki jag‘ nervi  (n. mandibularis) tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi  



tolalar  bo‘ladi.  U  kalla  bo‘shlig‘idan  cho‘zinchoq  teshik  orqali  chiqib 

harakatlantiruvchi  va  sezuvchi    shoxlarga  bo‘linadi.  Uning  harakatlantiruvchi 

shoxlari quyidagilar: 

1.Chaynov  nervi  (n.  massetericus)  o‘z  nomidagi  mushakni  innervatsiya 

qiladi. 

2.Chuqur  chakka  nervlari  (nn.temporalis  profundi)  chakka  mushagini 

innervatsiya qiladi. 

3.Lateral  va  medial  qanotsimon  nervlar  (nn.  pterygoidei  lateralis  et 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling