Axborotni qayta ishlash bo'lishi mumkin vertikal yoki gorizontal, ulardan biri bo'lishi mumkin markazlashtirilgan yoki


Komp’yuter grafikasi uch turga bo`linadi


Download 19.92 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi19.92 Kb.
#1030325
1   2
Bog'liq
Ma`lumot

Komp’yuter grafikasi uch turga bo`linadi:

  1. Rastrli grafika

  2. Vektorli grafika

  3. Fraktal grafika

Rastli grafikada tasvirlar nuqta(pixelS)lar majmuasi orqali hosil qilinadi. Rastr – bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak rastli grafikani asosiy elementi nuqtadan iborat ekan. Nuqtalar soni qanchalik zich bo`lsa, tasvir shunchalik aniq va tiniq chiqadi.


Rastrli grafik muharrirlarda komp’yuter ekrani juda zich chiziqlar bilan to`r ko`rinishiga keltiriladi. Chizilgan tasvirlar esa nuqtalarni ketma-ketligi orqali hosil qilinadi. Uni quyidagi misol orqali ko`rib chiqamiz. Chiziqlar joylashgan kataklarni 1 bilan, chiziqlar yo`q kataklarni esa 0 bilan belgilaymiz:
Rastrli grafik muharrirlarining eng ommaviy va eng mashhurlari bu Paint va Photoshop dasturlaridir. Paint dasturida chizilgan rasmlar *.bmp kengaytmali fayllarda saqlanadi. Uning ma`nosi Windows Bitmape – Windowsning Vit kartasi demakdir. Bulardan tashqari *.jpg, *.gif, *.pdf, *.tiff va boshqa kengaytmali fayl larda saqlanadi.
Rastrli grafikaning asosiy kamchiligi bu tasvirni kattalashtirish ya`ni masshtablashtirishda tasvirni buzilishidir. Chunki tasvir kattalashganida uni hosil qilgan nuqtalar hajmi ham kattalashadi.
Vektorli grafikada tasvirlar chiziqlar vositasida hosil qilinadi. Chiziq sifatida egri va to`g`ri chiziqlardan foydalanadi. Shuning uchun vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar juda aniq chiqadi. Vektorli grafika reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida keng qo`llaniladi. Vektorli grafik dasturlarni eng mashhurlari bu Adobe Illustrator, Macromedia Freehand, Corel Draw va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda bir qancha rasmlar bilan ishlaydigan grafik muharrirlari mavjud bo`lib ularning vazifalari rasmlarga ishlov berish, qayta ishlash ishlarini amalga oshiradi
Bunday grafik muharirlariga Paint,Photo shop,Imaling,Power point dasturlari misol bo`ladi. Paint, Imal dasturlari Windows operatsion tizimning standart dasturlari tarkibiga kiradi. Bu dasturlarning ko`rinishlari quyidagicha
Ular yordamida rasmlarga oddiy ishlovlar berish , skaner yordamida rasmlar kiritish mumkin. Rasmning kerakli joyini qirqib olish ma`lum burchakka burish, enini bo`yini chizish kabi ishlarini amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari bu grafikli fayllarning kengaytmasini ozgartirish y`oli orqali ularning hajmini ham o`zgartirsh imkoniyatiga ega bo`lamiz . Bu dasturlardan tashqari rasmlarni tomosha qilish uchun esa ACDSee32 dasturi bo`lib, uning yordamida rasmni monitorning hajmida ko`rishimiz muumkin. Lekin buning uchun dastur kompyuter hotirasida bo`lishi va o`rnatilgan bo`lishi kerak. Uning ko`rinishi quyudagicha
Grafik muharirlar bir-birlari bilan qiladigan ishlari, ularning imkoniyatlari bilan farq qilishadi. Masalan Paint grafik muharirida faqat rasmmi kesib olish yoki ma`lum burchakka burish ishlari qilinsa photoshop dasturlarida rasmni o`ziga ishlov erish imkonyiyatiga ham ega. Eski rasmlarni to`g`rilash, oq qora rangdagi rasmni rangli rasmga aylantirish, orqa fonlarni o`zgartirish imkoniyatlariga ega. Eski rasmlarni qayta tiklash imkoniyatlari mavjud, rasmlarni chetlariga bezaklar berish ham shu dasturda amalga oshiriladi.
Download 19.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling