Renessans ta’lim unversiteti o‘zbek tilida so‘z yasash usullari mavzusidagi kurs ishi bajardi
Download 1.04 Mb.
|
IRODA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozitsiya usuli.
Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan. Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan. Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ajralishi ham mumkin: fotokavera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir. XULOSA Tilshunoslikda so‘z yasash, to‘g‘rirog‘i, yasalish usullarini belgilash borasidagi fikrlar, qarashlar juda turli-tuman. Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, ming yillik tarixi davomida so‘z yasalishga e’tibor qaratilgan ilk ishlardan boshlab, to XX asrning oxirlariga qadar va yaratilgan ilmiy tadqiqotlarda ham so‘zlar ikkita faol usulida yasalishi ma’lumdir. Bu deyarli barcha tilshunoslar tomonidan yakdillik bilan qabul qilingan. Lekin boshqa holatlar qayd etilgan o‘rinlarda ham dastlab ana shu ikki: affiksatsiya va kompozitsiya-sintaktik usulda so‘z yasalishi berilgan. Umuman olganda so‘z yasalishi har bir davrda turlicha talqin etilgan. Akademik A.Hojievning “O‘zbek tili so‘z yasalish tizimi” o‘quv qo‘llanmasida o‘zbek tilshunosligidan barcha so‘z yasash holatlarining tahlilini beribgan bo‘lsa, R.Sayfullaeva va boshqalarning 2009 hamda 2010 yillarda nashr etilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsiliklarida so‘z yasalish bilan bog‘liq va farqli jihatlariga batafsil to‘xtalgan. Lekin maqolamizda A.G‘ulomov va uning safdoshlarining so‘z yasalishi bilan bog‘liq qarashlarini keltirish bilan kifoyalanamiz. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling