Mavzu; eritmalar. Reja; Eritmalar va ular haqida umumiy ma’lumot


Download 6.32 Mb.
Sana28.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1731736
Bog'liq
ERITMALAR


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIALOGIYA YO’NALISHI
I BOSQICH ‘’B’’ GURUH
TALABASI IDDIBOYEVA
NODIRANING
KIMYO FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI; IDDIBOYEVA N
TEKSHIRDI; NASRIDDINOVA F.
Mavzu; ERITMALAR.
REJA;
1.Eritmalar va ular haqida umumiy ma’lumot.
2.Eritmalarning hosil bo’lishi va turlari.
3.Moddalarning eruvchanligi.
Eritmalar ikki yoki undan ko’p tarkibiy qismlardan va ularning
O’zaro tasirlashish mahsulotlaridan iborat bir jinsli sistemadir.
Masalan osh tuzining eritmasida erituvchi suv erigan modda osh tuzi
Ularning o’zaro ta’sir mahsulotlari gidratlangan ionlardan iborat.
Biror hajmda bo’lgan bir yoki bir necha modda yig’indisi sistema deyiladi.
Sistemadagi ayrim moddalar tarkibiy qismlar deyiladi. Eritmalar suyuq,
Qattiq va gaz holida bo’lishi mumkin. Suyuq eritmalarga har xil tuz , kislota
Asoslarning suvdagi eritmalari , qattiq eritmalarga nikel bilan misning
Qotishmasi yoki mis bilan oltinning qotishmasi gaz holatidagi eritmalarga
Gazlar aralashmasi ya’ni havo misol bo’ladi.
Eritmalar to’yingan , to’yinmagan va o’ta to’yingan bo’ladi.
To’yingan eritmalarda erishga qarshi jarayon krisstallanish
Ham sodir bo’lib turadi. To’yingan eritma hosil bo’lishini
Quydagicha izohlash mumkin ; dastlab erish jarayoni tez
Boradi. Eritmada erigan modda zarrachalarning soni ko’paygandan
Keyin kristallanish jarayoni tezlashadi. Ma’lum vaqt o’tgandan
Keyin ikkala jarayon tezliklari baravarlashadi ya’ni 1 minutda
Kristalldan necha molekula eritmaga o’tsa shuncha molekula
Qaytadan kristallanadi.
Moddaning erigan qismi bilan erimay qolgan qismi o’rtasida
Muvozanat qaror topadi ya’ni eritma to’yinadi. Shunday qilib
Erigan qismi bilan erimagan qismi o’rtasida muvozanat qaror topgan
Eritma to’yingan eritma deyiladi. Agar eritmada erish jarayoni tezligi
Kristallanish tezligidan ortiq bo’lsa ya’ni bu ikkala jarayon orasida
Muvozanat bo’lmasa bunday eritma to’yinmagan eritma deyiladi.
Erigan moddaning konsentratsiyasi shu temperaturadagi to’yingan
Eritmaning konsentratsiyasidan kam bo’lgan eritma to’yinmagan
Eritma deyiladi.
Eritmalarning xosil bo’lishini fizikaviy va kimyoviy nazariyalar
Quydagicha tushuntiradi. Eritma erituvchilarda turli modda
Molekulalarning tarqalib ketishi ya’ni erishi natijasida
Xosil bo;ladi. Qattiq moddalar erishida uning sirtidagi
Zarrachalar erituvchi molekulalari ta’sirida sirtdan uzilib
Eritmaga o’tadi. Diffuziya xodisasi va molekulalararo tasir
Tufayli bu zarrachalar eritma ichiga singib ketib bir tekis
Tarqala boshlaydi. Shu tariqa kristall panjarani tashkil etgan
Barcha zarrachalar eritmaga o’tadi va eritma hosil bo’ladi.
Bu jarayon natijasida bir jinsli sistema hosil bo’ladi
Va bunda erituvchining tabiati va qattiq moddaning
Tuzilishi , kimyoviy xossasi asosiy ro’l o’ynaydi.
Suyuq moddalar eritmalarning hosil bo’lishida erituvchi
Va eriydigan moddalarning molekulalari o’zaro aralashib
Ketadi. Bu jarayonda moddalarning dipol momenti
Qutblanuvchanligi kabi hususiyatlari asosiy o’rinni
Egallaydi. Shu sababli qutbli moddalar qutbli erituvchida
Qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi.
Eritmalarning bir jinsli bo’lishi erish jarayonida issiqlikning
Yutilishi yoki ajralib chiqishi eritmalarni kimyoviy moddalar
Deb aytishga asos bo’ladi.
Bir modda ichida ikkinchi moddaning juda kichik
Zarrachalar holida tarqalishidan hosil bo’lgan
Mikrogeterogen sistemalar disper sistemalar
Deyiladi. Xar qanday dispers sistema dispersion
Muhitdan va unda tarqalgan modda zarrachalari
Dispers fazadan iborat bo’ladi. Dispers sistemalar
Bir- biridan dispersion darajasiga ko’ra ; dag’al dispers
Sistemalar bunday sistemalarga suspenziyalar loyqa
Suv, uning suvdagi aralashmasi, emulsiyalar kiradi.
Nozik disper sistemalar yoki kolloid eritmalar zollar ham
Deyiladi; ularga qog’oz yelimi ,AgI zollari misol bo’ladi.
Chin eritmalar yoki o’ta nozik disper sistemalar; modda
Ion yoki molekula holida dispersion muhitda tarqalgan
bo’ladi.
Xar qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada
Eriydi. Moddalarning eruvchanligi shu moddaning v
Va erituvchining tabiatiga va temperaturasiga bog’liq.
Moddalarning eruvchanligi deb ayni temperaturada
100 g erituvchida erigan moddaning gram miqdoriga
Aytiladi odatda buni moddalarning eruvchanlik kofetsienti
Deyiladi. Kengroq manoda moddalarning erunvchanligi
Sifatida ayni sharoitda to’yingan eritmaning konsentratsiyasining
Qabul qilsa ham bo’ladi.
Shunga muvofiq eruvchanlik miqdoran erigan modda
Massasining to’yingan eritma massasiga nisbatini
Ifodalovchi foiz qiymatga tengdir bazan 1 litr to’yingan
Eritmadagi erigan moddaning ‘’mol ‘’ lar soni ham
Moddaning suv ishlatilgani deyiladi. Ko’pchilik hollarda
Erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning
Suvda eruvchanligi quydagicha tavsiflanadi;
Agar 100gr suvda 10 gr va undan ko’p miqdorda gi modda
Erisa yaxshi eruvchi , agar 10 gr dan 0,001 gacha erisa
Kam eriydigan , agar 0,001 gr dan kam erisa amalda erimaydigan
Modda deyiladi.
XULOSA;
Eritmalar ikki yoki undan ko’p tarkibiy qismlardan va ularning
O’zaro tasirlashish mahsulotlaridan iborat bir jinsli sistemadir.
Masalan osh tuzining eritmasida erituvchi suv erigan modda osh tuzi
Ularning o’zaro ta’sir mahsulotlari gidratlangan ionlardan iborat.
Eritmalar to’yingan , to’yinmagan va o’ta to’yingan bo’ladi.
To’yingan eritmalarda erishga qarshi jarayon krisstallanish
Ham sodir bo’lib turadi. To’yingan eritma hosil bo’lishini
Quydagicha izohlash mumkin ; dastlab erish jarayoni tez
Boradi. Eritmalarning xosil bo’lishini fizikaviy va kimyoviy nazariyalar
Quydagicha tushuntiradi. Eritma erituvchilarda turli modda
Molekulalarning tarqalib ketishi ya’ni erishi natijasida
Xosil bo;ladi. Qattiq moddalar erishida uning sirtidagi
Zarrachalar erituvchi molekulalari ta’sirida sirtdan uzilib
Eritmaga o’tadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIMYO M.M(.ABDULHAYEVA,O’.M.MARDONOV)
Toshkent ‘’O’zbekiston ‘’2002-yil
‘’KIMYO’’I.R. Asqarov,N.H.To’xtaboyev, K.G’.G’opirov
Nashriyoti Toshkent- 2013
qo’llanma O.Iskandarov,Yu.T.Toshpo’latov
Toshkent2010
‘’Umumiy va anorganik kimyo’’
Q.Ahmedov,A.Jalilov, R.Sayfullayev.Toshkent
-2003
www.ziyonet.uz
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling