Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish


Hujayra kulturalarida viruslarni indikatsiya va identifikatsiya qilish usullari


Download 33.98 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1581824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodira virusologiya

Hujayra kulturalarida viruslarni indikatsiya va identifikatsiya
qilish usullari.

Bir qavatli hujayra kulturalari ko‘pgina virusli infeksiyalar
diagnostikasida muhim ahamiyatga egadir. Hujayra kulturalari
yordamida viruslami aniqlash (indikatsiya) va tekshiriluvchi materialdan
ajratib olish, laboratoriya sharoitida virusni saqlash va virus
identifikatsiyasini o‘tkazish mumkin. Hujayra kulturalaridan foydalanib
tekshiriluvchi zardoblarda viruslarga qarshi antitelolar aniqlanadi.
Viruslarni ajratib olish va o‘stirishda yuqori moyillikka ega
sezuvchan hujayra kulturalari kerak bo’lib, ularda viruslar cheksiz
sondagi passajlarda ko‘paya olish (reproduksiyalanish) xususiyatiga ega.
Bunday yuqori sezuvchan kulturalar odatda, ko‘proq odam hujayralari
kulturalari (birlamchi, undiriladigan, diploid), shuningdek maymun
buyragidan tayyorlangan hujayra kulturalari hisoblanadi. Hayvon va
qushlar to‘qimalaridan olinadigan hujayra kulturalari ham ko‘p
ishlatiladi. Hujayra kulturalarining u yoki bu viruslarga nisbatan yuqori
sezuvchanlikka ega bo’lgan alohida turlari mavjud.
Masalan, maymunning buyrak hujayralarida polioviruslar, undiriladigan HeLa hujayra kulturasida - A va В gripp viruslari, tovuq embrioni
fibroblastlari birlamchi kulturasida — gerpes-viruslar va poksviruslar
yaxshi ko‘payadi. Shunday qilib, viruslarga sezuvchanlik ham hujayra
xususiyatlarini, ham viruslar tabiatini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Viruslarni yaxshi o‘stirish uchun: hujayralar o‘sadigan oziq muhit
tarkibi, pH ko‘rsatkichi, zardobning borligi, inkubasiya harorati, yosh,
hujayra populyasiyasi zichligi va hayotchanligi, interferon sintezi va
boshqa omillar katta ahamiyatga ega. Masalan, paragripp viruslari oziq
muhitda zardob bo’lganda reproduktsiyalanmaydi; rinoviruslar esa,
hujayra kulturalarida 33°C haroratda va probirkalar doimo aylanib
turgandagina ko‘paya oladi.
Bu ma’lumotlami hisobga olish diagnostikada katta yordam beradi,
ajratib olingan virusning dastlabki taxminiy identifikatsiyasini o‘tkazish
mumkin bo‘ladi.
Indikatsiya. Hujayra kulturalari virus bilan zararlantirilganda virus
ta’sirining turli xil ko‘rinishlarini kuzatish mumkin:
1. Virusning hujayra kulturasiga sitopatik ta’siri (SPT), bunda
kulturada ko‘zga ko‘rinadigan morfologik degenerativ o‘zgarishlar (litik
infeksiya) kelib chiqadi.
2. Zararlangan hujayra kulturasi gemadsorbsiya xususiyatiga ega
bo'ladi, ya’ni hujayra yuza qavatiga eritrositlar adsorbsiyalanadi.
3. Zararlangan hujayra kulturasida maxsus agarli qoplamning zich
qatlami ostida virusning «negativ koloniyalari» - pilakchalar hosil
bo‘ladi.
4. Virus bilan zararlangan hujayra kulturasida metabolizm
jarayonlarining bo‘lmasligi rangli sinama (rangli reaksiya) yordamida
aniqlanadi
Hujayra kulturalarida viruslar ta’sirida namoyon bo‘lgan ushbu
ko‘rinishlar asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi, ular yordamida viruslar
indikatsiyasi o‘tkaziladi, ya’ni virusning borligi, shuningdek uning titri,
miqdori aniqlanadi. Turli viruslarda hujayra kulturalariga ta’sirining u
yoki bu ko'rinishi ustun turadi va undan virusning dastlabki
identifikatsiyasida foydalaniladi.
Identifikatsiya. Ajratib olingan virusning yakuniy identifikatsiyasi
virusni neytralizatsiyalovchi diagnostik zardob bilan neytralizatsiya
reaksiyasi yordamida o‘tkaziladi. Dastlab virus zardob bilan
aralashtiriladi, so'ng aralashma hujayra kulturasiga yuqtiriladi va kelib
chiqqan neytralizatsiya to‘g‘risida mezonlar bo‘yicha xulosa qilinadi.
Virus maxsus zardob bilan neytrallangan bo‘lsa:
1. Sitopatik ta’sir ko‘rsatmaydi - sitopatik ta’siming
neytralizatsiyasi (tormozlanishi) bo‘ladi.
2. Gemadsorbsiya reaksiyasini chaqirmaydi - gemadsorbsiya
reaksiyasi to‘xtatilishi kuzatiladi.
3. Pilakchalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi (yoki ulaming soni
sezilarli kamayadi) - pilakcha hosil bo‘lish reaksiyasining
neytralizatsiyasi amalga oshadi
4. Hujayra metabolizmini to‘xtatmaydi, bu rangli sinama bo‘yicha
neytralizatsiya reaksiyasida aniqlanadi.
Bu usul bilan viruslaming serologik identifikatsiyasi o‘tkaziladi,
ulami tur va tiplarga mosligi aniqlanadi.
Antitelolarni aniqlash. Xuddi shu yo‘l bilan bemor zardobidagi
noma’lum antitelolarni aniqlash uchun neytralizatsiya reaksiyasi
qo‘yiladi. Bu holatda tekshiriluvchi zardob ma’lum virusga qo‘shiladi,
keyin yuqoridagi ko‘rsatilgan usullar bilan neytralizatsiya reaksiyasining
bo’lgan bo’lmagani aniqlanadi. Musbat reaksiya shuni ko‘rsatadiki,
zardob antitelosi tajribaga olingan ma’lum virusga mos keladi.
Sitopatik ta’sir deganda - hujayraga kirgan virus ta’sirida
kechadigan hujayradagi morfologik va funksional (shuningdek,
biokimyoviy) o‘zgarishlaming yig’indisi tushuniladi. Virus bilan
zararlangan hujayraning reaksiyasi o‘tkir virus infeksiyasi, latent
infeksiya, hujayralar transformatsiyasi ko‘rinishida namoyon bo’ladi.
Hujayraning reaksiyasi o‘tkir virusli infeksiyalarda yaqqolroq kuzatiladi.
Sitopatik ta’siming asosiy sababi hujayra metabolizmining buzilishi deb
taxmin qilinadi. Xo'jayin hujayrasidagi RNK sintezi to‘xtaydi, bu esa
oqsil sintezining to‘xtashiga, hujayra membranasi, lizosoma,
mitoxondriyalar tuzilishining o'zgarishiga olib keladi. Hujayra
fermentlari (lizosomal) faollashadi, natijada, hujayra komponentlari
destruksiyasi sodir bo’ladi, ya’ni sitopatik ta’sir rivojlanadi. Tezkor
degeneratsiyada hujayradagi monoqavat o’ladi: hujayralar shishadan
ko‘chib erkin holatda kultural suyuqlikda don shaklida suzib yuradi va
erib ketadi (lizisga uchraydi).
O‘tkir virusli infeksiyalarda sitopatik
ta’sirning boshqa ko‘rinishi kuzatilishi mumkin. Bunda gigant ko‘p
yadroli hujayralar — simplastlar (yoki sinsitiylar) hosil bo’ladi. 20 turdan
ortiq viruslar simplastlar hosil qiladi. Ular o‘zida lesitinaza,
neyraminidaza va lipidlarga boy fermentlar tutadi (asosan
paramiksoviruslar).
Xulosa:
Virusologiyada hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir. Ular
virusli infeksiyalar diagnostikasida va virusologiyada ilmiytekshirishlami o‘tkazishda o‘ta zarur bo‘lgan vaksinalami ishlab
chiqarishda qo’llaniladi.
Viruslarni o‘stirishda va ajratib olishda hujayra kulturalarini
qo’llash universal usul hisoblanadi, chunki ko‘plab viruslar uchun
sezgir, ya’ni ular ko‘paya oladigan kulturalarni tanlab olish mumkin.
Hujayraga viruslar sitopatik ta’sirining mavjudligi ishlashda
qulaylik keltirib chiqaradi. SPTga ko‘ra zararlangan hujayra kulturasida
virusning borligini oson aniqlash mumkin.
Viruslarni hujayra kulturasida o'stirish boshqa usullarga nisbatan
qulay standart usul hisoblanadi, chunki hujayra kulturasi bir turdagi
hujayralardan tuzilgan, nomaxsus ingibitorlar va antitelolar saqlamaydi.
Virusli infeksiyali bemorlardan olingan materiallami laboratoriyada diagnostika qilish maqsadida turli xil tekshirish usullari
qo’llaniladi. Bu usullarning murakkabligi, eng avvalo, viruslarning qat’iy
hujayra ichi parazitligi va ular o’lchamlarining kichikligi bilan
bog‘liqdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.M.Muxamedov,F.I.Inovatova,S.D.Dushanbiyeva,
    S.M.Rustamova, Sh.A.Xo’jayeva, S.Yu.Kurbanova “ Tibbiyot virusologiyasi” Toshkent-2012

  2. I.Muhamedov, E.Eshboyev, N.Zokirov, M.Zokirov “Mikrobiologiya, Immunologiya, Virusologiya” Toshkent-2006

  3. M.Inog’omova, A.X. Vahobov “ Mikrobiologiya va virusologiya asoslari” Toshkent-2010

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling