Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Kasallikning og‘ir kechishi


Download 464.23 Kb.
bet89/118
Sana05.09.2023
Hajmi464.23 Kb.
#1673121
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Kasallikning og‘ir kechishi. Bu bola organizmining shakllanish bosqichida turganligi bilan organizmning asab tizimi alkogol ta’siriga qarshi kurasha olmasligi natijasida organizm va asab tizimini buzuvchi, og‘ir tuzatib bo‘lmaydigan jarayonga sabab bo‘lishi bilan ifodalanadi.

Davolashning kam samaraliligi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ichkilikbozlik xulqiy og‘ishganlik bilan uzviy bog‘liqdir. O‘smir uchun alkogolizmning eng asosiy xavfliligi shundaki, u o‘z-o‘zini nazorat qilish xususiyatini bo‘shashtiradi. Ichkilikbozlik va jinoyatchilik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir qator illatlarga sabab bo‘ladi:


  • Voyaga yetmaganlar ko‘pgina jinoyatlarni mast holatda sodir etadilar (22 % o‘g‘rilik, 76 % bezorilik, 6 % zo‘ravonlik, 56% bosqinchilik). Ko‘pgina zo‘ravonlik holatlari (agressiv) mastlikda sodir etiladi. Bu holat-mastlik odatiy sharoitdagi ijtimoiy hulq-atvor ko‘nikmalarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi;


  • ko‘pgina jinoyatlar spirtli ichimliklar sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lish maqsadida sodir etiladi;


  • ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarda ko‘pgina jinoyatlarni sodir etishga intilish (kriminologiyada «mast motivasiya» atamasi mavjud);


  • ichkilikbozlik (kriminal) jinoyatchilik holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi;


  • ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarning jamiyatdan xulqiy og‘ishgan tengdoshlari guruhlariga qo‘shilishlarida vosita sifatida namoyon bo‘ladi;


  • ichkilikbozlik voyaga yetmaganlarni jinoyatchilik faoliyatiga qo‘shilib qolishlariga sabab bo‘lib, uni ko‘pincha katta yoshdagilar tashkil etadi.


Bolalarni ma’naviy tarbiyalash va rivojlantirishning muhim shartlari oilaviy munosabatlarning ma’naviy-emosional tomonlari hisoblanadi. Boshqa oilalarga nisbatan bolalar ko‘proq spirtli ichimlik iste’mol qilishni boshlaydigan oilalarning bir necha turlari mavjud:




  1. Janjalkash oilalar, bunda oilaviy munosabatlar dushmanlik, raqiblik, yakkalanish, oila a’zolari orasida keskinlik ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Oila a’zolari bir-birlarini yomon xususiyatlarini ko‘rsatib ayblaydilar va bir-birilariga yomon niyatda bo‘ladilar. Qandaydir bir yon bosishga erishish uchun bolalar spirtli ichimliklar iste’mol qila boshlaydilar.



  2. Download 464.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling