Axloqning paydo bo`lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar


Download 25.81 Kb.
bet1/4
Sana29.09.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1689956
  1   2   3   4
Bog'liq
I topshiriq Sevara Falsafa


Axloqning paydo bo`lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar”.
Reja:
1.Axloqning paydo bo’lishi.
2. Avestoning axloq to‘g‘risidagi ta’limoti.
3.Axloqga ilmiy qarashlar.

«Axloq» - arabcha so’z bo’lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, odob degan ma’nolarni anglatadi. «Axloq» iborasi muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatlarini bildiradi. Axloq inson va jamiyat o’rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuidir.
Axloq jamiyat va insonni o’ziga xos tarzda go’zallik qonuniyatlari vositasi bilan o’rganuvchi eng qadimiy va hozirgi zamonda nihoyatda muhim ahamiyatga ega fandir. Shu boisdan u doimo dono va iste’dodli kishilarning bahosiga sazovor bo’lib, hamisha odamlarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhur bo’lgan buyuk olim Abu Nasr Forobiy «Axloq — o’z muvozanatini yo’qotganning xulqini tartibga keltiradi, mukamallikka etmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanati buzilgan xulqning muvozanatini saqlab keladi. Bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir» — degan edi.
Dastlab axloq tushuncha sifatida Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan. Ilk axloq tushunchasi qadimgi Misrda paydo bo’lgan.
Qadimgi Xitoyda ham ahloqiy fikrlarning taraqqiy etganligini ko’ramiz. Masalan, qadimgi Xitoy mehnat ahlining ma’naviy hayoti va yuksak ahloqi haqida «Shustzin» («Qo’shiklar») kitobida ajoyib naqqlar to’plangan.
Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib yashaganlar va yashab kelmoqdalar. Insonning komillikka intilishi borasida fikr yuritar ekanmiz, bu erda insonning axloqi to’g’risida oz bo’lsada mushohada qilmaslikning iloji yo’q. Binobarin, axloq asosini insonning muayyan talab va eqtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining yuqori darajalik xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiatining qaysi darajadaligi bilan belgilanadi.

Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling