Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma
Download 1.44 Mb.
|
Buxoro davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazmiyning astronomiyaga doir ishlari
- Ibn Al-Xaysam (965-1039)y Ibn Al-Xaysam
Muso al-Xorazmiy — (780 – 850)
Abu Abdullo Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy — 780 yillarda Xiva shahrida tug‘ilgan, 850 yilda Bog‘dodda vafot etgan. Xorazmiy o‘qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab-madrasada o‘rgandi. U O‘rta Osiyoning juda ko‘p shaharlarida bo‘lib, geografiya, tarix, astronomiya bo‘yicha o‘z bilimlarini boyitdi. O‘z ona tili bilan bir qatorda fors, arab va Hindistonning adabiy tili — sanskritni o‘rgandi. U qadimgi turk tili bilan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, hatto, qadimgi yaxudiylar tili bilan tanish edi. 1 Xorazmiyning astronomiyaga doir ishlari Al-Xorazmiyning «Az-zij al-Xorazmiy», («Astronomik jadval») asari, o‘zi saqlanmagan bo‘lsada, 1126 yildagi lotin tilidagi tarjimasi saqlangan,. U Erning 10ga to‘g‘ri keluvchi meridianini aniqlagan. Aniqlik darajasi 1% dan kichik; 111815 metr (hozirgi hisob bo‘yicha 110938). Matematika va astronomiya tarixida VII-XV asrlar orasida yuzga yaqin «Zij» yaratilganligi ma’lum. SHular orasida Mas’udiy, Ulug‘bekning «Ziji Ko‘ragoniy»lari bo‘lib, Xorazmiyning ziji O‘rta asr SHarqida eng qadimgi zij hisoblanadi. Asarlari: «Erning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to‘g‘risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o‘lchash» va boshq. Ibn Al-Xaysam (965-1039)y Ibn Al-Xaysam 965 yilda tug‘ilgan, 1039 yilda Qohirada vafot etgan. U Beruniyning zamondoshi bo‘lib, o‘rta asrning buyuk fizigi deb tan olingan va Evropada Alxazen nomi bilan atalgan. Shu bilan birgalikda u mashhur matematik va astronom sifatida ham nom qozongan. Uning Optikaga doir fikrlari o‘sha paytda fanda ancha ilg‘or qarash bo‘lgan. Masalan, uning optikaga doir birinchi postulati: «Tabiiy yorug‘lik va rang nurlari ko‘zga ta’sir etadi». U tajriba va kundalik kuzatishlarga asoslanib, ushbu fikrni bayon etadi: «Quyosh nuri ko‘zga tushsa, ko‘z og‘riqni sezadi». Tabiiy nur deb quyosh nurini, rangli nur (monoxromatik) deb jismlardan qaytgan nurlarni ataydi. Ikkinchi postulati: «Ko‘zning ko‘rish qobiliyati jismlardan chiqqan yorug‘lik ta’sirida sodir bo‘ladi». Ushbu fikr Evklid va Platon nazariyasidan tubdan farq qiladi. Ibn Al- Xaysam davom etadi, «Ko‘zning ko‘rish qobiliyati piramida yordamida sodir bo‘ladi, piramidaning bosh tarafi ko‘zda, asosi esa ko‘rinadigan jismlarda bo‘ladi». Ibn Al-Xaysam fikricha, yorug‘lik optik zichligi kichik muhitdan katta muhitga o‘tganda uning tezligi oshadi. Albatta, uning bu fikri noto‘g‘ri edi, ammo uning qarashlari asosida R.Dekart yorug‘likning sinish qonunini ochadi. Ibn Al-Xaysamning asarlari XII asrda lotin tiliga (1114-1187y.G. Kramovskiy) tomonidan tarjima qilindi va 1580 yilda qayta chop etilgan. Ibn al-Xaysamning optikaga doir ilmiy ishlari Yevropada zamonaviy optika fanining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling