Oksidlar
Elementlarning kislorodli birikmalari oksidlardir. Ularning umumiy
formulasi Ex Oy (E – kisloroddan boshqa kimyoviy element).Oksidlar tabiatda eng
keng tarqalgan murakkab moddalardan hisoblanadi. Ularni tarkibi ikki elementdan
tashkil topgan bo'lib biri kisloroddan iborat.
Kislorodning barcha elementlar bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar deb
ataladi.
Oksidlarning ko'pchiligi odatdagi sharoitda qattiq (metallaming barcha
oksidlari; MgO, CaO, CuO va hokazo), ayrimlari gaz (metalmaslar oksidlari: CO2,
SO2, NO2 va hokazo) va suyuq (masalan, H2O) moddalar. Ularning umumiy
formulasi Ex Oy (E – kisloroddan boshqa kimyoviy element).
Nomlanishi. Oksidlarni nomlashda avval kimyoviy element nomi, keyin shu
elementning ayni oksid tarkibidagi valentligi qavs ichida beriladi va chiziqcha
qo’yilib, oksid so’zi qo’shiladi.
Metall o'zgarmas valentlikka ega bo'lib, faqat bitta oksid hosil qilsa, oksidning
nomi metall nomiga «oksid» so'zi qo'shib hosil qilinadi:Na2O-natriy oksid; CaOkalsiy oksid. Masalan, FeO–temir(II)-oksid, Fe2O3–temir(III)-oksidi va hokazo.
Ayrim asosli oksidlar turmushda qo'llanilishiga qarab ham nomlanadi;CaO -
so'ndirilmagan ohak; MgO-magneziya.
Davriy jadvaldagi He, Ne, Ar – oksidlarining mavjudligi aniqlanmagan.
Boshqa elementlarning oksidlari suv bilan ta’sirlashib tegishli birikmalar hosil
qilish xossalariga ko’ra befarq (CO, N2O, NO,SiO) tuz hosil qilmaydigan oksidlar
va tuz hosil qiluvchi oksidlarga bo’linadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar suv bilan
ta’sirlashib hosil qilgan birikmalarining xossalariga ko’ra yana uchga;
1.asosli oksidlar
71
2.kislotali oksidlar
3.amfoter oksidlarga bo’linadi.
Ayrim oksidlarni tuzilishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |