Reja: Uy joy va kommunal xo`jaligi bo`limining asosiy vazifa
Download 0.56 Mb.
|
kommunal infratuzilmani tashkil etish Narimanov
MAVZU: Kommunal xoʻjaligi korxonalarining boshqaruv asoslari Reja: 1. Uy joy va kommunal xo`jaligi bo`limining asosiy vazifa 2.Uy joy va kommunal xoʻjaligining asosiy funksiyalari Bo`limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar barqarorligini ta'minlash va sohaning rivojlanishi yuzasidan tayyorlanayotgan tahliliy-prognozlashtirish ishlarini va qo`llanmalarni takomillashtirish; xorijiy tajribalarni chuqur o`rganish, iqtisodiy islohotlarni borishini atroflicha tahlil qilish natijasida uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasida strategik yo`nalishlarni aniqlash, rivojlantirish va kelgusida mazkur sohada davlat siyosatini takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash; ushbu sohada iqtisodiy rivojlantirishning prognozlashtirish masalalari, uningdek, xalq xo`jaligini "uy-joy va kommunal xo`jaligi" sohada bozor shartlarini bosqichma-bosqich yo`lga qo`yishdagi asosiy funksiyalar va sohada tarkibiy o`zgartirishlar va bozor mehanizmlarini takomillashtirish masalalarini amalga oshirilishida vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va xududlardagi mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; uy-joy va kommunal xo`jaligida qurilishlarni yanada rivojlantirishda qisqa, o`rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar ishlab chiqish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlarni tashkilllashtirish. Yuqoridagilarga ko`ra bo`limning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasini kelgusida rivojlantirishning qisqa muddatli prognoz parametrlarini ishlab chiqish jarayonida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari, shuningdek, "O`zkommunxizmat" agentligi faoliyatlarini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi; metodik ko`rsatmalar, maqsadli ko`rsatkichlar hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qisqa muddatli va kelgusida rivojlantirishga mo`ljallangan prognoz ko`rsatkichlarini, shuningdek, uy-joy va kommunal xo`jaligida respublikaning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; Investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoringi yig`ma bo`lim va vazirlikning boshqa bo`limlari bilan birgalikda sohani ishlab chiqarish potensialini yanada rivojlantirishdagi investitsiya rolini hisobga olgan holda kapital qo`yilmalarni jalb qilish yuzasidan ustivor yo`nalishlarni shakllantirish, uy-joy va kommunal xo`jaligida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yakunlari bo`yicha ma'lumotlarni umumlashtirib borish va tegishli strategiyalar qabul qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha ustivor iqtisodiy yo`nalishlarni ishlab chiqish to`g`risida takliflar tayyorlash; kelgusida sohaning rivojlantirishga mo`ljallangan qisqa muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko`rsatkichlarini prognoz qilish masalalarida "O`zkommunxizmat" agentligi, vazirlik, idoralar va xo`jalik birlashmalari, mahalliy xokimliklarning, shuningdek, uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasini rivojlanishining prognozlari va dasturlarini, konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va tashkil etish; ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududlarni jadal rivojlantirishni hisobga olgan holda uy-joy va kommunal xo`jaligi sohasidagi rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish mehanizmlarini ishlab chiqish, shakllantirish hamda ularni tuzilmaviy va tarkibiy qayta tashkil etish bo`yicha asoslangan takliflar tayyorlash; vazirlikning boshqa boshqarma va bo`limlari bilan birgalikda sohada dunyo bozorlarida raqotbardosh bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini ta'minlash, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish yo`nalishlarini aniqlash; vazirlikning boshqa tarkibiy bo`linmalari bilan birgalikda uy-joy va kommunal xo`jaligini rivojlantirishdagi mahalliy boshqaruv organlari, xo`jalik birlashmalari, respublikadagi iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlovchi ko`rsatkichlar va me'yorlar ijrosini so`zsiz bajarish yuzasidan metodologiyalar va qo`llanma materiallari tayyorlash; qurilishlarni manziliy dasturlarini ko`rib chiqish, xorijiy investitsiyalar jalb qilish, ustivor investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo`yicha ma'sul bo`lgan tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish; Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar xokimliklari, shuningdek, "O`zkommunxizmat" agentligi bilan birgalikda qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash Dasturini amalga oshirish hamda kommunal sohada iqtisodiy islohotlarni borishi bo`yicha belgilangan muddatlarda ma'ruzalar va tahliliy ma'lumotlar tayyorlash; ko`rsatilayotgan kommunal xizmatlar hajmini oshirish, sohada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoniga bog`liq tahliliy ma'lumotlar tayyorlash, olib borilayotgan tahlillarni xolis baholashni mukammalligini ta'minlash maqsadida prognozlar ishlab chiqish tizimini takomillashtirish masalalarini ko`rib chiqish; investitsiyalar, moddiy va moliyaviy resurslardan, ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish, tarmoqlarni rivojlantirish ko`rsatkichlarini bajarish, shuningdek, issiqlik-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko`rib chiqish hamda vazirlik rahbariyatiga yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etish; Foy FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Uy joy kommunal xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi 2.mineconomy.uz 3.google.uz 4.wikipedia.org Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling