Aminokislotalar. Tuzilishi va xossalari
Variant № 1
1. Oksiprolin aminokislotasining barcha stereoizomerlarini tuzilishini yozing.
Ularning o‘zaro farqli tomonlarini ko‘rsating.
2.Treonin aminokislotasining 2% li suvli eritmasi 20 sm li kyuvetada otik
faolligi o‘lchanganda uning -1.14° ga tengligi aniqlangan bo‘lsa, treoninning
solishtirma nur burish burchagini aniqlang.
3.Jigar kasalliklarini davolash va oldini olishda metioninning iste’mol
qilinadigan dorivor shakllaridan foydalaniladi. Metionin biologik suyuqliklar –
so‘lak (pH 6,5-7,0) va oshqozon soki (pH 1,5-2,0) da qanday ion ko‘rinishida
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsating.
4. Aminokislotalarning in vitro dekarboksillanishi qanday sharoitda boradi?
Serin misolida dekarboksillanish reaksiyasi sxemasini keltiring.
5. Valinning formaldegid bilan ta’siridan qanday birikma hosil bo‘ladi.
Reaksiya sxemasini keltiring va qaysi mexanizmda borishi ayting. Ushbu reaksiya
qanday amaliy ahamiyatga ega.
6. Dolchin (3-fenilpropen) kislota glisin bilan ta’sirlashib,
amid guruhi
saqlagan metabolit hosil qiladi. Reaksiya sxemasini
yozing va dastlabki
birikmalaradan qaysi birida nukleofil almashinish sodir bo‘lishini ko‘rsating.
7. 2-Aminopentandi (glutamin) kislota qizdirilganda
qanday mahsulot hosil
bo‘ladi? Reaksiya sxemasini yozing.
8. Quyida berilgan ma’lumotlar asosida 412 nm to‘lqin uzunligida gemoglobin
eritmasining optik zichligi 0,168 A bo‘lsa, uning konsentratsiyasini aniqlang.
Absorbsiya
(412 nm)
Standart eritmalar
konsentratsiyasi (µg/ml)
0,069
1
0,113
2
0,201
4
0,377
8
0,730
16
ABDIVOHITOV ABDULLO ILHOM O‘G‘LI
ABDUHALIMOVA LAYLO SALIMJON QIZI
ABDUHALIMOVA MADINA AKRAM QIZI