1. Sezgi va idrok haqida tushuncha.
. Bizni o`rab turgan va mavjud bo`lgan barcha narsa va hodisalar o`zga xos
xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning belgilaridir.
Belgi bu
predmetni boshqalardan ajratadigan omilidir. Xususiyatlar
bevosita bizning
ongimizda aks etib, bunda sezgi organlari ko`rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish,
teri tuyushni roli katta. Bu eng oddiy psixik jarayon bo`lib, narsa va hodisalarning
xususiyatlari fizik jarayonlarni sezgi organlariga bevosita ta’sir
etishi natijasida
ularning xususiyatlarini alohida-alohida namoyon bo`lishi sezgi deb ataladi. Sezgi
paydo bo`lishi uchun nima zarur? 1. Buning uchun biror sezgi organiga ta’sir
etuvchi predmet zarur. 2. Sezuvchi apparat zarur.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarining joylashgan urniga qarab sezgilar
odatda 3-guruhga ajratiladi. 1. Tashki muhitdagi
narsalar va hodisalarning
xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo`lgan
eksterotseptiv sezgilar. 2. Tananing ichki a’zolarida va to`qimalarida
joylashgan
hamda ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptoralarga ega bo`lgan
interotseptiv sezgilar. 3. Retseptorlari mushaklarda va paytlarda o`rnashgan
propriotseptiv sezgilar: ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib
turadi. Ba’zi sezgi turlarida adaptatsiya hodisasi mavjud bo`lib, organizmning har
qanday sharoitda ham tashqi muhitning o`zgarishlariga va taassurotlariga
moslashish ko`nikish imkoniyatini beradi. Sezgilar doimo ta’sirning
kuchiga
bog`liq bo`ladi, shuning uchun sezgilar ma’lum chegara ichida hosil bo`ladi.
Sezgilar doimo bir-biriga ta’sir etadi va o`zaro munosabatda bo`ladi.
Analizatorning sezgilari insonning mehnat faoliyati
jarayonida shakllanadi va
takomillashadi.
Sezgining paydo bo`lish sxemasini quyidagicha ko`rsatish mumkin:
Fiziologik
jarayon
Fizik jarayon (qo`zg`alish)
Psixik