Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №12


Download 96.33 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi96.33 Kb.
#1791348
Bog'liq
12-axborotni tahlil qilish testi(bayroq)


P rezident maktabi testlari telegram kanali - @pmtests (17.11.2023)

Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №12
(Davlat bayrog’i)
Davlat bayroqlari mustaqil davlatning muhim timsoli bo‘lib, o‘z ranglari bilan mamlakatlarning tarixi va bugungi kunini tasvirlab beradi. Hozirgi kunda Yevropada 51 ta mustaqil davlatning bayroqlari mavjud. Osiyoda 50 ta, Afrikada 54 ta, Shimoliy Amerikada 23 ta, Janubiy Amerikada 12 ta, Avstraliya va Okeaniyada 14 ta mustaqil bo`lgan davlatlarning bayroqlari mavjud. Mustaqil bo`lmagan davlatlarning bayroqlari bilan barchasi 254 tani tashkil qiladi. Bayroqlar odatda to’g’ri to'rtburchak shaklida bo'ladi, ba`zan boshqa shaklda kvadrat, uchburchak yoki qaldirg'och dumli bo'lishi mumkin. Eng qadimgi bayroq bu Daniyaning bayrog`i hisoblanib, 1307-yilga borib taqaladi.
O’zbekistonda 1991-yil 18-noyabrda davlat bayrog`i haqida qonun qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayot ramzidir.
Yashil rang —tabiat timsoli va atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari ramzi.
Yarimoy —Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 cm, kengligi 125 cm. Moviy, oq va yashil chiziqlar kengligi teng. Har birining kengligi 40 cm. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining yuqori moviy rangli qismida, oq rangli yarim oy va uning yonida 12 ta oq rangli besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq yarim oyning yuqori va pastki qismlari moviy rangli sohaning chetlaridan bir xil masofada joylashgan. Oq yarim oy va o'n ikkita oq besh qirrali yulduz yuqori ko'k chiziqning gorizontal o'qi bo'ylab 75×30 cm o'lchamdagi to'rtburchaklar ichiga to'g'ri keladi. O'n ikkita oq besh qirrali yulduz diametri 6 cm bo'lgan doira ichiga to'g'ri keladi. Doiralar orasidagi masofa 6 cm. Yulduzlar vertikal va gorizontal ravishda quyidagi tartibda joylashtirilgan: yuqori qatorda uchta yulduz, o'rtada to'rtta va pastki qismida beshta yulduz. Yulduzlarning pastki qatori yarim oyning pastki chetidan 3,5 cm masofada joylashgan.
Yuqoridagi matn asosida quyidagi savollarga javob bering (1-10)
1. Bugungi kunda jami nechta mustaqil davlatlarning bayroqlari mavjud?
A) 195 ta B) 254 ta C) 204 ta D) 190 ta
2. Mustaqil bo`lmagan davlatlarning bayroqlari nechtani tashkil qiladi?
A) 50 ta B) 190 ta C) 254 ta D) 195 ta
3. Quyidagi jumlalarda to’g’risini toping.
A) Faqat mustaqil mamlakatlar o’z bayroqlariga ega bo’ladilar.
B) Mustaqil davlatlarning bayroqlari soni bo’yicha Osiyo qit’asi 2-o’rinda turadi.
C) Afrikadagi mustaqil davlatlari bayroqlari soni Janubiy Amerikadagi mustaqil bayroqlar sonining yarmidan 9 marta ko’proq.
D) Hozirgi kundagi eng qadimgi bayroq 13-asrga borib taqaladi.
4. O’zbekistonda davlat bayrog`i haqidagi qonun qabul qilinganiga necha oy to’ldi?
A) 32 B) 320 C) 368 D) 384
5. O’zbekiston bayrog’i o’lchamlari bilan bir xil to’lgan to’g’ri to’rtburchakning perimetrini toping.
A) 375 cm B) 7,5 m C) 7500 cm D) 750 mm
6. Milliy bayrog`imizdagi oq rangdan iborat qismning yuzi nimaga teng?
A) 0,5 m2 B) 40 m2 C) 3 m2 D) 1 m2
7. Milliy bayrog`imizdagi qaysi ko`rinish, har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzi degan ma`noni bildiradi?
A) Yarimoy B) Yashil rang C) Qizil yoʻllar D) Oq rang
8. Yuqorida O`zbekistonning bayrog`i keltirilgan. Shunga ko`ra bayroqning qizil rangdagi har bir chiziqning eni qanchani tashkil qiladi?
A) 5 cm B) 2.5 cm C) 3 cm D) 6 cm
9. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idagi qizil rangli sohaning yuzi yashil rangli sohaning yuzidan necha marta kichikroq?
A) 8 B) 12 C) 15 D) 16
10. Quyidagi jumlalardan qaysi biri to’g’ri emas?
A) Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻining oq rangli yarim oy va uning yonida 12 ta oq rangli besh qirrali yulduzlar tasvirlangan sohasining yuzi 2250 cm2.
B) Davlat bayrog’ida bir qatorda joylashgan ikki yulduzcha orasidagi masofa 6 cm ni tashkil etadi.
C) Davlat bayrog’idagi yarim oyning eng pastki qismidan qizil chiziqli sohagacha bo’lgan masofa 5 cm ga teng.
D) Davlat bayrog’i tikish uchun kerak bo’ladigan jami matoning uchdan bir qismi 250×40 cm o’lchamga ega bo’ladi.
Download 96.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling