Eritmalar. Dispers sistemalar. Tojiyev Dilshod


Download 55.43 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi55.43 Kb.
#224042
1   2   3   4
Bog'liq
Eritmalar. Dispers sistemalar.

CM=1000∙ωρ(eritma)/M(modda)  yoki    CM=ω%∙ρ∙10/M        (15.7)

Bunda, ρ−eritma zichligi (g/ml); M−erigan modda molyar massasi; ω−massa ulushi; ω%−foiz konsentratsiya.                                                                                                     

     Dispers sistemalar. Tabiatda mavjud bo’lgan 1 jinsli va 1 jinsli bo’lmagan aralashmalar dispers sistemalar deyiladi. Har qanday dispers sistema 2 xil tarkibiy qism, ya’ni: 1) dispers muhit; 2) dispers fazadan tashkil topgan bo’ladi. Dispers muhit − eritivchi, dispers faza − erigan modda.



Dispers

sistema


Dispers

muhit


Dispers

faza


Belgisi

Gazsiz suv

 suv

 tuz

 S;q

Po’kak

Po’kak

 havo

 Q;g

Kofe

 suv

Kofe dona

 S;q

Fiz.eritma

 suv

 NaCl

 S;q

Havo

 azot

O2,C,suv…

 G;g;q;s

Suv

 suv

Cl2, tuzlar

S;q

Loy

tuproq

Tosh,havo,suv

Q;q;g;s

Okean

suv

Baliq,CO2, tosh

S;q;g

 

Barcha dispers sistemalar disperslik darajasi (zarrachalar o’lchami) deb ataluvchi qiymatga bog’liq ravishda bir necha sinfga bo’linadi:



1) Chin eritmalar−disperslik darajasi 1nm dan kichik bo’lgan dispers sistemalar  (1 nm = 10-9m = 10-7 sm=10-6mm). Bunday eritmalar juda ham tiniq, shaffof bo’ladi. Eritma tarkibida erigan moddalarni oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi (choy, tuzli suv). Chin eritmalar tarkibida erigan moddalarni faqat bug’lantirish yo’li bilan ajratib olish mumkin.

2) Kolloid eritmalar−disperslik darajasi qiymati 1nm dan 100nm gacha bo’lgan dispers sistemalar. 1-50nm bo’lgan soha−yumshoq dispers sistema; 50-100nm bo’lgan soha dag’al dispers sistema bo’ladi. Kolloid eritmalar chin eritmalarga nisbatan hiraroq bo’ladi. M-n: kisel, xolodes, agar-agar. Suv bilan kuchli suyultirilgan kolloid eritmalar tashqi ko’rinishidan chin eritmalarga o’xshash bo’ladi. Kolloid eritmalar tarkibida erigan moddalarni sellofan deb ataluvchu maxsus qog’ozlar yordamida ajratib olish mumkin.

3) Suspenziya va emulsiya−disperslilik darajasi qiymati 100nm dan katta bo’lgan dispers sistemalar. Agar dispers faza suyuq bo’lsa−emulsiya (sut); agar dispers faza qattiq bo’lsa−suspenziya (loyqa suv) deyiladi. Emulsiyani maxsus voronkalar (dekantator) yordamida ajratib olish mumkin bo’lsa, suspenziyani oddiy filtr qog’ozi bilan ajratib olish mumkin.

 Eritma nomi

       Zarrachalar

Zarracha o’lchami, sm

Chin

Molekulalar

yoki ionlar



 

<10-7

Kolloid

Makromolekulalar yoki

molekula agregatlari



 

10-7−10-5



Suspenziya va

emulsiya


Makromolekulalar yoki

molekula agregatlari



 

>10-5



 

Dispers sistemalar ayrim hollarda quyidagicha ham nomlanishi mumkin:



Aerozol gaz muhitda boshqa gazsimon, suyuq yoki qattiq moddalar tarqagan bo’ladi;

Gidrozol−suyuq muhitda boshqa gazsimon, suyuq yoki qattiq moddalar tarqagan bo’ladi.

Kolloid eritmalar tashqi ko’rinishidan chin eritmalarga juda o’xshash bo’lishi bilan birga ulardan farq qiladigan xossalari ham mavjud:

− Kolloid eritmalar vaqt o’tishi bilan eskiradi;

− Kolloid eritmalar asosan cho’kma tushishi bilan boradigan reaksiyalarda hosil bo’ladi. Bunda cho’kmaga tushishi kerak bo’lgan modda molekulasi o’z sirtiga eritma tarkibidagi zaryadlangan zarrachalarni biriktirib olishi natijasida cho’kmaga tushmasdan eritmada qoladi.

− Bu modda o’z navbatida o’z sirtiga eritma tarkibidagi qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni biriktirib yiriklashadi va mitsella, granula, ya’ni kolloid birikma hosil qiladi. Bu birikma ham og’irlik kuchi ta’sirida cho’kmaga tushadi.

Molekulaning sirtiga turli xil ionlarning birikish jarayoniga koagulyatsiya deyiladi. Cho’kmaga tushish jarayoni sedementatsiya deyiladi. Koagulyatsiya jarayoni qaytar jarayon bo’lib, uning aksini − pepazatsiya deyiladi. Ya’ni kolloid eritmalarga turli xil elektrolit eritmalari qo’shilganda cho’kmaga tushgan kolloid molekulaning qaytatdan eritmaga o’tish jarayoni kuzatiladi.



Eruvchanlik− har qanday moddaning 100 gr erituvchida erib, to’yingan eritma hosil qiladigan massasiga eruvchanlik yoki eruvchanlik koeffisienti (C)  deyiladi. Erituvchi sifatida suv, benzol yoki boshqa xohlagan modda ishtirok etishi mumkin.

Ko’pchilik qattiq va suyuq moddalarning eruvchanligi temperatura ko’tarilishi bilan ortadi. Agar ancha yuqori temperaturada tayyorlangan to’yingan eritma ancha past temperaturagacha sovutilsa, bunday holda eritilgan modda kristall holatda ajralib chiqadi. Gazlarning suyuqliklardagi eruvchanligi ma’lum bir haroratgacha ortib, keyin temperatura ko’tarilishi bilan kamayadi. Suyuqliklar isitilganda gaz eritmadan ajralib chiqadi.



Yuqorida aytib o’tilgan kattaliklardan foydalanib quyidagi amallarni bajarish mumkin:  

Eritmaning konsentratsiyasini aniqlash uchun eritma va erigan moddaning massalarini topish kerak bo’ladi.

Eritmaning konsentratsiyasi moddaning o’ziga nisbatan ham, uning tarkibiy qismlariga nisbatan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, agar 100 g eritma tarkibida 0,01 g-mol yoki 0,01∙152=1,52 g temir (III) sulfat bo’lsa, bunday eritma temir (III) sulfatga nisbatan 1,52% li bo’ladi. Huddi ana shu eritma tarkibida 0,01∙56=0,56 g temir va 0,01∙96=0,96 g sulfat ion bo’ladi. Demak, eritma temirga nisbatan 0,56% li va sulfat-ionga nisbatan 0,96% li hisoblanadi. Ba’zan eritmaning konsentratsiyasi, garchi modda eritmada tuz holatida bo’lsa ham oksidlarga nisbatan ifodalanadi. M-n, fosfat eritmasining konsentratsiyasi ko’pincha fosfor (V)-oksid P2O5 ga nisbatan ifodalanadi.

Erituvchi va erigan moddaning miqdoriga qarab eritmaning miqdori va konsentratsiyasi aniqlanishi mumkin.

Erituvchining miqdoriga qarab berilgan konsentratsiyali eritma miqdorini va berilgan konsentratsiyali eritma olish uchun berilgan miqdordagi moddani eritishga ketadigan erituvchi miqdorini topish mumkin.

Eritmaning miqdoriga qarab berilgan konsentratsiyali erituvchi miqdorini va berilgan konsentratsiyali eritma olish uchun kerak bo’ladigan moddaning miqdorini aniqlash mumkin.

Berilgan konsentratsiyali eritma tayyorlash uchun talab etiladigan erituvchi va erigan modda miqdorini eritmaning miqdoriga qarab aniqlash mumkin.

Eritmaning zichligi ma’lum bo’lsa, prosent konsentratsiyani molyar (normal) konsentratsiyaga va molyar (normal) konsentratsiyani prosent konsentratsiyaga aylantirish mumkin.

Eruvchanlik jadvalidan foydalanib, ma’lum temperaturada to’yingan eritma sovitilganda kristall holatda ajraladigan modda miqdorini hamda boshqa bir temperaturada to’yingan eritma hosil qilish uchun ilgari ma’lum temperaturada hosil qilingan to’yingan eritmani shu temperaturagacha qizdirib turgan holda eritilishi lozim bo’lgan modda miqdorini aniqlash ham mumkin.

Oleum− konsentrlangan H2SO4 da qo’shimcha SO3 gazini eritish hisobiga hosil qilinadi. Oleumni shuningdek, “tutovchi gaz” deyiladi. Idishning qopqog’i ochilganda, ajralayotgan SO3 tutun bo’lib chiqadi. Oleum tarkibidagi SO3 ning massa ulushi (ω) 10% dan 60% gacha bo’lishi mumkin.

Eritmalar tarkibida erigan moddalarning ayrim fizik-kimyoviy konstantalarini aniqlash uchun quyidagi kattaliklardan foydalaniladi: 1) moddaning massa ulushi; 2) moddaning hajmiy ulushi; 3) moddaning molyar konsentratsiyasi; 4) moddaning normal (ekv) konsentratsiyasi; 5) moddaning molyal konsentratsiyasi; 6) eritmaning titri; 7) eruvchanlik; 8) diagonal usul; 9) oleumli masala.



 


Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling