Axmamat jumayev, surayyo sharipova
Turkning bosh bo‘g‘inimiz”
Download 464.23 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer, olov, suv va havoni
- Abu Ali ibn Sino
Turkning bosh bo‘g‘inimiz”.
“Turkning bosh bo‘g‘inimiz” degan iborasi Turon zaminu Turkistonda azal-azaldan o‘zbeklar bilan yonma-yon yashab kelgan turkman, qozoq, qirg‘iz, qaroqalpoq, tojik va boshqa qardosh xalqlar va elatlarni aslo kamsitmasligini alohida ta’kidlamoqchimiz. Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo‘lsada, u ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘ro‘g‘li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko‘ramiz. Katta Xorazmda yaratilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ajdodlarimizning ko‘p ming yillik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, ma’naviyati, tili, yozuvi, urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari, ta’lim-tarbiya tizimi va pedagogik qarashlarini o‘rganish uchun bebaho yozma manbadir. “Avesto”da ta’kidlanishicha, o‘smirlar 15 yoshga to‘lganda balog‘atga yetgan va turmush qurish huquqiga ega hisoblanganlar. Lekin yoshlarning o‘zboshimchalik qilib oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo‘lgan. Avestoshunoslarning ta’kidlashlaricha, “Avesto” ham boshqa muqaddas kitoblar: “Injil”, “Tavrot”, “Qur’oni karim” va qadimgi Hindiston xalqlarining “Rigveda”, “Shastra” singari muqaddas kitoblari uzoq asrlar mobaynida bolalarga ezgu xulq, odob, xayrli amal, ezgu so‘z, ezgu niyat, ezgulikka-hidoyat kabi fazilatlarni shakllantirishda dasturilamal vazifasini o‘tagan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy omillarini “ezgu fikr”, ya’ni fikrlar sofligi, “ezgu kalom”, ya’ni so‘zning sobitligi, “ezgu amal”, ya’ni amallarning insoniyligi, tashkil etadi. Zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan har bir kishi butun hayoti davomida ana shu uch axloqiy aqidani qalbiga jo qilmog‘i zarur. “Avesto”dan keltirilgan yuqoridagi dalillar shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq otashkada-ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Ularning ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: a) diniy va axloqiy tarbiya; b) jismoniy tarbiya; v) o‘qish va yozishga o‘rgatish. Bolalarga diniy tarbiya berish, asosan, 7 yoshdan boshlangan; o‘g‘il bolalar 7 yoshga to‘lganda, ularga oq ipakdan tikilgan “muqaddas kuylak” kiydirish marosimini jamoa oqsoqoli, qohinlar, ota-onalar ishtirokida o‘tkazish rasm bo‘lgan. Otashkadalar-ibodatxonalar qoshidagi ustaxonalar, vaqf yerlari, darmongoh-sihatgoh va dorixonalar, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, tabiblik kasbini tanlagan yoshlar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maskanlar vazifasini o‘taganlar. Buqrotning tabiblar qasamyodi haqidagi fikridan bir necha asr burun “Avesto”da tabiblarning maxsus qasamnomasi keltirilgan. Hatto tabobat ramzi-ilon zahar sochayotgan idish-jom tasviri ham ilk bor “Avesto”da tasvirlangan1. “Avesto”da bolalarning sog‘lom-bardam o‘sishida atrof-muhitning pokizaligi, jamoat joylari va er-xotin hamda bolalarning shaxsiy gigiyenasi maxsus qayd qilingan. Masalan, “Vandidod”ning 3, 9, 10, 16, 17-boblarida kishilarning ruhan pok bo‘lish bilan bir qatorda tana ozodaligiga e’tibor berishlari, ayniqsa, yuz-qo‘llarni va boshni kunda bir necha marta yuvib turishlari, sochni tarash va tishni toza tutish, tirnoqlarni tez-tez olib turishlari, mudom badan tarbiyasi bilan shug‘ullanishlarining amaliy mohiyatiga daxldor mulohazalar yuritilgan va foydali maslahatlar berilgan. “Har bir zardushtiy, deb yozadi Fozila Sulaymonova, - kuniga besh marta yuvinib, poklanib, Quyoshni olqishlab unga sig‘inishi shart bo‘lgan” 2 – “Avesto”dagi Quyoshga e’tiqod, o‘z navbatida, muqaddas olovga ehtiromni tug‘dirgan. Shu bois, Quyosh – pokizalik, tiriklik, olov esa tozalik, ozodalik ekanligi haqidagi zardushtiylik falsafasida teran mazmun, betakror o‘xshatish, tengi yo‘q haqiqat mavjud. “Avesto”da ekologik tarbiya masalalariga, ya’ni tabiatni, yer, suv, daraxt, o‘simlik, jonivorlarni e’zozlashga, yerni ishlatib, sug‘orib, bog‘-rog‘, ekinzor qilishga, chorvani, ayniqsa, yilqichilikni rivojlantirishga, suvni muqaddas tutishga alohida e’tibor berilgan. Ekologiya qonunlarida 4ta narsa: Yer, olov, suv va havoni ifloslantirish qattiq gunoh, deb qayta-qayta eslatiladi. “Avesto”da bu to‘rt unsurni ifloslantirgan kimsalarga nisbatan og‘ir jazo ham belgilangan. Muqaddas kitob o‘gitlariga rioya etmay, shunday gunohni sodir qilganlarga 400 qamchi urish jazosi belgilab qo‘yilgan. Eng baquvvat odam ham bu jazoning oxirigacha dosh bera olmasligini o‘ylasak, tabiatga nopisand munosabatda bo‘lgan kimsa boshiga tushgan qismat ayni kezda o‘lim jazosi bilan tengligi ma’lum bo‘ladi”1. Shuingdek, ko‘cha eshigi yoniga axlat to‘plab qo‘ygan xonadon sohibiga jamoa oqsoqolining hukmi bilan 25 qamchi, hovuz yoki chashmadan nopok ko‘za yo chelakda suv olgan shaxsga 5 qamchi urilgan. Shunday qilib, muqaddas “Avesto” kitobi ijtimoiy jihatdan yosh avlodga, “inson butun umri davomida Yer, Olov, Suv va Havoni, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir” 2, deb ta’lim beradi. Ayniqsa, “Avesto”da talqin etilgan: “Har bir inson o‘zi o‘sib-ulg‘aygan zaminni eng yaxshi va go‘zal mamlakat, deb hisoblaydi”3, degan g‘oyalarning yoshlarimizning ijtimoiy hayotidagi o‘rni, ma’naviyati va vatanparvarlik tarbiyasidagi ahamiyati hozirgi kunda ham juda muhimdir. Keyinchalik VI-VII (oltinchi-yettinchi) asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni yuzaga keltirdi. Jahon dinlaridan, umumbashariy ta’limotlardan bo‘lib hisoblangan Islom dini insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha muammolarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ular mintaqadagi oila va jamiyat tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashinuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o‘zaro munosabatlarning shakllanishini yuzaga keltirdi. Moddiy barqarorlik, ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirishga yordam berdi. O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g‘oyalari Ijtimoiy pedagogik g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg‘onish davri olimlarining asarlari alohida o‘rin tutadi. Ular faoliyatining mohiyati o‘sha davrgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiylashtirish usullarini ilmiy asoslangan tizim holatiga keltirganliklaridadir. Yetuk olimlarning faoliyatidagi o‘ziga xoslik, ya’ni doimiy ilm bilan mashg‘ul bo‘lish, bilimga chanqoqlik ularning ijtimoiy pedagogik qarashlarining mazmunida o‘z aksini topadi. Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi olimlar o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o‘sib kelayotgan avlodga qaratish g‘oyasini ilgari surishgan va buni tadbiq etishgan. Bu, avvalambor, ular ta’limning maqsadini hayotga tayyorlash, axloqiy me’yor va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo‘lishda, deb bilganliklarida namoyon bo‘lgan. Mashhur olim Al-Xorazmiy (783-850 y.) asarlari yorqin didaktik tavsifga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo‘lga kiritilishi, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishi va jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1050 y.) ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U, shuningdek, ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Allomaning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo‘naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o‘z ifodasini topgan. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.) o‘z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Olimning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof-muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o‘qitish haqidagi g‘oyalari hozir ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko‘nikmalari jamoa bo‘lib o‘qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Markaziy Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o‘rnini ijtimoiylashuvning mikroomillar: muhit, oila va o‘quvchilar guruhiga e’tibor qaratganlarida hamda ota-onalar pedagog va o‘quvchining harakatlarini mujasamlashtirish kerakligi bilan bog‘liqlikda berganliklarida yorqin namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, o‘rta asr olimlari ijtimoiy pedagogika sohasida katta meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmini rivojlantirishda muhim manba hisoblanadi. Download 464.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling