Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Ijtimoiy tadqiqot usullari


Download 464.23 Kb.
bet39/118
Sana05.09.2023
Hajmi464.23 Kb.
#1673121
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Ijtimoiy tadqiqot usullari:
  1. So‘rov usuli.


  2. Hujjatlarni o‘rganish usuli.


  3. Intervyu usuli.


  4. Kuzatish usuli.


Sosiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng keng tarqalgani so‘rov usulidir. So‘rov usulining qulayligi shunda namoyon bo‘ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sosiologlar qo‘llashi mumkin bo‘lsa, so‘rov usulida tadqiqot o‘tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o‘tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin.


So‘rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko‘lamini kengaytirishda so‘rov usulining imkoniyatlari juda katta.
Bu usul qo‘llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o‘tkazish mumkin.
Kuzatish usuli faqat hozirgi davrda yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumot bersa, so‘rov usuli respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatdan ko‘zlagan niyatlari o‘tgan davrda qilgan va hozir qilayotgan ishlari, kelajakka mo‘ljallangan rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi. Ayniqsa, kishining his-tuyg‘ulari, kechinmalari, harakat motivlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash kerak bo‘lganda, bu usul qo‘l keladi. Chunki bu hodisalar kuzatuvchi nigohidan yashirin bo‘lib, ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Lekin, so‘rov usuli faqat afzallik va qulayliklardan iborat ekan, deb xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu usulning ham bir qator kamchiliklari mavjud. Masalan, bu usul yordamida olingan ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik mos kelishini sinchiklab tekshirish kerak. Chunki, bu usul qo‘llanganda ma’lumot manbai faqat respondent bo‘ladi. Respondentlar esa o‘z xarakteri, dunyoqarashi, xulqi, ma’lumoti bo‘yicha turli kishilar bo‘lib, ular har doim ham haqiqatni gapiravermaydilar. Respondentning javoblariga qay darajada ishonish mumkinligi masalasi juda murakkabdir. Respondent javoblarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini tekshirishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan qanchalik ustalik bilan foydalana olishi pedagogning mahoratini ko‘rsatadi. Bu usullar anketa savollarining qay darajada o‘ylab va puxta tuzilgani, ularning paydarpayligi, savollarda respondent ruhiyati hisobga olinganligi bilan bog‘liq.
So‘rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi savol beradi va respondent o‘zining dunyoqarashi, ma’lumoti, bilimi va xohishidan kelib chiqib, savollarga javob beradi. Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o‘zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar:

  1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?


  2. Respondent savollarga javob berishni xoqlaydimi yoki yo‘qmi?


  3. Respondent qo‘yilgan savollarga javob bera oladimi, yo‘qmi?


  4. Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay yo‘sinda, qay tarzda va qay shaklda berish kerak?


  5. Mana shu savollarga javob topa olgan sosiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko‘p jihatdan ta’minlagan bo‘ladi.





Download 464.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling