Axmedov Laziz G’ulom o’g’li statistika fanidan oraliq nazorat javoblari


Download 24.32 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2022
Hajmi24.32 Kb.
#1072692
  1   2
Bog'liq
Axmedov Laziz


Axmedov Laziz G’ulom o’g’li statistika fanidan oraliq nazorat javoblari

1. Hozirgi kunda, ya'ni bozor iqtisodiyoti sharoitida. mehnat taqsimoti rivojlangan va qivinlashib ketgan. eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga. balki bar bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga. hatto har bir tadbirkorga dunyoning bir chekkasida qanday o'zgarishlar bo'layotganligi yoki hodisa va voqealarning o'zgarishi prognozi haqida ma'lumot zarur. Bu yerda statistikadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, ya'ni faqatgina u ro’y berayotgan yoki beradigan hodisalarning hajmi. o'zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni yetkazib bera olishi mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir.


Statistikaning o'rganish obvekti insoniyat hayotida ro'y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir. predmeti esa, shu ommaviy voqea va hodisalarning miqdoriy tomonlarini o'rganuvchi, aniq shamit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o'rgatuvchi metodlar yig'indisidir. Yuqorida berilgan ta'rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko'rsatilgan:
Statistik to'plam - bu umumiy bog'liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodisalarning yig'indisidir. Masalan. korxonalar soni, aksiyadorlik jarnivatlari soni, oilalar soni va h. k. To'plamlar bir jinsli (o'xshash, bir xil bo'lgan) va turli jinsli bo'lishi mumkin.
Belgi - bu to'plam birligining sifatiy xususiyatidir. O'rganilayotgan to'plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy. atributiv va alternativ belgilarga bo'linadi. Miqdoriy ifodaga ega bodgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan. ish staji. mehnat haqi. kishi yoshi va h. k. Miqdoriy ifodaga ega bodmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen. barmen, bankir va h. K
“Variatsiya" so'zi lotincha “variatio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib. o'zgarish, farq. tebranishni bildiradi. Ammo, liar qanday farq ham variatsiya bo'laverinaydi. Statistikada variatsiya deganda o'zaro qarama-qarshi omillar ta'sirida bo'lgan, bir turli birlikdan tashkil topgan miqdoriy o'zgarishlar tushuniladi. O'rganilayotgan belgining tasodifiy va surunkali (sistematik) variatsiyalari bo'lishi mumkin.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo'shilmasi va o'zaro ta'siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o'zida qamrab olgan to'plamlarda namoyon bo'ladi. Bu yerda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to'plami qanchalik ko'proq unsurlardan tashkil topgan bo'lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog'liq bo'lgan o'zgaruvchanliklar shunchalik to'laroq o'zaro yoyishadi va oqibat natijada hodisalarning zaruriy bog'lanishi va izchi 11 igining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo'ladi.
Statistik ko‘rsatkich - bu kategoriya bo'lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik kodsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko'rsatkichlarga bo'linadi.
Statistikko‘rsatkichlar tizimi-bu bir-biri bilan o'zaro bog'langan statistik ko'rsatkichlar yig‘indisidir. Statistik ko'rsatkichlartizimi ijtimoiy hayotni. barcha pog'onalarini o'zida qamrab oladi. Agarda ko'rsatkichlar mamlakat, hudud. tarmoq darajasida hisoblansa. ular makro daraja ko'rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikro daraja ko'rsatkichlari deyiladi.
2. Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatning ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir.
Statistik ko’rsatkichlar o’zaro: semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir. Statistik ko’rsatkichlarni semantik o’zaro bog’liqligi deganda ularni o’zaro ma’naviy bog’liqligi tushuniladi. Stoxastik- bu noto’liq bog’liqlik, ya’ni ko’rsatkichning o’zgarishi bir necha ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq, funktsional-omil ko’rsatkichning o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkich to’liq o’zgaradi. Statistik ko’rsatkichlar turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Bizning fikrimizcha ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Agarda ko’rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo’lsa, (masalan, yalpi ichki mahsulot) uni makroiqtisodiy ko’rsatkich deymiz. “Marjon” fermer xo’jaliga yetishtirilgan mahsulot hajmi bu mikroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Fermer xo’jaligida ishlayotganlarni ish staji o’rgansak. Bir kishini ish staji individual , ayollar va erkaklar bo’yicha ish staji guruhli, barcha xodimlarning o’rtacha ish staji umumiy ko’rsatkich hisoblanadi. Aniqlash usuliga qarab statistik ko’rsatkichlar yig’indi va hosilaviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Yig’indi ko’rsatkichlar hodisa birliklarini jamlash orqali hisoblanadi, hosilaviy ko’rsatkichlar esa mutloq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlarga bo’linadi..
Ob’ektlarni spesifikasiyalash fazasida ularni oddiy yoki murakkab tasniflash, elementar yoki ierarxik birlashmalarini tuzib guruhlashlar, ikkilamchi (qayta) guruhlashning turli yo‘llari, klaster tahlil yo‘llari va hokazolar ishlatiladi. Statistik kuzatish jarayonida ishlab chiqarish yoki laboratoriya sharoitida tajriba sinovlar o‘tkazish, hisobot yoki maxsus tekshirishlar va ro‘yxatlarni amalga oshirish, anketa yoki tanlama usullarda kuzatish va boshqalar qo‘llaniladi. Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda analitik guruhlash, parallel qatorlarni tuzish, ularning egri chiziqlarini diagrammalarda tasvirlash, balans usuli, korrelyasion va regression tahlil usullari, dispersion tahlil usullari, ko‘p o‘lchovli tahlil usullari (omilli tahlil, bosh komponent usuli va h.k.) va boshqa usullardan foydalaniladi. Bundan buyon so‘z asosiy usullar ustida boradi. Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo‘llanadigan usullarni o‘rganayotgan ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi. Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan o‘rganayotganda matematik usullardan ham foydalanadi. Jumladan, bir qator statistika metodlari algebra va sonlar nazariyasiga – to‘plamlar nazariyasi, algebraik sistemalar, chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda matritsalar, vektor va Evklid fazolari, determinantlar va hokazolarga tayanadi. Odatda, statistika nazariyasi va matematik statistika ikkita mustaqil fan sohalari sifatida qaraladi. Bunday zid qo‘yish ularning matematik apparatidagi farqlarga asoslanadi. Statistika nazariyasi elementar, matematik statistika esa murakkabroq matematik yo‘llardan foydalanadi.

3.jadvalni to’ldiring




Download 24.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling