Axmamat jumayev, surayyo sharipova
“Sosium (yaqin muhit) tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari
Download 464.23 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy maqom
3.2. “Sosium (yaqin muhit) tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari
Sosium (yaqin muhit) – bola sosiolizasiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi. Bolaning sosiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixan vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sosiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi. Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kyelib chiqadi. Bunday maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o‘qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi. Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin. Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, yetakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.). Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, xar bir u uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi. Ijtimoiy moslashuv murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Pedagogika fanida shaxsni ijtimoiy moslashuvida taqlid tarbiyasining alohida o‘rni borligi aniqlangan1. Bu muammo J.G. Mid va Z. Freyd nazariyalarida ham alohida o‘z ifodasini topganligini ko‘ramiz. Midning ta’kidlashicha “...bolalar, birinchi navbatda, atrofdagilarning harakatiga taqlid qilib ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadilar. Taqlid shakllaridan biri o‘yin hisoblanadi. O‘yinlarda ko‘pincha bolalar kattalarga taqlid qiladilar. Kichkina bola kattalarni kuzatib, loydan pirog yasaydi, bog‘bonga taqlid qilib belkurak bilan yer chopishga harakat qiladi. Bolalar o‘yini oddiy taqliddan to‘rt-besh yoshli bola kattalarga o‘xshab bajaradigan murakkab harakatlargacha tadrijiy yo‘lni bosib o‘tadi. Buni Mid boshqalar rolini qabul qilish, ya’ni boshqalarga o‘xshashga o‘rganish, moslashish, deb atadi. Xuddi mana shu bosqichda bolalarda o‘z shaxsi to‘g‘risida rivojlangan tuyg‘u paydo bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. O‘quvchidan faoliyati, muloqoti natijasida ijtimoiy burchni his etish, anglash ko‘nikmasining shakllanishi kelgusida ijtimoiy burchni sitqidildan ado etishga undaydi. Pedagogikada bir haqiqatni unutmaslik kerak. Bugun bola kattalar yordamida faol bajarayotgan amalliy faoliyatlarni ertaga o‘zi mustaqil ravishda bajarishi lozim. Shuning uchun bolaga berayotgan tarbiyaning asosini o‘z-o‘zini tarbiyalashga qaratmoq darkor. Aslida tarbiya ijtimoiy hodisa, ijtimoiy voqelik bo‘lib, shaxsni ma’naviy-axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida o‘z-o‘zini tarbiyalashi negizida ijtimoiy-kasbiy munosabatlarga tayyorlab borish jarayoni hisoblanadi.
Download 464.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling