Xossalari ishlatilishi. Modda tuzilishi. Reja: Oksidlar, Asoslar, kislotalar


Download 61.66 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi61.66 Kb.
#1624171
  1   2
Bog'liq
2.Oksidlar, Asoslar, kislotalar va Tuzlarning olinishi


Oksidlar, Asoslar, kislotalar va Tuzlarning olinishi,
xossalari ishlatilishi. Modda tuzilishi.
Reja:
1.Oksidlar, Asoslar, kislotalar
2.Tuzlarning olinishi, xossalari ishlatilishi.
3. Modda tuzilishi
Oksidlar — elementlarning kislorodli birikmalari. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar (peroksid va peroksid birikmalar) tarkibida kislorod atomlari fakat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, Na2O2 — peroksid). Normal O. elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.
O.ning nomlanishi quyidagicha: a) agar element kislorod bilan faqat 1 ta kislorodli birikma hosil qilsa, u oksid deb ataladi. Mas, Al2O3 — alyuminiy oksid, MgO — magniy oksid; b) elementning bir necha O.i maʼlum boʻlsa, uning oksidlanish darajasi eʼtiborga olinadi: CuO mis (-oksid, CuO — mis (II)-oksid, Cr2O3 — xrom (III)-oksid, CrO3 — xrom (VI)-oksid va h.k.; v) elementning oksidi suv taʼsirida kislotaga aylansa (yoki kislotadan yoxud uning tuzidan olini-shi mumkin boʻlsa) ayni oksid oʻsha kislotaning angidridi deb ataladi: SO3— sulfat angidrid, SO2 — sulfit angidrid.
Normal O. — asosli, kislotali amfoter (oraliq) va befarq oksidlar deb, 4 guruhga boʻlinadi. Mendeleyev davriy sistemasida davr ichida chapdan oʻngga utgan sari O.ning xossalari asoslilikdan amfoterlilikka, soʻngra kislotalikka aylanadi. Mas, III davr elementlari ok-sidlaridan Na2O, MgO asosli O; Al2O3 — amfoter oksid; SiO2, P2O5, SO3 va S12O7— kislotali O.dir. Elementning oksidlanish darajasi ortgan sari ok-sidlarning asoslik xossalari kuchsizlanib boradi: MpO — asos xossasiga, Mg>02 — amfoter xossaga, Mp2O7 — kislota xossasiga ega.
Baʼzi O. tuzlar hosil qilmaganligidan ularga indifferent yoki befarq O. nomi berilgan (mas, CO va NO). Koʻpchilik O. tabiatda uchraydi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan O. dan biri suv — vodorod oksiddir. Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi.
O. turmush va texnikada keng qoʻllanadi. Mas, soʻndirilmagan ohak CaO — qurilishda, NO2, SO2 — nitrat va sulfat kislota ishlab chiqarishda, baʼzi metallarning oksidlaridan iborat aralashmalar esa katalizatorlar sifatida ishlatiladi.

Download 61.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling