Hujayra kulturalarini olish sharoitlari
Hujayra kulturalarini samarali olish, keyinchalik ularda virus
hujayralarini o‘stirish va ko‘paytirish uchun doimo fiziologik muhitlarda
saqlanishi lozim. Bu muhitda ulaming hayot faoliyatini saqlovchi va
ko‘payishini ta’minlovchi barcha zaruriy komponentlar bo’ladi. Shu
maqsadda tuzli eritmalar va virusologik oziq muhitlar ishlatiladi. Ularni
tayyorlashda va qo’llashda quyida yozilgan bir qator shartlarga amal
qilish kerak.
Hujayralarning oziqlanishga bo‘lgan talablari almashtirib
bo’lmaydigan aminokislotalar (glyutamat, leysin, izoleysin, valin,
fenilalanin, arginin, lizin, gistidin, triptofan, metionin, treonin, sistin,
tirozin kabi), vitaminlar (asosan, В kompleksi), glyukoza va qon
zardobi bilan ta’minlanadi.
Oziq muhitlarning izotonikligi va buferligi noorganik tuzlar
hisobiga ta’minlanadi. pH ning 7,2-7,4 bo’lishi optimal hisoblanadi,
uzoq vaqt mobaynida hujayra o‘stirilganda pH 6,8-7,8 chegarasida
bo’lishi lozim. Bir necha kun davomida pH ni optimal saqlash uchun karbonatli va fosfatli buferlar qo‘shiladi. pH ning turg‘un bo‘lishi
hujayra kulturalarining rezina tiqin bilan yopilgan probirka va
flakonlarda o‘sishiga yordam beradi, natijada CO2 uchib ketmaydi (aks
holda bu muhit pHini ishqoriy tarafga siljishiga olib kelar edi).
Hujayra kulturalarini tayyorlash vaqtida tuzli eritmalar va oziq
muhitlarga, ko‘pincha, bakterial va zamburug’li ifloslanishni oldini olish
uchun antibiotiklar qo'shiladi. Penisillin va streptomitsin (60000 TV/ml
dan), tetrasiklinlar, doksitsiklin va boshqa ta’sir doirasi keng
antibiotiklar 0,1-0,01 mg/1 konsentrasiyada; zamburug’larga qarshi
antibiotiklar (20 TV/ml) va fungizon qo’llaniladi. Agar hujayra kulturasi
mikroorganizmlar kontaminasiyasi bo’lgan to‘qimadan tayyorlansa,
antibiotiklami qo’llash zarurdir.
Hujayra kulturalari bilan ishlashda yaxshilab tozalangan va
shishaning maxsus turidan (masalan: «Pireks» turi) tayyorlangan
«virusologik» idishlardan foydalaniladi.
Bir marta ishlatish uchun polistiroldan tayyorlangan plastik idish
juda qulay hisoblanadi.
Tayyorlangan hujayra kulturasi termostatda 36,0-38,5°C haroratda
inkubasiya qilinadi.
Virusologik oziq muhitlarni oziq moddalar saqlashiga ko‘ra
ko‘paytiruvchi va o‘sishini ta’minlovchi oziq muhitlarga bo’lish qabul
qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |