Axmamat jumayev, surayyo sharipova
Ijtimoiy pedagogikaning (prinsiplari) tamoyillari
Download 464.23 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org
1.4. Ijtimoiy pedagogikaning (prinsiplari) tamoyillari
“Tamoyil” tushunchasi - (yunoncha “principium”) biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi, boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi, umumlashtirilgan talab degan ma’nolarni anglatadi. Har bir fan yoki soha o‘z tamoyillari asosida rivojlanib boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Fanlar prinsip va qoidalari bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda, balki zararli ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiyki, o‘z asosida shu fan prinsiplarga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradilar yoki yangicha ma’lumotlarni izohlaydilar. Biz uchta prinsipni ko‘rib chiqamiz. 1).Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsipi. 2).Tarbiyaning madaniyatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi. 3).Insonparvarlik prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi - ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1632) asarida eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning uslubiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi. Masalan, «Uy-ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Abu Ali Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. Sharq Uyg‘onish davri mutafakkiri Abu Nasr Forobiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarida izohlagan ediki, inson tabiatning eng oliy mavjudoti, u atrof-muhitni har tomonlama idrok qilishi mumkin. Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan, siyosiy fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalashda atrof-muhit katta o‘rin tutadi. U bola shaxsining tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatdan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedgogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalarini ko‘rish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlab, yozadi: «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak». Shveysariya pedagogi Iogan Genrix Pestalosi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, uning fikricha, tabiat maqsadi-inson tabiiy kuchlari inson maqsad va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim. Nemis pedagogi Adolf Disterverg ham I.G. Pestalosi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblab, ta’lim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi zarurligini uqtirgan. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K. D. Ushinskiy o‘zining asosiy «Inson tarbiyasining mavzusi sifatida» degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bolaning ta’lim-tarbiyasi uchun prinsiplar va qoidalarni bilibgina qolmay, ularni har bir aniq bola uchun har bir aniq holda tatbiq qila olishi lozim. K. D. Ushinskiy fiziologiya gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi. Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipida quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: bolalar yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish; me’yoridan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish; bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish; bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish. Tabiiylik, tabiiy muvofiqlik-bolani tarbiyalash, o‘qitish va ijtimoiylashtirish bolaning jismoniy psixik rivojlanishi qonuniyatlari asosida sodir bo‘lishi va tashkil etilishi kerak. Download 464.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling