Suyuqliqlar bosimining uzatilishi tayanch iboralar


Download 195.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi195.79 Kb.
#1520061
  1   2   3
Bog'liq
2-MA\'RUZA



2-
§.
SUYUQLIQLAR BOSIMINING UZATILISHI 
TAYANCH IBORALAR: 
Absolyut siqilmaydigan, aralashma, Boyl-Mariot, bosim, bug` pufakchalari, 
gaz, Gey-Lyussak, geliy gazi, gidravlik qurilmalar, gidrosistemalar, yengil 
bug`lanuvchi, yengil komponent, ideal gaz, ideal suyuqlik modeli, issiqlikdan hajmi 
o`zgarmaydigan, ichki ishqalanish kuchi, kavitatsiya, qaynash, qovushoqlik, 
molekula, Molyar-kinetik nazariya, noqovushoq, partsial bug` bosimi, real suyuqlik 
modeli, sirt, suyuqlik to`yingan bug`ning bosimi, taranglik kuchi, to`yinish, harorat, 
holat tenglamasi (Klayperon tenglamasi), xujm, cho`zuvchi va siljituvchi kuchlar, 
erish, erkin bug`lanish.
 Suyuqlik to`yingan bug`ining bosimi. Suyuqlikning berilgan haroratda 
erkin bug`lanishi yopiq idishdagi bo`shliqni to`yinish holatigacha to`ldirish uchun 
kerak bo`ladigan bosim suyuqlik to`yingan bug`ning bosimi deyiladi. 
Shunga asosan suyuqlik to`yingan bug`ning bosimi bug`ning yopiq idish 
ichida suyuqlik bilan muvozanatlashgan holatiga tegishli barqarorlashgan 
bosimidir. Bu bosim suyuqliklardan yuqori haroratda foydalanish mumkinligini va 
ularning turli gidravlik qurilmalar, gidrosistemalardagi kavitatsiya xossasini 
aniqlash uchun foydalaniladi. Suyuqliklarning bug`lanishi sirt bo`yicha ham, uning 
butun xajmi bo`yicha bug` pufakchalari hosil bo`lishi (qaynashi) yo`li bilan ham 
yuz berishi mumkin. Bunda ikkinchi hol, xoxlagan haroratda yuz beradigan sirt 
bo`yicha bug`lanishdan farqli ravishda, faqat ma'lum haroratda, ya'ni to`yinga n 
bug` bosimi suyuqlik sirtidagi bosimga teng bo`ladigan haroratda yuz beradi. Bosim 
ortishi bilan qaynash harorati ortadi, kamayishida esa kamayadi. 
Bir jinsli suyuqliklarda to`yingan bug` bosimi har bir harorat uchun bir xil 
miqdorga ega bo`ladi, suyuqlik va bug`ning miqdori nisbatiga bog`liq bo`lmaydi. 
Suyuqlik aralashmalaridan esa suyuqlikning tarkibidagi turli molekulalar o`zaro 
ta'siri bug`lanishni qiyinlashtiradi. Bu holda aralashma bug`larida yengil 
bug`lanuvchi suyuqlik bug`larining nisbati, uning ayrim holatidagi bug`lariga
qaraganda ko`proq bo`ladi. Bu holda umumiy bug` bosimi partsial bug` bosimlar 
yig`indisiga teng. 


Shunday qilib, aralashmalar bug`langanda suyuq fazoda yengil komponent 
kamayib boradi, ya'ni yengil komponent suyuq fazadagiga nisbatan bug` fazada 
ko`proq nisbatda bo`ladi. 

Download 195.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling