6-mavzu: Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish


Download 36.56 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi36.56 Kb.
#1833500
  1   2   3   4
Bog'liq
SanSAT Dizayn 6 mavzu


6-mavzu: Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish.
Tasvirlarning va hajmli ob’ektlarning axborot modellari


Ma’ruza rejasi:


1. Pikseli model.
2. Vektorli model.
3. To`rli model.


Tayanch so`zlar va iboralar:
Pikseli model, vektorli model, to`rli model, rastr, modelning badiiy imkoniyatlari, semantik yuklangan ob’ektlar, to`rli modelning asosiy tarkibiy birligi, to`rli modelning perspektiva illyuziyalari, rakurs, piksellar yo`qotilishi, sahna rakurslari, badiiy kompyuter grafikasi.
Kompyuter grafikasida 3-ta asosiy axborot modellari ishlatiladi: pikselli (nuqtali) tasvirni ifodalash modeli, vektorli (ob’ektli) tasvirni ifodalash modeli va uch o`lchamli ob’ektning to`r modeli.
Pikselli model
Pikselli modelda tasvir rastr sifatida – butun tasvirni yopuvchi regulyar to`r – sifatida qaraladi. Rastr yacheykalari uchburchakli, 6 burchakli, ammo odatda to`rtburchakli kvadrat shakldagi yacheykalar ishlatiladi. Rastrning har bir yacheykasiga mos kelgan tasvir qismi piksel (kartina elementi) deb ataladi. Sodda variantda nuqtali model hamma tasvirlar piksellarini tasvirlashdan iborat bo`ladi.
Pikselli modelning afzalliklari:

  • Mavjud tasvirning yoki sohaning pikseli modelini ularni skanerlash yoki fotos’yomka qilish orqali osongina olish mumkin.

  • Pikselli modelni istalgan bosqichda tahrirlash mumkin.

  • Pikselli modelni tasvirga aylantirish (monitor ekraniga chiqarish, chop qilish) juda oson, chunki monitor va kompyuter qurilmalari shu modellarga moslashtirilgan.

Pikselli modelning kamchiliklari:

  • Har bir rastrdagi piksellar soni qat’iy cheklangan. Shu sababli tasvir o`lchami kattalashtirilganda har bir pikselni ham kattalashtirish lozim. Ancha kattalashtirilganda esa tasvir sifati buzila boshlaydi.

  • Ancha sezilarli pikselli tasvirlar kichiklashtirilganda va piksellar soni saqlanganda ifodalovchi qurilmalar kichik piksellarni ekranga ifodalay olishmaydi. Natijada piksellar yo`qotilishi yuz beradi, bu esa tasvirning buzilishiga olib keladi.

  • Pikselli modelda tasvirlangan ob’ektlar tarkibiga mos keluvchi ichki tarkib mavjud emas. Masalan, insonga tushunarli ob’ektlar (olma, shaftoli, ...) nuqtali modelga o`tkazilganda, u rangli piksellar to`plamiga aylanishadi.

  • Juda aniq va ranglar sifatli shaklida tasvirni saqlash katta hajmdagi xotira joyini talab qiladi.

Ammo shunga qaramasdan pikseli modellar badiiy kompyuter grafikasida eng ko`p ishlatiladi.

Download 36.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling