Axmadjonova nilufarning


 Idrokning turlari va xususiyatlari


Download 56.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi56.21 Kb.
#1568768
1   2   3   4
Bog'liq
AXMADJONOVA NILUFAR

4. Idrokning turlari va xususiyatlari. 


Idrok jarayonida ishtirok etuvchi analizatorlarga ko`ra ko`rish, eshitish, xid 
bilish, ta’m bilish, kinetik va teri tuyush kabi idrok turlari mavjud. Boshqa 
klassifikatsiyasi asosida materiyaning mavjud bo`lishi yotib – u vaqtni idrok etish, 
fazoni, xatti – harakatni idrok etish turlariga bo`linadi. 
Fazoni idrok qilish - forma, kattalik, ob’ektlarni joylashishi, ularning re’lefi 
va yo`nalganligini idrok etishda ifodalanadi. Fazoni idrok etish kuchini, teri tuyush 
va muskul harakat organlari asosida yuzaga keladi.
Vaqt idrok etish – ob’ektiv vaqtni, uning tezligi va ritmini aks etishidir.
Harakatni idrok etish - ob’ektiv fazodagi joylashishi va o`zgarishini aks 
etishi bo`lib, bunda ko`rinishi va kinetik analizator muhim ahamiyatga ega.
Idrokning sifati bu tezligi, aniqligi va to`laligi. Idrokning sifati tashqi 
omillarga bog`liq bo`lib, bunga narsa va hodisalarni sifat, turgan joyi, organi 
faktorlarga – sezgi organlari va nerv sistemasining holati, sub’ektiv faktorlar – 
bilim, tasavvur, qiziqish va tafakkur rivojlanishi bilan bog`liq.
Idrokning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: 
a) Predmetliligi 
b) Yaxlitliligi 
v) Strukturaliligi 
g) Konstantligi 
d) Mantiqiyligi 
e) Tanlanganligi 
Predmetlilik – bu ob’ektivlashtirish akti bo`lib, u tashqi olamdan olingan 
ma’lumotlarni o`zida mujassamlashtiradi. 
Yaxlitlik – predmetlarni u haqidagi ma’lumotlarni jamlagan holda yaxlit idrok 
etishi. 
Strukturalilik (tizimlilik)- bu predmetlarni sezgilar yig`indisi sifatida emas, 
balki bu sezgilar asosida predmet strukturasini ma’lum bir vaqt oralig`ida 
shakllanuvchi uning elementlari orasidagi borliqni idrok etishdir. 
Konstantlilik - idrok etilgan predmet xususiyatlarini doimiyligidir, 
o`zgarmsligidir. 


Mantiqiylik – anglangan holda idrok etish, ya’ni predmetni aniq guruh, sinfga 
kiritgan holda umumlashtirish. 
Tanlanganlik – ko`p ob’ekt ichida boshqalar bilan solishtirilganda konkret 
ob’ekt fondan ajratilishidir. 
Idrokda appertseptsiya hodisasi yuzaga keladi (Nemis psixologi G.Leybnits 
tomonidan kiritilgan). Bu idrokni mazmunini olingan bilimlar, malakalar, 
qarashlarga insonni atrofga bo`lgan munosabatiga bog`liqligida ifodalanadi. 
Idrokda alohida hodisalar – illyuziya, gallyutsinatsiya va subsensor idroklar. 
Illyuziya - sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turadigan narsa va 
hodisalarni noto`g`ri yoki buzib idrok etishdan iborat psixik hodisa. Illuyuziya 
hodisasi ko`ruv, eshituv, harakat idroki kabi - sohalarga xosdir. Ularni jismoniy, 
fiziologik va psixologik sabablar keltirib chiqarishi mumkin jismoniy sababga 
misol: stakandagi choyga solingan qoshiqni siniq deb idrok qilish. Fiziologik 
sabab: ko`zimizning tagiga yon tomondan barmog`imizni bir oz botirsak ko`rib 
turgan predmetimiz ikkilanadi. Psixologik sabab kontrast natijasida notugri 
ko`rinish oq fondagi kulrang doimo qora fondagidan ko`ra to`qroq ko`rinadi.
Gallyutsinatsiya alaxsirash, bosinqirash, valdirash real voqealikdagi narsa va 
hodisalarning analizatorga bevosita ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy 
ravishda paydo bo`lishidan iborat psixopatologik hodisa.
Subsensor idrok – miyaga his etish organlari orqali etib keladigan signallarni 
inson tomonidan ongsiz ravishda idrok etilishi va qayta ishlanishidir. 
 
 
 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil. 
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil. 
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. 
www.ziyonet.uz
 

Download 56.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling