Renessans ta’lim unversiteti o‘zbek tilida so‘z yasash usullari mavzusidagi kurs ishi bajardi
Download 1.04 Mb.
|
IRODA
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT - 2023 MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………..……..3 Bob. So‘z yasalishi haqida umumiy ma’lumot….……………….…6
- Bob. So‘zlarning tuzilishi jihatdan turlari………………………..22
RENESSANS TA’LIM UNVERSITETI O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASASH USULLARI mavzusidagi KURS ISHI Bajardi: FTO‘ – 302 guruh talabasi TUROPOVA IRODA Ilmiy rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar” Kafedra dotsenti v.b. Marufova Z.N., fil. fan. falsafa doktori (PhD)_____________ TOSHKENT - 2023 MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………..……..3 Bob. So‘z yasalishi haqida umumiy ma’lumot….……………….…6 O‘zbek tilidagi so‘z yasalish usullari………….………………………6 Affikatsiya usuli...……………………………………………………12 Kompozitsiya usuli……………..……………………………………18 Bob. So‘zlarning tuzilishi jihatdan turlari………………………..22 So‘z birikmalari……………….……………………………………...22 Yasama so‘zlar tarkibi……………………………………………….25 Xulosa………………………………………………………………………….31 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...32 KIRISH. O‘zbek tiliga oid ishlarda ham so‘z yasalishining leksikologiya va grammatika bilan alokadorligi, shu sohalarga yaqinligi hakida gapiriladi. Jumladan, professor A. G‘. G‘ulomov bu haqda quyidagilarni yozadi: «Demak, so‘z yasalishining o‘z ob’ekti bor, bunda grammatika va leksika sohalari bilan umumiylik tomonlari ham bor. Hozirgi tillarda so‘z yasashning eng keng tarqalgan usuli affiksatsiya... bo‘lganligidan uning (so‘z yasashning) birinchi navbatda morfologiya bilan yatsinligi... ko‘zga tashlanib turadi. Holbuki, so‘z yasashning yo‘llari uning leksika bilan ham, fonetika bilan ham, sintaksis bilan ham... bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Demak, so‘z yasalishi hodisasi uning asosiy, yetakchi xususiyatlari bilan grammatika va leksikologiyaga keyin turadi... Ko‘rinadiki, so‘z yasashning morfologiya yoki leksikologiyaga kiritilishi uniig bir tomoninigina o‘z ichiga oladi» 2. Avtor so‘z yasalishining o‘z tekshirish ob’ektiga ega bo‘lgan alohida soha ekanini sayd etadi va morfema bilan ish ko‘ruvchi sohalarning bayonida avval morfemika, so‘ngra so‘z yasalishi va morfologiyaning alohida-alohida sohalar sifatida berilishi, ko‘rsatilgan grammatikada «ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomonda ham afzalliklarga ega» ekanini ta’kidlaydi. So‘z yasalishining leksikologiyaga yaqinligi va uning leksikologiya bahsiga mansubligi haqida gapirganda, so‘z yasalishi natijasida hosil bo‘ladigan birlikning leksik birlik, leksema bo‘lishi va bu birlik leksikologiyaning o‘rganish ob’ekti ekani nazarda tutiladi. Lekin bu fakt so‘z yasalishining leksikologiyaga yaqinligiga ham, uni leksikologiyaga kiritish kerakligaga ham asos bo‘la olmaydi. Shu sababli so‘ngga yillarda yaratilgan ishlarda so‘z yasalishi leksikologiya bahsiga mansub degan qarash uchramaydi. So‘z yasalishini morfologiyaga yaqinlashtirish, morfologiyaga bog‘lash, uni morfologiya bahsiga kiritishning sababi so‘z yasalishiiing asosiy usuli affiksatsiya usuli bo‘lib, bunda yasovchi material sifatida morfema so‘llanigai, morfemani esa morfologik birlik deb qarashdadir. So‘z yasalishining morfemalar bilan ish ko‘rishi sababli morfologiyaga aloqadorligi, lekin bundan Qat’i nazar, ularning har biri o‘z vazifasi, tekshirish ob’ekti, metodiga ega bo‘lgan sohalar ekani ayrim ishlarda aniq qayd etila boshladi. Masalan, fransuz tili so‘z yasalishiga bag‘ishlangan bir ishda, jumladan, quyidagilarni o‘qiymiz: «So‘z yasalishi grammatika bilan, aniqrog‘i, so‘zning morfem sostavi problemalari bilan bog‘langan bo‘lsa-da, o‘rganish ob’ekti jihatidan ham, tadqiq etish metodi jihatidan ham u morfologiyadan farq qiladi... Vazifasining har xilligi so‘zlarni morfem va so‘z yasalishni tahlil etish yo‘llarining prinsipial farqini belgilaydi. Shunga ko‘ra, morfem va so‘z yasalish tahlilining asosiy birliklari ham boshqa-boshqa bo‘ladi» 1. Bu qarashda, garchi so‘zning morfologik va morfem analizi bir xil deb tushunilsa ham, lekin morfologika bilan so‘z yasalishining o‘zicha mustatsil soha ekanligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling