Mavzu Boshqaruvning rivojlanish tarixi, zamonaviy boshqaruv asoslari. 2-mashg’ulot. Zamonaviy boshqaruv asoslari. Reja
Download 94.5 Kb.
|
BBA-4 ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.1. Oʼzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʼtish jarayonidagi boshqaruv.
- Demokratiya tamoyili
- Iqtisodiy munosabatni demokratiyalash tamoyili
Mavzu-2. Boshqaruvning rivojlanish tarixi, zamonaviy boshqaruv asoslari. 2-mashg’ulot. Zamonaviy boshqaruv asoslari. Reja: 2.2.1. Oʼzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʼtish jarayonidagi boshqaruv. 2.2.2. Boshqaruvdagi ayrim xorijiy tajribalar. 2.2.1. Oʼzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʼtish jarayonidagi boshqaruv. Boshqaruv Oʼzbekistonda hozir amal qilib turgan: «Tadbirkorlik toʼgʼrisida»gi Qonun; «Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlashga doir» Qonun; «Banklar toʼgʼrisida»; «Sugʼurta toʼgʼrisida»; «Soliq va bojxona toʼgʼrisida»gi kodekslar bilan amalga oshiriladi. Tadbirkorlikni tashkil etish, unga shart-sharoitlar yaratib berishga xizmat qiluvchi barcha qonun va meʼyoriy hujjatlar Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslangan. Fuqarolar oʼrtasida mehnat, mulk, taqsimot va ijara kabi biznes yuritish sohasidagi barcha munosabatlar Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablari asosida boshqariladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Oʼzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy istiqbolga erishishi asosiy tamoyillari Prezidentimiz Islom Karimovning Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi maʼruzasida oʼz aksini topgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Oʼzbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari Demokratiya tamoyili - insonning oʼz xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirish; ozchilikning koʼpchilikka boʼysunishi; barcha fuqarolarning teng huquqliligi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat asosiy organlarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi; tayinlash yoʼli bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar. Iqtisodiy munosabatni demokratiyalash tamoyili - monopollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga; sotsialistik musobaqadan erkin raqobatga; qatʼiy belgilangan narxlardan erkin narxlarga; davlat mulkidan xilma xil mulkchilikka tayangan iqtisodiyotga o’tish. Yuksak maʼnaviyat tamoyili Mustaqillik tafakkurini kengroq tushunish, yaʼni: Oʼzbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qaygʼurish; oʼzining va oʼz xalqining, vatanning qadru qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish; yuksak gʼoyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar ogʼushida mehnat qilib, isteʼdodi, bor imkoniyatini, kerak boʼlsa, jonini yurt istiqboliga, eliga baxshida etishdir. Milliy xavfsizlikni taʼminlash tamoyili-respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur’atlarini tezlashtirish, turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda, BMT, NАTO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlarida faol ishtirok etishni taʼminlash. Oʼzbekistonning istiqlol yoʼli Islom Karimovning bozor munosabatlariga oʼtish yuzasidan olgʼa surgan besh tamoyiliga asoslanadi. Uning mohiyati quyidagicha: Besh asosiy tamoyil
Germaniyaning sobiq kantsleri Gel’mut Kol’ bu besh tamoyilga oʼz munosabatini shunday bildirgan: «Davlat rivojining besh tamoyilini ishlab chiqib, uni qoʼrqmay olamga eʼlon qilayotgan yangi davlat rahbarining tutgan yoʼli muvaffaqiyat garovidir». Bu tamoyillar Oʼzbekistonning oʼziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda izchillik bilan bozor munosabatlarini shakllantirib borishni, unga asta- sekin, bosqichma-bosqich, xalqni himoya qilib borib, ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash orqali oʼtishni bildiradi. «Toʼrt maqsad» boshqarishning quyidagi toʼrt tamoyiliga tayanadi: boshqaruv tartib-qoidasi; iqtisodiy ishlab chiqarish; nou-xau, innovatsiyalar; ijtimoiy himoya. Keltirilgan toʼrt tamoyilga oid miqdoriy koʼrsatkichlar belgilanib, hamma resurslar shu maqsadlarga erishishga yoʼnaltiriladi. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling