5- amaliy mashg`ulot Mavzu: Eritmalar. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari.(2 soat)
Download 158.45 Kb.
|
5-amaliy mashg\'ulot
5- Amaliy mashg`ulot Mavzu: Eritmalar. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari.(2 soat) Tabiatda eng keng tarqalgan suyuq eritmalardir. Ular erituvchi (suyuq) va erigan modda (gazsimon, suyuq, qattiq) dan iborat: Eritma ↔erituvchi + erigan modda Erigan modda sifatida kislotalar, asoslar, tuzlar va shunga o’xshash moddalar ishlatiladi. Suyuq eritmalar ham o’z navbatida 3 ga bo’linadi: Suyuq eritmalar suvli va suvsiz bo’lishi mumkin. Suvli eritmalarda erituvchi sifatida suv, suvsiz eritmalarda esa erituvchi sifatida suvdan boshqa erituvchilar (benzol, spirt, efir, aseton, kerosin va boshqalar) ishlatiladi. Erish murakkab fizik-kimyoviy jarayondir. Erigan modda kristall panjarasining buzilishi natijasida hosil bo’lgan zarrachalar (molekula, ion va atom)ning erituvchi molekulalarida taqsimlanishi fizikaviy jarayondir. Erituvchi molekulalari bilan erigan modda zarrachalari o’zaro ta’sirlashuvi natijasida kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Bu ta’sirlashuv natijasida solvatlar (erituvchi sifatida suv ishlatilgan bo’lsa gidratlar) hosil bo’ladi. Shunday qilib eritma deganda erituvchi va erigan moddalarning o’zaro ta’sirlashuv mahsulotlarini tushunish kerak. Masalan, Na2SO4 ning suvli eritmasi deganda tarkibida Na+ ∙ 6H2O, SO · H2O, Na2SO4 va H2O dan iborat gomogen sistemani tushunamiz. Bularning barchasi chin eritmalar uchun xos xususiyatdir. Ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismdan iborat bo’lgan o’zgaruvchan tarkibli gomogen sistema chin eritma deyiladi. Chin eritmalarda erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 nm dan kichik bo’ladi. Chin eritmalar dissotsilanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: Noelektrolitlar-suvda eriydi, ammo ionlarga ajralmaydi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazmaydi (shakarning suvdagi eritmasi va boshqalar). Elektrolitlar-suvda eriydi va ionlarga ajraladi. Shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o’tkazadi. Download 158.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling