Matematik modelning adekvatligi va rorrektligi


Download 0.57 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1185199
Bog'liq
3-MARUZA


3 – Maruza
Matematik model va uning real ob’ekti orasidagi muvofiqlik. Matematik modellarning nazariy va amaliy tadqiqoti, ularning adekvatligi.
Reja:

  1. Matematik modelning adekvatligi va rorrektligi.

  2. Matematik modellarga eng soda misollar.

  3. Doira yuzini hisoblash formulasini keltirib chiqarish.

  4. Burchak ostida otilgan jism trayektoriyasi masalasi.

Analitik usulda tuzilgan matematik modelning adekvatligi, ya’ni aniqligi, modellashtirilayotgan ob’ekt xossalarini matematik apparat yordamida qay darajada ifodalanganligigi bilan aniqlanadi. Shu bilan birga bu usulda modelning adekvatligi uning yechish usullari aniqligiga ham yetarli ravishda bog’liq bo’ladi.
Eksperimental modelning adekvatligi o’tkazilgan tajribalar soniga, tajriba o’tkazish shart-sharoitlariga hamda tajribani o’tkazishda foydalanilgan o’lchash asboblarining aniqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Тajribalar soni qancha ko’p bo’lib, o’lchash asboblarining aniqlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, olingan natijalar haqiqiy natijalarga yetarlicha yaqin bo’ladi, ya’ni model adekvat bo’ladi.
Ob’ektning adekvat matematik modelini tuzish uchun, birinchidan ob’ektning barcha xossa va xususiyatlarini to’liq o’rganish kerak bo’lsa, ikkinchidan bu xususiyatlarning barchasi qurilgan matematik modelda o’z aksini topgan bo’lishi zarur. Shu bilan birga matematik modelni yechishda foydalaniladigan yechish usuli yetarlicha aniqlikka ega bo’lishi talab etiladi.

















Modelning modellashtirilgan ob’ektga mosligini modelning adekvatligi deyiladi. "Adekvatlik"so’zi lotinchadan tarjimada teng, tenglashtirilgan degan ma’noni bildiradi.
Bu shartli tushuncha, chunki model real ob‘ektga to‘la mos bo‘lolmaydi,aks holda bu model emas, ob‘ektning o‘zi bo‘lardi. Odatda model qancha adekvat bo‘lsa, u shuncha murakkab bo‘ladi. Shuning uchun modelning soddaligi va adekvatligi talablari qandaydir ma‘noda qarama-qarshidir. Modellashtirishda adekvatlik umuman emas, balki tadqiqot uchun muhim hisoblangan xossalari bo‘yicha nazarda tutiladi.
Misollar:1. Avtomobilni boshqarishni o‘rganishda kerak bo‘ladigan stend-trenajerdagi avtomobil modeli avtomobilga shakl, o‘lchovlari bo‘yicha o‘xshamaydi, gildiraklari hatto yuq. Shunday bo‘lsa ham boshqaruvni o‘rganish uchun bu adekvat model bo‘ladi.
Sinov savollari:

  1. Korrektlik tushunchasini izohlang.

  2. Matematik model adekvatligi va korrektligiga eng soda misollar keltiring.

  3. Doira yuzini hisoblash formulasini keltirib chiqaring.

  4. Biror burchak ostida otilgan jism trayektoriyasini topish formulasini keltirib chiqaring.

  5. Jismning qancha masofaga borish formulasini chiqaring.

  6. Ushbu model tabiiy modelga qanchalik mutanosib?

Tayanch iboralar:
Matematik model, adekvatlik, korrektlik, doira yuzasini hisoblash, radius, sector, yoy, ko’pburchak, limit, artilleriya snaryadi, Nyuton qonuni, jism trayektoriyasi, mutanosiblik.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling