Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №16
Download 0.53 Mb.
|
16-axborotni tahlil qilish testi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqoridagi matn asosida quyidagi savollarga javob bering (1-10) 1.
P rezident maktabi testlari telegram kanali - @pmtests (30.12.2022) Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №16 (2022-YILNING MUHIM VOQEALARI) 2022-yil yurtimiz va dunyoda ko`plab voqealarga boy yil bo`ldi. 2022-yil 15-16 sentabr kunlari Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazildi. Tashkilot sammitida umumiy aholisi dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil qiluvchi 15 mamlakat rahbari ishtirok etdi. Sammit arafasida Samarqandda zamonaviy aeroport, xalqaro sayyohlik markazi hamda 2 ta 5 yulduzli, 6 ta 4 yulduzli mehmonxona, kongress holl hamda karvonsaroy kompleksi qurildi. 2 022-yilda O’zbekiston iqtisodiyotida sezilarli o’sish kuzatilib, yalpi ichki mahsulot hajmi tarixda birinchi bor 80 milliard dollardan oshdi. 2018-yilda bu ko`rsatkich 52 milliard dollar edi. Shuningdek, iqtisodni rivojlantirish, xalqdan yig’ilayotgan soliq mablag’laridan oqilona foydalanish va soliq yukini kamaytish maqsadida 2022-yil oxirida vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 taga kamaytirilishi belgilab qo’yildi. 2 022-yil 44-jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston shaxmatchilari tarixda ilk marta olimpiada chempioni bo‘lishdi. 1992-yilda kumush medalni qo’lga kiritgan edi. Chempionatda 186 mamlakatning 188 ta jamoasi ishtirok etdi. Shaxmatchilarning umumiy soni – 1736 nafar. Keyingi jahon shahmat olimpiadasi O’zbekistonda o’tkazilishi e’lon qilindi. 2022-yil noyabr oyida Parij shahridagi jahonga mashhur Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo’lib o’tdi. 2022-yil 25-yanvar kuni O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlarida elektr tizimida baxtsiz hodisa ro’y berdi. Bir qancha vaqt davomida deyarli butun O’zbekiston elektr tokisiz qoldi. 2 022-yil 20-noyabrdan 18-dekabrgacha Qatar yashil maydonlarida navbatdagi jahon chempionati o`tkazildi. Unda Argentina terma jamoasi champion bo’ldi. Turnerning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi, eng yaxshi to’purari Kilian Mbappe bo’ldi. Ushbu jahon chempionatida eng ko’p gol urgan Mbappe bir nechta golini O’zbekiston bayrog’i ostida nishonladi. 2022-yil 29-dekabrda futbol qiroli, braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele San-Paulu 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Pele uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Ma’lumot o’rnida, Messi faqat bir marta, Kilian Mbappe bir marta jahon chempioni bo’lgan. Krishtiano Ronaldu biror marta jahon chempioni bo’la olmagan. 2022-yil 24-fevralda Rossiya va Ukraina davlatlari o’rtasida harbiy nizo boshlandi. Shundan beri Ukrainani 8 milliondan ortiq inson tark etdi. 2022-yilda dunyo aholisi 8 milliarddan oshib ketdi. 2022-yil 8-sentyabrda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi. Qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz yangi qirol bo‘ldi. Yuqoridagi matn asosida quyidagi savollarga javob bering (1-10) 1. O’zbekiston a’zo bo’lgan Shanhay hamkorlik tashkiloti Samarqand Sammitida b nechta mamlakat rahbari O’zbekistonga mehmon bo’lib keldi? A) 8 ta B) 15 ta C) 14 ta D) 20 ta 2. Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan nechta mehmonxona qurildi? A) 10 ta B) 8 ta C) 2 ta D) 6 ta 3. 2022-yilda O’zbekiston aholi 36 millionni tashkil qildi. Har bir kishi boshiga aholi daromadi Yalpi ichki mahsulotimiz 2022-yilda qanchani tashkil qildi? A) 1700$ B) $1800 C) $3000 D) $2200 4. 2022-yil oxirida vazirlik va idoralar soni hozirgiga qaraganda qancha miqdorga kamayishi belgilab qo’yildi? A) 33 ta B) 35 ta C) 61 ta D) 28 ta 5. Agar jahon shaxmat olimpiadasi har ikki yilda bir marta o’tkazilsa, O’zbekiston nechanchi yili ushbu nufuzli muqobaqaga mezbonlik qiladi? A) 2023-yil B) 2024-yil C) 2025-yil D) 2026-yil 6. Matn bo`yicha NOTO`G`RI ma`lumotni aniqlang? A) O’zbekiston 2022-yildan oldin biror marta jahon shahmat olimpiadasida chempion bo’lmagan. B) O’zbekiston jahon shahmat olimpiadasida kumush medalni qo’lga kiritganidan 30 yil o’tib oltin medalni qo’lga kiritishdi. C) Jahonga mashhur Luvr muzeyi Parij shahrida joylashgan. D) O’zbekistonda 2022-yil 25-yanvarda elektr uzulishidagi muammo o’sha kunning o’zida bartaraf etilgan. 7. Futbol bo’yicha 2022-yil Jahon chempionati necha kun davom etdi? A) 18 kun B) 28 kun C) 30 kun D) 29 kun 8. Jahon chempionatida O’zbekiston bayrog’i ostida o’z go’lini nishonlagan turnerning eng yaxshi to’purari kim? A) Kilian Mbappe B) Krishtiano Ronaldu C) Lionel Messi D) Enzo Fernandez 9. Afsonaviy futbolchi Pele San-Paulu birinchi marta jahon chempioni bo’lganida necha yosh bo’lgan? A) 16 B) 18 C) 20 D) 19 10. Matn bo`yicha TO`G`RI ma`lumotni aniqlang? A) Krishtiano Ronaldu faqat bir marta jahon chempioni bo’lgan. B) Rossiya va Ukraina davlatlari o’rtasida harbiy nizo sababli fevral oyida 8 million aholi Ukrainani tark etdi. C) 2022-yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning o’rniga shahzoda Charlz yangi qirol bo‘ldi. D) 2022-yilda iyun oyida dunyo aholisi 8 milliarddan oshib ketdi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling