Eritmalar. Dispers sistemalar. Tojiyev Dilshod


Download 55.43 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi55.43 Kb.
#224042
  1   2   3   4
Bog'liq
Eritmalar. Dispers sistemalar.


Eritmalar. Dispers sistemalar. Tojiyev Dilshod


Erigan moddaning massa ulushi. Konsentratsiya. Eruvchanlik

     Tabiatda va texnikada eritmalarning katta ahamiyati bor. O’simliklar moddalarni eritmalar holida o’zlashtiradi. Ovqatning hazm bo’lishi oziq moddalarning eritmaga o’tishi bilan bog’liq. Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi.Muhim fiziologik suyuqliklar−qon, limfa va boshqalar eritmalardir. Ko’pchilik kimyoviy reaksiyalar eritmalarda boradi.



Eritmalar−ikki yoki undan ko’p komponentlar (tarkibiy qismlar) va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir.

     Masalan, sulfat kislotasining eritmasi erituvchidan − suvdan(birinchi komponent), erigan moddadan −kislotadan (ikkinchi komponent) va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan − gidratlangan ionlardan: H+, HSO4ˉ, SO4²ˉ tarkib topgan; kaliy gidroksid eritmasi−suvdan, kaliy gidroksiddan va gidratlangan K+hamda OHˉ ionlardan tarkib topgan.

Agregat holatiga ko’ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon bo’ladi. Suyuq eritmalarga misol tariqasida tuzlarning suvdagi eritmalarini ko’rsatish mumkin; qattiq eritmalarga nikel bilan misning misning qotishmasi (undan chaqa-tanga yasaladi) yoki oltin bilan kumushning qotishmasi misol bo’la oladi; gazsimon eritmalar−gazlarning aralashmalari, havo. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo’lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir.

Eritmalar doim erituvchi va erigan moddadan tashkil topgan bo’ladi. Birinchisi sifatida istalgan modda bo’lishi mumkin. Eritma tarkibidagi qaysi modda erituvchi  yoki eriganligini aniqlash uchun quyidagi ikkita qoidaga amal qilinadi.

1) Eritma tarkibidagi qaysi moddaning miqdori ko’p bo’lsa, shu modda erituvchi bo’ladi. M-n: choyda suv.

2) Eritma tarkibidagi qaysi modda o’zining agregat holatini saqlab qolsa, shu modda erituvchi hisoblanadi.

Eritmalar to’yingan va to’yinmagan bo’ladi. Ma’lum temperaturadagi eritmada modda boshqa erimasa, bunday eritma to’yingan eritma deyiladi. Ma’lum temperaturadagi eritmada modda yana eriy oladigan bo’lsa, bunday eritma to’yinmagan eritma deyiladi. To’yingan eritmada erigan moddaning massasidan ko’proq miqdorda modda erigan bo’lsa, o’ta to’yingan eritma deyiladi. O’ta to’yingan eritma asta-sekinlik bilan sovutish hisobiga hosil bo’ladi.

Bundan tashqari eritmada erigan modda miqdoriga qarab eritmalar suyultirilgan, konsentrlangan va to’yingan bo’ladi.



 Eritma nomi

Xarakteristikasi

Suyultirilgan

Kam miqdorda erigan moddaga ega

Konsentrlangan

Ko’p miqdorda erigan moddaga ega

To’yingan

Berilgan temperaturada modda boshqa

erimaydigan eritma



 

Har qanday eritmaning muhim xarakteristikasi uning tarkibidir. Bu xarakteristika o’lchovsiz kattaliklarda massa ulushida yoki o’lchovli kattaliklardakonsentratsiyalarda ifodalanadi. Konsentratsiya og’irlikni (fioz konsentratsiya) va hajmni (molyar yoki normal konsentratsiya) ifodalaydi.




Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling