O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter Tizimlari" kafedrasi
" Kompyuterni tashkil etish fanidan ” fanidan
MUSTAQIL ISH-№3
Mavzu: Axborotni kodlash va fizik ifodalash usullari
Bajardi:
Qabul qildi: Sobirov R.
SAMARQAND – 2022
MAVZU: Axborotni kodlash va fizik ifodalash usullari.
Reja:
1. Axborot tushunchasi
2. Axborotni kodlash va fizik ifodalash usullari
3. Axborotni kompyuterda tasvirlanishi
4. Sanoq sistemalari haqida tushuncha
1.Axborot tushunchasi
Axborot – bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va x.k.) orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit (ob`ektlar, voqea-hodisalar) to’g’risidagi ma`lumotlardir.
Axborotning asosiy xossalari:
to’liqlik;
yaroqlilik;
ishonchlilik;
dolzarblik;
tushunarlilik.
Axborotning ifodalanish shakllari va uning turlari Axborotning muhim xarakteristikalaridan biri uning adekvatligi hisoblanadi. – olingan axborot yordamida yaratilgan obrazning real ob`ekt, jarayon, hodisa va shunga o’xshashlarga mosligining ma`lum darajasi. Axborotning adekvatligi uchta shaklda ifodalanishi mumkin: semantik, sintaktik va pragmatik. Axbortning adekvatligi Semantik (ma`noli) adekvatlik – ob`ektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma`noli mazmunini hisoblashni ko’zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma`lumotlar tahlil qilinadi, ma`nolar bog’liqligi ko’riladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |