6-mavzu: Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish


Download 36.56 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi36.56 Kb.
#1833500
1   2   3   4
Bog'liq
SanSAT Dizayn 6 mavzu

To`rli model
Pikselli va vektorli modellar ikki o`lchamli tasvirlarni kompyuterda saqlashga mo`ljallangan va kompyuter grafikasi bilan shug`ullanuvchilar ularning biri yoki ularning kombinatsiyalari usullaridan foydalanib ikki o`lchamli grafika yaratishgan. Odatda bu usullar ko`pgina tasvirlarni ifodalashda yetarli bo`lmay qoladi. Ana shu hollarda turli modellarning usullari ishlatiladi. Masalan, sahna rakurslarini tasvirlashda, bitta sahnada har xil ob’ektlarni tasvirlashda to`rli modellar ishlatiladi. Ammo to`rli model tasvirni emas, balki uch o`lchamli geometrik ob’ektlarni saqlashga mo`ljallangan. to`rli modelning asosiy tarkibiy birligi, uchburchakli qirralar, balandliklar, qirralar hisoblanadi. Agar, to`rning ikkita va undan ortiq uchburchaklari bitta tekislikda yotsalar, ular ko`pburchak yoki poligonlarni tashkil etishadi. Har bir uchburchakli qirrada uchta balandligi va ularni birlashtiruvchi yana uchta qirrasi bor. Shunday qilib, to`rli modelning asosiy struktura birligi sifatida qirra balandliklari ishlatiladi. Uch o`lchamli fazoning fundamental xususiyatlaridan kelib chiqib istalgan uch o`lchamli sirtni oldindan berilgan uchburchakli qirralarga ega to`rlar bilan berish mumkin.
To`rli modelning afzalliklari

  1. To`rli model tasvirga emas, balki ob’ekt formasiga mos keladi va ular o`zlarida istalgan ikki o`lchamli modellarga qaraganda ko`proq axborotlarni saqlaydi (shu sababli shu nuqtai nazardan uch o`lchamli grafika tasvirni emas, balki ko`prok skulpturani ifodalaydi).

  2. To`rli model perspektiva ilyuziyalarini yasash masalalarini avtomatik yechish imkoniyatini yaratadi.

  3. To`rli model minimal harajatlar bilan modellashtirilgan sahnani istalgan rakurs bilan tasvirlashni ta’minlaydi.

  4. To`rli model animatsiyalarni ifodalashda juda qo`l keladi.

To`rli modelning kamchiliklari

  1. To`rli modelning baddiy imkoniyatlari pikselli va vektorli modellarnikiga qaraganda kamroqdir.

  2. Murakkab modellarni yaratishda qirralar soni nihoyatda tez ko`paya boradi, bu esa juda katta hisoblashlarni amalga oshirishga olib keladi.




Download 36.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling