Umumiy ma’lumotlar
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam anatomiyasiA. G.AXMEDOV 4
antebrachii lateralis) nomi bilan bilakning lateral yuzasi terisini bosh barmoq asosidagi tepalik sohasigacha innervatsiya qiladi. 2.Oraliq nerv (n. medianus) lateral va medial dastalardan chiquvchi ikki ildizning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Yelkada oraliq nerv shox bermay, yelka arteriyasi bilan birgalikda tirsak chuqurchasiga tushadi Tirsak chuqurchasida nerv yelka ikki boshli mushagi aponevrozi ostidan o‘tib tirsak bo‘g‘imiga shox beradi. Bilakda nerv yuza va chuqur barmoqlarni bukuvchi mushak o‘rtasidan bilak-kaft
393
oldi bo‘g‘imi sohasiga keladi. Bilakda oraliq nervning yiruk shoxi bo‘lgan oldingi suyaklararo nerv (n. interosseus anterior) va mushak shoxlari (rr.muscularis) bilakning oldingi guruh mushaklaridan m.pronator teres, m. flexor digitorum
bukuvchi mushak paylari bilan birga o‘tib, kaft aponevrozi ostida oxirgi shoxlarga bo‘linadi. Kaftda oraliq nerv ( 139-rasm) shoxlari bosh barmoq mushaklaridan m.
yuza boshchasini va 1-2 chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Uning oxirgi shoxlari uchta kaft tomondagi umumiy barmoq nervlari (nn. digitales
nervlariga (nn. digitales palmaris proprii) bo‘linadi. Bu nervlar I, II, III barmoqlar terisini va IV barmoqning lateral yuzasi terisini, hamda II, III barmoqlarning distal falangasi orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bundan tashqari oraliq nerv tolalari bilak-kaft oldi, kaft suyaklari o‘rtasidagi va I-IV barmoq bo‘g‘imlarini ham innervatsiya qiladi. Yelka chigalining medial dastasidan tirsak nervi, yelkaning medial teri nervi va bilakning medial teri nervi boshlanadi: 1.Tirsak nervi (n. ulnaris) medial dastadan boshlanib yelkada shox bermaydi. U dastlab oraliq nerv va yelka arteriyasi bilan birga yotadi. Yelkaning o‘rta qismida medial tomonga yo‘nalib, yelka suyagining ichki o‘simtasiga yetib boradi va uning orqasidagi tirsak nervi egatida yotadi. Bilakda nerv o‘z nomidagi arteriya bilan birga tirsak egatida yo‘naladi. Uning pastki uchdan birida tirsak nervidan orqa shox (r. dorsalis n. ulnaris) chiqqandan so‘ng kaftga tomon yo‘naladi. Nervning mushak shoxlari (rr. muscularis) bilakda m. flexor
qiladi. Nerv shuningdek tirsak bo‘g‘imiga shoxlar beradi. Tirsak nervining orqa shoxi kaftning orqa yuzasida dastlab 3 ta, keyin 5 ta barmoq orqa nervlariga (nn.
tomoni terisini orqa yuzasini innervatsiya qiladi. Qo‘l panjasining kaft yuzasiga tirsak nervi (r. palmaris n. ulnaris) bo‘lib davom etadi. Bu shox bukuvchi pay tutqich ostidan o‘tganidan keyin yuza (r.superficialis) va chuqur (r.profundus) shoxlarga bo‘linadi. Uning yuza shoxi kaftning kalta mushagini va V hamda IV barmoqning medial yuzasi terisini r. palmaris proprius bo‘lib innervatsiya qiladi. Tirsak nervining chuqur shoxi (jimjiloqni bukuvchi kalta, jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo‘yuvchi va jimjiloqni uzoqlashtiruvchi) mushaklarni, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakni chuqur boshini, 3-4 chuvalchangsimon mushaklarni, hamda kaft bo‘g‘imlarini innervatsiya qiladi. 2.Yelkaning medial teri nervi (n. cutaneus brachii medialis) medial dastadan boshlanib, yelka arteriyasi bilan birga yo‘naladi. U 2-3 shox bo‘lib yelka fastsiyasini teshib o‘tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Qo‘ltiq osti chuqurchasi asosida uning shoxlari II qovurg‘alararo nervning teri
394
shoxlari bilan qo‘shilib qovurg‘aaro-yelka nervini (n. intercostobrachialis) hosil qiladi.
3.Bilakning medial teri nervi (n. cutaneus antebrachii medialis) medial dastadan boshlanib yelka arteriyasini yonida yotadi.
Yelkaning o‘rta qismida fassiyani teshib teri ostiga chiqib bilakka tushadi va bilakning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi bilak nervi (n. radialis) dir. Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka-mushak kanalida yelka suyagini aylanib o‘tadi. Yelkaning lateral mushaklararo to‘sig‘ini teshib o‘tganidan keyin nerv pastga tomon yo‘nalib yelka va yelka-bilak mushaklari o‘rtasida yotadi. Tirsak bo‘g‘imi sohasida u yuza va chuqur shoxlarga bo‘linadi. Yelkada bilak nervi yelkaning orqa guruh mushaklarini (yelkaning uch boshli va tirsak mushagi) va yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uni yelkaning orqa teri shoxi (n. cutaneus brachii posterior) yelkani orqa tashqi yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bilak nervining yuza shoxi (r. superficialis) bilakning oldingi yuzasiga chiqib, bilak egatida o‘z nomidagi arteriyani tashqi tomonida yotadi. Bilakning pastki uchdan bir qismida nerv yelka-bilak mushagi va bilak suyagi o‘rtasidan bilakning orqa yuzasiga o‘tadi. Bilak fassiyasini teshib o‘tgach yuza shox 5 ta barmoqning orqa nervlariga (nn. digitales dorsalis) bo‘linadi. Ular I, II va III barmoq bilak tomoni orqa yuzasi terisini proksimal falangalari sohasigacha innervatsiya qiladi. Bilak nervining chuqur shoxi (r. profundus) bilakning orqa yuzasiga o‘tib, barcha orqa guruh mushaklarni innervatsiya qiladi. Uning oxirgi shoxi bo‘lgan orqa suyaklararo nerv (n.interosseus posterior) o‘z nomidagi arteriya bilan yo‘nalib, atrofida joylashgan mushaklarni innervatsiya qiladi. Bilak nervidan yelka-mushak kanalida chiqqan bilakning orqa teri nervi (n. cutaneus antebrachii posterior) yelka fassiyasini teshib o‘tib, yelkaning pastki qismi orqa yuzasi va bilakning orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi.
Qo‘l terisini innervatsiya qilishda yelka chigalining qisqa va uzun shoxlari ishtirok etadi. Yelka sohasi terisini qo‘ltiq osti, yelkaning medial teri nervi va bilak nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Bilak sohasi terisini mushak-teri nervi, bilakning medial teri nervi va bilak nervining shoxlari innervatsiya qiladi. Qo‘l panjasining kaft yuzasini bilak suyagi tomondan 3,5 barmoq terisini oraliq nerv, tirsak suyagi tomondan 1,5 barmoq terisini tirsak nervi shoxlari innervatsiya qiladi. Qo‘l panjasining orqa yuzasini bilak suyagi tomondan 2,5 barmoq terisini bilak nervi, tirsak suyagi tomondan 2,5 barmoq terisini esa tirsak nervi innervatsiya qiladi.
139-rasm.Qo‘l kafti nervlari. 1-n.medianus; 2-n.ulnaris; 3-r.superficialis n. ulnaris 4-r.profundus n.ulnaris; 5- nn.digitales palmares communis; 6-nn.digitales palmares proprii.
395
Ko‘krak nervlarining oldingi shoxlari (qovurg‘alararo nervlar) (138-rasm) 12 juft bo‘lib, segmentar joylashgan. Ular qovurg‘alar oralig’idan tashqariga va oldingi tomonga yo‘naladi. Ustki 11 juft nervlar qovurg‘alararo nervlar (n. intercostalås) deb ataladi, chunki ular qovurg‘alar oralig‘ida tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar o‘rtasida joylashadi. O‘n ikkinchi nerv XII qovurg‘a ostida joylashgani uchun qovurg‘a osti nervi (n. subcostalis) deb ataladi. Bu nervlarning barchasi dastlab qovurg‘a egatida shu nomli arteriya va vena bilan birga joylashadi. Har bir qovurg‘alararo nervdan mushaklarga boruvchi shoxlar, hamda lateral va oldingi teri shoxlari chiqadi. Ularning mushak shoxlari (rr.musculares) ko‘krakning autoxton mushaklarini (m.intercostales externi et interni, m. transversus throracis, m. subcostalis) innervatsiya qiladi. Yuqoridagi 6 juft qovurg‘alararo nervlarning oldingi teri shoxlari (rr. cutanei anteriores) to‘sh suyagigacha yetib boradi. Pastki besh juft qovuralararo va qovurg‘a osti nervlari qovurg‘alar oralig‘idan chiqqanidan keyin qorinning ichki qiyshiq va ko‘ndalang mushaklari o‘rtasidan yo‘nalib, qorin to‘g‘ri mushagi qinini teshib o‘tadi va qorinning oldingi devori terisini innervatsiya qiladi. Ularning mushak shoxlari ko‘krakning autoxton va qorin mushaklarini (m.obliquus
Qovurg‘alararo nervlarning lateral teri shoxlari (rr.cutaneus lateralis) o‘z navbatida oldingi va orqa shoxlarga bo‘linib, ko‘krak
qafasi va qorin devorini tashqi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda IV-VI qovurg‘alararo nervlarning lateral shoxlari (rr. mammarii laterales) va II-IV nervlarning oldingi shoxlari (rr. mammarii mediales) sut bezlarini innervatsiya qilishda ham ishtirok etadi. Bel, dumg‘aza va dum nervlarining oldingi shoxlari o‘zaro birikib bel va dumg‘aza chigalini hosil qiladi.
Bel chigali (plexus lumbalis) yuqorigi uchta bel ( L I-III ), shuningdek qisman XII ko‘krak (Th XII
) va IV bel (L IV ) orqa miya nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi. Bel chigali bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining oldingi yuzasida, katta bel mushagining orqasida joylashadi. Uning shoxlari katta bel mushagining chekkalaridan yoki uni teshib chiqib, qorin devoriga, oyoqqa va tashqi tanosil a’zolarga yo‘naladi. Bel chigalidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1-nn.intercostalis; 2-rr.cutanei anteriores; 3-m.transversus abdominis; 4- n.ilioinguinalis; 5-n.iliohypogastricus; 6-n.subcostalis; 7-costa XII; 8- r.cutaneus lateralis; n. intercostalis; 9-costa I 396
1. Mushak shoxlari (rr. muscularis) ko‘p sonli bo‘lib, belning kvadrat mushagi, katta va kichik bel va belning ko‘ndalang o‘simtalararo mushaklarni innervatsiya qiladi. 2.Yonbosh-qorin osti nervi (n. iliohypogastricus) belning kvadrat mushagining oldingi yuzasidan chiqib, tashqi tomonga qovurg‘a osti nerviga paralel yo‘naladi. Qorinning ko‘ndalang mushagini teshib o‘tib, u bilan qorinning ichki qiyshiq mushagi o‘rtasida qorin to‘g‘ri mushagiga yo‘naladi. Bu nerv qorinning yon guruh va to‘gri mushagini, shuningdek oldingi teri shoxi (r. cutaneus anterior) qorinning oldingi devorini pastki qismi terisini innervatsiya qiladi. Uning lateral teri shoxi (r. cutaneus lateralis) dumbaning ustki lateral yuzasi va sonning lateral yuqori sohasi terisini innervatsiya qiladi.
3.Yonbosh-chov nervi (n. ilioinguinalis) yuqoridagi nervga paralel yo‘naladi. Bu nerv qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklari o‘rtasidan o‘tib, qorinning yon guruh mushaklarini innervatsiya qiladi va chov kanaliga kiradi. Chov kanalining tashqi teshigidan chiqqach chov va qov sohasi, erlik olati ildizi, yorg‘oq (ayollarda katta uyatli lablar) terisini innervatsiya qiladi. 4.Tanosil-son nervi (n. genito-femoralis) katta bel mushagini teshib o‘tib ikki: tanosil va son shoxlariga bo‘linadi. Tanosil shoxi (r. genitalis) chov kanaliga kirib erkaklarda moyakni ko‘taruvchi mushakni, moyakning go‘shtdor pardasini va terisini, hamda sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda bachadonning yumaloq boylamini, katta uyatli lablar terisini, shuningdek son kanali tashqi teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Son shoxi (r. femoralis) tomirli lakunadan o‘tgach, son uchburchagi sohasi terisini innervatsiya qiladi. 5.Sonning lateral teri nervi, (n. cutaneus femoris lateralis) katta bel mushagining lateral chekkasidan chiqib, yonbosh mushagining oldingi yuzasida pastga va tashqariga yo‘naladi. Chov boylamining lateral qismi ostidan songa o‘tadi va sonning lateral yuzasi terisini tizza bo‘g‘imigacha innervatsiya qiladi. 6.Yopqich nerv (n. obturatorius) katta bel mushagining medial chekkasidan pastga yo‘nalib kichik chanoq bo‘shlig‘iga tushadi. O‘z nomidagi arteriya va vena bilan birga yopqich kanal orqali o‘tib sonning yaqinlashtiruvchi mushaklari o‘rtasiga chiqadi. Yopqich nerv bu yerda ikki shoxga bo‘linadi. Oldingi shox (r. anterior) taroqsimon, qisqa va uzun yaqinlashtiruvchi mushaklarni va sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Orqa shox (r.
katta yaqinlashtiruvchi mushaklarini va chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. 7.Son nervi (n. femoralis) bel chigalining eng katta shoxi. U katta bel va yonbosh mushaklarining o‘rtasidagi egat bo‘ylab yo‘nalib, mushakli lakuna orqali son uchburchagiga chiqadi. Chov boylamidan biroz pastroqda son nervi quyidagi shoxlarga bo‘linadi: a) mushak shoxlari (rr. muscularis) tikuvchilar, taroqsimon va sonning to‘rt boshli mushaklarini innervatsiya qiladi; b) oldingi teri shoxlari (rr. cutanei anterior) 3-5 ta bo‘lib, sonning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi; d) yashirin nerv (n. saphenus) son arteriyasi bilan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning oldingi teshigi orqali chiqadi. So‘ngra tikuvchilar mushagi payi ostidan o‘tib, son suyagi ichki do‘ngsimon o‘simtasi 397
orqasidan pastga yo‘nalib sonning serbar fastsiyasini teshib o‘tadi. Tizza bo‘g‘imi sohasida tizza bo‘g‘imi ichki yuzasi, tizza qopqog‘i, boldirning yuqori qismi oldingi yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi tizza qopqog‘i osti shoxini (r.
yo‘nalib, boldirning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi shoxlarni (rr. cutanei cruris medialis) beradi. Oyoq panjasida esa yashirin nerv uning medial chekkasi terisini to bosh barmoqgacha innervatsiya qiladi.
Dumg‘aza chigali (plexus sacralis) V bel (L V ), yuqoridagi to‘rtta dumg‘aza ( S I
IV ), qisman IV bel (L IV ) orqa miya nervlarining oldingi shoxlarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Dumg’aza chigali asosi dumg‘aza suyagining chanoq teshiklariga, uchi esa katta o‘tirg‘ich teshigiga qaragan uchburchak shaklida bo‘lib, chanoq fastsiyasi bilan noksimon mushak o‘rtasida yotadi. Dumg‘aza chig‘alining shoxlari uzun va qisqa guruhlarga bo‘linadi.
Dumg‘aza chigalining qisqa shoxlariga mushaklarga boruvchi shoxlar, ustki va pastki dumba nervlari, shuningdek uyatli nerv kiradi.
1.Mushaklarga boruvchi nervlar (n. musculi obturatorius internus, n.musculi piriformus, n.musculi quadratus femoris) noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib shu nomdagi mushaklarni innervatsiya qiladi.
2.Yuqorigi dumba nervi (n. gluteus superior) chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak usti teshigidan shu nomdagi arteriya va vena bilan tashqariga chiqib, o‘rta va kichik dumba mushaklari orasida yotadi. Bu nerv o‘rta va kichik dumba, hamda sonning keng fassiyasini taranglovchi mushaklarni innervatsiya qiladi.
3.Pastki dumba nervi (n. gluteus inferior) chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak osti teshigi orqali o‘z nomidagi arteriya va vena, o‘tirg‘ich nervi, uyatli nerv va sonning orqa teri nervi bilan birga chiqadi. Nerv katta dumba mushagini va chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.
4.Uyatli nerv (n. pudendus) chanoq bo‘shlig‘idan noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib, o‘tirg‘ich o‘simtasining orqasidan aylanib o‘tib, kichik o‘tirg‘ich teshigi orqali o‘tirg‘ich-to‘g‘ri ichak chuqurchasiga kiradi. Bu chuqurchada oldinga tomon yo‘naladi va undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) pastki to‘g‘ri ichak nervlari (nn. rectales inferiores) tashqi teshikni qisuvchi mushakni va tashqi teshik sohasidagi terini innervatsiya qiladi; b) oraliq nervlari (nn.
chuqur ko‘ndalang mushaklarini, hamda oraliq terisini innervatsiya qiladi; d) orqa yorg‘oq nervlari (nn. scrotalis posteriores) erkaklarda yorg‘oqning orqa yuzasi terisini; ayollarda katta uyatli lablar nervlari (nn. labiales posteriores) katta uyatli lablar terisini innervatsiya qiladi. Uyatli nervning oxirgi shoxi olotning (klitorning) dorsal nervi (n. dorsalis penis), (clitoridis), shu nomdagi arteriya bilan siydik-tanosil to‘sig‘idan o‘tib olotning (klitorning) g‘ovak tanasi va boshini, olot terisini, ayollarda katta va kichik uyatli lablarni, oraliqning chuqur ko‘ndalang mushagi va uretrani qisuvchi mushakni innervatsiya qiladi.
398
Dumg‘aza chigalining uzun shoxlariga son terisining orqa nervi va o‘tirg‘ich nervi kiradi (140-rasm).
1.Son terisining orqa nervi (n.cutaneus femoris posterior) noksimon mushak osti teshigidan pastga yo‘naladi. Sonda nerv yarimpay va sonning ikki boshli mushagi o‘rtasidagi egatda sonning keng fassiyasi ostida yotadi. Nerv shoxlari fastsiyani teshib o‘tib sonning orqa medial yuzasi terisini taqim osti chuqurchasigacha innervatsiya qiladi. Bu nervdan katta dumba mushagining pastki chekkasidan chiquvchi nn. clunium inferiores lar dumba sohasi terisini, oraliq shoxlari (rr. perineales) oraliq terisini innervatsiya qiladi.
2.O‘tirg‘ich nervi (n. ischiadicus) odam tanasidagi eng katta nerv. Chanoq bo‘shlig‘idan nerv noksimon mushak osti teshigi orqali dumba sohasiga chiqadi va katta dumba mushagi ostida yotadi. Sonda o‘tirg‘ich nervi sonning ikki boshli mushagi bilan yarimpay mushak o‘rtasidagi egatda pastga yo‘naladi. Sonning pastki qismida (ba’zi hollarda yuqori qismida) o‘tirg‘ich nervi ikki shoxga: medial tomonda joylashgan kattaroq katta boldir nervi va lateral tomondagi ingichkaroq umumiy kichik boldir nerviga bo‘linadi. Sonda o‘tirg‘ich nervi ichki yopqich, egizak, sonning kvadrat, yarim pay, yarimparda, sonning ikki boshli mushagi uzun boshini va katta yaqinlashtiruvchi mushakning orqa qismini innervatsiya qiladi. Katta boldir nervi (n. tibialis) o‘tirg‘ich nervning bevosita davomi bo‘lib (141-rasm), taqim osti chuqurchasini o‘rtasida fassiya ostida yotadi. Taqim osti chuqurchasining pastki burchagida boldir mushagini lateral va medial boshi o‘rtasidan o‘tib, boldir-taqim osti kanalida pastga tomon yo‘naladi. Kanaldan chiqqach, medial to‘piq orqasida lateral va medial oyoq kafti nervlariga bo‘linadi. Katta boldir nervidan boldir sohasida boldirning orqa guruh mushaklariga (boldir, kambalasimon, orqa katta boldir, barmoqlarni bukuvchi uzun, bosh barmoqni bukuvchi uzun) mushak shoxlari (rr.muscularis), tizza bo‘g‘imiga va boldirning medial teri nervi chiqadi. Boldirning medial teri nervi (n. cutaneus surae medialis) boldirning orqa yuzasida kichik yashirin vena bilan birgalikda joylashib, boldirning pastki uchdan birida fassiyani teshib teri ostiga chiqadi. Bu sohada u lateral boldir nervi bilan qo‘shilib, boldir nervini (n. suralis) hosil qiladi. Boldir nervi lateral to‘piqning orqasidan o‘tib, oyoq panjasini tashqi chekkasi bo‘ylab yo‘naladi. Bu nerv oyoq panjasining tashqi chekkasi va kichik bormoqning yon tomoni terisini innervatsiya qiladi. Medial oyoq kafti nervi (n. plantaris medialis) medial oyoq kafti egatida o‘z nomidagi arteriya bilan yo‘nalib, kaft suyagi asosida oyoq panjasini ichki chekkasiga va bosh barmoq terisiga birinchi xususiy oyoq kafti nervini (n.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling