Axloqiy tamoyillar


Download 28.75 Kb.
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi28.75 Kb.
#1077621
1   2   3   4
Bog'liq
axloq tamoyillari

Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushunch ma’nsida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keladi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsyrlari O’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hatotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intelektual – aqliy taraqqiyot bilan bog’liq. Shu bois uni inson paydo bo’ganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allomalaridan biri, buyuk almon faylasufi, “ Frankfurt maktabi” ning namoyondasi Teodor Adarno Ikkinchi jahon urushidagi genosiddan so’ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida murakkab va ko’pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik deganda oliy ma’lumotli kishiga xos bo’lgan fazilatni tushunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko’rishi va atrofdagilar tomonidan: “ Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam – da “, degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo’lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidagi qat’iy , nazar ham bilim, ham fahm – farosat, ham oliy maqsadlar egasi tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik sosida insonning ma’naviy – ma’rifiy yuksagligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan brlgilanadigan hatti – harakatlar yotadi. Mehnatsevarlik . Inson barcha mavjudotlar ichida xatti – harakatlarining, faolyatlarining ko’pligi va xilma – xilligi biln ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti – harakatlarning aniq maqsadga yo’naltirilgan qismidir. Mehnatsevarlik tamoyili mehnat jarayonida shaxsning o’z – o’zini namoyish etishga, o’zligini ro’yobga chiqarishga, o’zgalar bilan munosabat o’rnatishga imkon yaratuvchi axloqiy fazilatdir. U 41 insondagi halollikni, intizomni, ishtiyoq va intilishni talab etadi, mehnatga nisbatan subyektiv tarzdagi ijobiy munosabatni taqozo qiladi. Mehnatsevarlikni tarbiyalab borishda, uni kuchaytirishda raqobat alohida ahamiyatga ega. Zero, raqobat faqat moddiy ustunlikni emas, balki ma’naviy ustunlikni ham taqozo etadi, ya’ni unda moddiylik va ma’naviylik teng ishtirok etadi. Mustaqilligimiz sharofati bilan mehnat yana erkin shaxning o’ziga va atrofdagilarga individual munosabatga aylandi, “ mohiyatan besh qo’l barobar bo’sin” degan tenglashtirish siyosati barham topdi. Mehnatsevarlik esa yangi jamiyatimiz kishisining, jahonniy kenglikka chiqish huquqiga ega bo’lgan shaxsning sevimli va huzurbaxsh tamoyiliga aylandi.

Download 28.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling