6-mavzu: Tasvirlarning turlari. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish
Download 36.56 Kb.
|
SanSAT Dizayn 6 mavzu
Vektorli model
Vektorli model axborotlar tarkibi piksellarga emas, balki ancha katta semantik yuklangan ob’ektlar tasviriga mos keladi. Soddaroq qilib aytilsa, vektorli modelda axborotlar tarkibi ochilgan chiziqlarga yoki yopiq konturlarga (tasvir hosil qilinuvchi) mos keladi. Har bir shunday model mustaqil ob’ektga mos keladi. Vektorli tasvirning istalgan ob’ektnini tahrirlash mumkin (siljitish, masshtablashtirish, atributlari qiymatlarini o`zgartirish). Vektorli modelning afzallik tomonlari: Vektorli model tasvirini saqlash uchun ancha kam xotira hajmi ishlatiladi, chunki har bir piksellar to`g`risidagi axborotlar emas, balki ob’ektlarning argumentlari qiymatlari va turlari to`g`risidagina axborotlarni saqlaydi. Kompyuter ana shu kompakt model bilan ishlaydi. Pikselli tasvirga faqat chop qilishda, monitorga chiqarishda o`tkaziladi. Vektorli tasvir istalgancha darajada detallashtirib tarkiblashni, hohlagan vaqtda esa alohida ob’ektni yoki ob’ektlar guruhini mos keltirishi mumkin. Bu imkoniyat tasvirlanuvchi ob’ekt tarkibining model tarkibiga mos keltirilishini ta’minlaydi. Masalan, portretda alohida nomlangan ob’ektlar guruhi burun, o`ng ko`zga, chap quloqqa va h.k. mos kelishi mumkin. Bu esa tasvirning istalgan qismi bilan alohida ishlash imkoniyatini yaratadi. Vektorli modelda tasvirlar istalgancha mastablashtirilishi mumkin, bunda tasvir buzilmaydi. Vektorli modelda matnlar alohida ob’ektlar kategoriyasi bilan ifodalanadilar. Vektorli modelning kamchiliklari. Vektorli modelga har xil turdagi ko`plab ob’ektlarning kiritilishi bu tasvirning tuzilishini o`rganishni qiyinlashtiradi. Shu sababli vektorli model bilan ishlovchi dasturlarni o`rganishga ancha ko`p vaqt sarflanadi. Aslida bu ikki model ham kompyuter grafikasida birga ishlatiladi. Download 36.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling