Erigan moddaning massa ulushi − bu o’lchamsiz fizikaviy kattalik bo’lib, erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga nisbatiga teng, ya’ni
ωm=mm/m (15.1)
bunda, ωm −erigan moddaning massa ulushi; mm −erigan moddaning massasi; m −eritmaning umumiy massasi.
Foiz konsentratsiya (%)− 100g eritmada erigan moddaning massasini (%) foizlarda ifodalanishi.
ωm=mm∙100 /m (15.2)
Molyar konsentratsiya (M, mol/l)−1 l (1000 ml) eritmada erigan moddaning molyar sonini bildiradi.
CM=n/VM (15.3)
bunda, n −erigan modda miqdori; VM −eritma hajmi (litrda).
Normal konsentratsiya (N, g-ekv/l)−1 l (1000 ml) eritmada erigan moddaning ekvivalent sonini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |